• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyo tarixiga ta’sir ko‘rsatgan ilk yozma konstitutsiya. AQSh bosh qomusiga kiritilgan barcha tuzatishlar

    Dunyodagi ilk konstitutsiya hisoblanuvchi AQSh Konstitutsiyasi 1789-yili qabul qilingandi. O‘z davri uchun demokratik va mukammal sanalgan bu asosiy hujjat ham kamchiliklardan xoli emasdi. Amerikaliklar muqaddas hisoblaydigan qomusga bugungacha jami 27 marta tuzatish kiritilgan (ratifikatsiya qilingan). “Daryo” AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan barcha tasdiqlangan tuzatishlar va ularning sabablari haqida hikoya qiladi.

    Ilk tuzatish

    Foto: “constitutionalsecurity.org”

    AQSh Konstitutsiyasini qabul qilayotgan mualliflar uning mukammal bo‘lmasligi va unga qachondir o‘zgartirish kiritilishi mumkinligini avval boshdan yaxshi tushunishgan. Shu sabab 5-moddada Konstitutsiyaga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritish tartibi belgilanadi. Unga ko‘ra taklif qilinayotgan tuzatish Vakillar palatasi (quyi palata) va Senat(yuqori palata)da deputat va senatorlarning uchdan ikki qismi tomonidan ma’qullanib, shtatlar qonun chiqaruvchi organlarining to‘rtdan uch qismi (50 shtatdan 38 tasida) tarafidan ratifikatsiya qilingan taqdirdagina konstitutsiyaga kiritilishi belgilab qo‘yiladi.

    AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan dastlabki 10 ta o‘zgartirish “Huquqlar to‘g‘risidagi Bill” deb nomlanib, 1791-yili ratifikatsiya qilingan. Uning muallifi “AQSh konstitutsiyasi otasi” deb tilga olinuvchi Jeyms Madisondir.

    Konstitutsiya amerikaliklar uchun muqaddas hujjat hisoblanadi. AQSh huquq tizimi anglo-amerikan huquq oilasiga kirgani uchun mamlakatda qonunchilik tashabbusiga asosan Oliy sud va sudlar ega sanaladi. AQSh Oliy sudi va sudlari turli huquqiy ish(law-case)larda Konstitutsiya moddalaridan foydalanadi va unda yo‘q moddalarni kiritish taklifini beradi. Konstitutsiya moddalari majburiy va buzilmas bo‘lib, hech qanday qonun uning qoidalariga zid kelmasligi kerak. Bugungi kunga qadar AQSh Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish uchun yuz mingdan ortiq qonun loyihalari ko‘rib chiqilgan, biroq ularning faqat 27 tasigina tasdiqdan o‘tgan va Kongress tomonidan ratifikatsiya qilingan.

    Konstitutsiyaga kiritilgan eng muhim va mashhur birinchi tuzatish AQShda din, so‘z, matbuot erkinligi, hamda namoyish va hukumatga qarshi petitsiyalar o‘tkazish huquqlariga daxl qiluvchi har qanday qonun qabul qilishni taqiqlaydi. Ushbu huquq va erkinliklar Mustaqillik Deklaratsiyasida nazarda tutilgan inqilobiy xalq hokimiyati g‘oyasining markazida turadi.

    Ikkinchi tuzatish

    “Huquqlar to‘g‘risidagi Bill” doirasida konstitutsiyaga kiritilgan ikkinchi tuzatish quyidagicha: “Yaxshi tartibga solingan militsiya erkin davlat xavfsizligi uchun zarur bo‘lib, odamlarning qurol saqlash va olib yurish huquqi buzilmasligi kerak”.

    Hozirga qadar ushbu modda bo‘yicha tortishuvlar davom etmoqda. Davlat organlari ushbu modda fuqarolarga militsiya ruxsati orqali qurol olib yurish kerak ekanini ta’kidlasa, qarshi tomon qurol saqlash va olib yurish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi ekani, uni cheklash mumkin emasligini aytib kelmoqda. 1975-yili AQSh hukumati “O‘qotar qurollarni nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonunni  qabul qildi va qurol savdosi ustidan nazorat o‘rnatdi, biroq 2008-yili AQSh Oliy sudi bu qarorni AQSh konstitutsiyasiga zidligi sabab bekor qildi. Sudyalar fikriga ko‘ra, miltiq va to‘pponcha Ikkinchi tuzatishda aytilgan “qurol”ga mos keladi.

    Uchinchi tuzatish

    Uchinchi tuzatish urush yoki tinchlik davrida askarlarga uy egasining roziligisiz uning uyiga joylashishni taqiqlaydi. Ushbu tuzatish sobiq Britaniya imperiyasining askarlarga xohlagan paytda mahalliy aholi uylaridan foydalanish huquqini beruvchi qonunga javoban qabul qilingan bo‘lib, bugun  ahamiyatini yo‘qotgan. Oliy sud haligacha hech qaysi sud ishini Uchinchi tuzatish asosida hal etmagan.

    Britaniya askarlarining amerikaliklar uyiga bostirib kirishi. 1770-yillar

    Britaniya askarlarining amerikaliklar uyiga bostirib kirishi. 1770-yillar
    Foto: Alamy

    To‘rtinchi tuzatish

    To‘rtinchi tuzatish ham Britaniya imperiyasi askarlarining umumiy sud orderlari orqali aholi uylarini tintuv va musodara qilish tajribasidan kelib chiqib kiritilgan bo‘lib, keyinchalik politsiyaning fuqarolar uylarini tintuv va musodara qilish huquqini cheklash uchun foydalanilgan.

    Beshinchi tuzatish

    Beshinchi tuzatish jinoiy jarayon bilan bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra, fuqaro o‘ziga qarshi guvohlik berishdan bosh tortishi mumkinligi, har qanday ayblov uchun sudyalar hay’ati qarori zarurligi belgilanadi. Ya’ni hech kim “tegishli yuridik jarayon”siz jinoiy jazoga tortilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yiladi.

    Tuzatishning yana bir muhim qismi esa davlat ehtiyojlari uchun xususiy mulkni tovon to‘lamasdan olishni taqiqlaydi.

    Oltinchi tuzatish

    Oltinchi tuzatish ham yuridik soha bo‘yicha bo‘lib, u sudlarning ochiqligi, aybdorning o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarini eshitishi, guvohlarni chaqirishi va advokat yollashi kabi huquqlarini kafolatlaydi.

    1931—1932-yillari Alabama shtatida bo‘lib o‘tgan Skotsborolik yigitlar deb nomlangan sud jarayonlari (o‘shanda Alabama shtati sudi qora tanli yosh fuqarolarga advokat xizmatidan foydalanishini taqiqlagandi)dan so‘ng AQSh Oliy sudi Oltinchi tuzatish bo‘yicha davlat har qanday ayblanuvchiga samarali yuridik yordam berishi kerak degan qarorga keladi va ayblanuvchilar davlat advokatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

    Skotsborolik yigitlar

    Skotsborolik yigitlar
    Foto: Getty Images

    Yettinchi tuzatish

    “Huquqlar to‘g‘risidagi Bill” doirasida kiritilgan Yettinchi tuzatish orqali Jeyms Madison anti-federalistlar harakatini cheklashga harakat qiladi. Chunki bu davrda ittifoq hali mustahkam emasdi.

    Tuzatish fuqarolik (jinoiy bo‘lmagan) ishlarida hakamlar hay’ati sudlari (ushbu yuridik organ odatdagi sudlardan farq qiladi va hozirda faqatgina AQShda muntazam qo‘llanilib keladi)ning sudlovini talab qilmaydi va Oliy sudga quyi sudlar, hakamlar hay’ati sudlarining qarorlarini bekor qilish huquqini beradi.  Shuningdek, ushbu tuzatish federal sudyalarga hakamlik hay’ati sudlari qarorlarini qonunga emas, faktlarga asosan bekor qilishni ham taqiqlaydi.

    Sakkizinchi tuzatish

    Sakkizinchi tuzatish beshinchi va oltinchi tuzatishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, unda haddan tashqari ko‘p garov talab qilish, ortiqcha jarima solish hamda shafqatsiz, g‘ayriinsoniy jazolarni qo‘llash taqiqlanadi. Ammo bu atamalarning aniq talqini noaniq qoldiriladi. Bu esa kelajakda avlodlar ushbu moddalardan foydalanib o‘z huquqlari uchun kurashishiga yo‘l ochadi. Bugungi kunga qadar AQShda o‘lim jazosi Sakkizinchi tuzatishda aytilgan “shafqatsiz va g‘ayriinsoniy jazo”ga kirish yoki kirmasligi haqidagi bahslar davom etmoqda.

    To‘qqizinchi tuzatish

    Ushbu tuzatishda Madison Konstitutsiyada keltirilmagan huquqlardan tashqari ham huquqlar mavjudligini, fuqarolar bosh qomusda ko‘rsatilmagan boshqa insoniy huquqlarni saqlab qolishi mumkinligini ta’minlashga harakat qiladi. Aynan ushbu tuzatish asosida AQSh Oliy sudi shaxsiy daxlsizlik va abort huquqini qonuniylashtirgan.

    O‘ninchi tuzatish

    “Huquqlar to‘g‘risidagi Bill”ning oxirgi tuzatishi anti-federalistlarni tinchlantirishga qaratilgan. Tuzatishga ko‘ra, federal hukumat faqat Konstitutsiyada ko‘rsatilgan vakolatlar bilan cheklanadi. Qolgan barcha huquq, vakolatlar shtat va xalq ixtiyorida saqlanib qoladi. Keyinchalik bu xalq vakolatlari aynan nimalar ekanligi haqidagi munozaralar avj olishiga sabab bo‘ladi.

    O‘n birinchi o‘zgartirish

    Oliy sudda ko‘rilgan huquqiy ish (Chisxolm Jorjiyaga qarshi) asosida ishlab chiqilib, Konstitutsiyaga kiritilgan ilk tuzatish 1795-yil ratifikatsiya qilinadi. Ushbu tuzatishga shtatlarning boshqa shtat yoki davlat fuqarosi tomonidan federal sudga berilishi mumkinligi, bu esa federal hukumatga juda katta vakolatlar berishi haqidagi noroziliklarga sabab bo‘ladi. Kongress O‘n birinchi tuzatish orqali shtatlar o‘rtasidagi da’volar bilan bog‘liq barcha ishlarni federal sud yurisdiksiyasidan olib tashlaydi.

    O‘n ikkinchi tuzatish. 1804-yil

    1800-yilgi tartibsiz prezident saylovlaridan so‘ng Kongress Konstitutsiyaga prezident va vitse-prezidentni alohida saylash tartibini kiritadi. O‘sha saylovda Tomas Jefferson va Aron Bur Saylovchilar kollegiyasida bir xil ovoz to‘plagach, Kongressning Vakillar palatasi prezident uchun yangi saylov o‘tkazadi.

    O‘n ikkinchi tuzatish saylovchilarga prezident va vitse-prezident saylovi uchun alohida ovoz berishni belgilab qo‘yadi. Bunga qadar saylovda eng ko‘p ovoz olgan nomzod prezident, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan nomzod esa vitse-prezident etib saylanar edi.

    Tomas Jefferson va Aron Bur

    Tomas Jefferson va Aron Bur
    Foto: Study

    O‘n uchinchi tuzatish. 1865-yil

    AQShda uzoq vaqtdan beri davom etayotgan munozaralarga chek qo‘ygan O‘n uchinchi tuzatish 1865-yili Konstitutsiyaga kiritiladi. Fuqarolar urushi va prezident (Avram Linkoln) hayoti evaziga erishilgan ushbu o‘zgartirish AQShda qullikni to‘la bekor qiladi.

    O‘n to‘rtinchi tuzatish

    AQShdagi Fuqarolar urushidan (1861—1865) so‘ng Kongress Konstitutsiyaga birdaniga bir nechta o‘zgartirish kiritadi. AQShdagi qullik tizimiga keskin zarba bergan ushbu tuzatish 1868-yili ratifikatsiya qilinadi.

    O‘n to‘rtinchi tuzatishning birinchi qismi Kongressga janubdagi qora tanli aholini oq tanli shtat hukumatlaridan himoya qilish huquqini beradi. Kongress Oliy sudning Dred Skot Senfordga qarshi ishda qabul qilgan qarorini bekor qiladi. Ushbu sud ishiga ko‘ra, AQShga ko‘chib kelgan qora tanlilar va ularning farzandlari AQSh fuqarosi hisoblanmaydi va sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmaydi, shuningdek, sud qarorisiz egasidan tortib olinmaydi. Kongress ushbu qonunni bekor qiladi va AQShda tug‘ilgan har bir shaxs AQSh fuqarosi bo‘lishi belgilanadi. AQShning barcha fuqarolari qonun himoyasi bilan bir xil kafolatlanadi.

    Tuzatishning ikkinchi qismi Konstitutsiyadagi qora tanli inson hamda qul to‘laqonli fuqaroning uchdan ikki qismini tashkil etishi (ya’ni to‘liq shaxs emasligi) haqidagi qonunni bekor qiladi va barcha 21 yoshga to‘lgan erkak fuqarolarga saylov huquqini beradi. Vakillar palatasidagi shtatlar kvotasi ularning aholisi soniga qarab belgilanadi.

    Uchinchi qism esa sobiq janubiy Konfederatsiya rahbarlariga taalluqli bo‘lib, Kongress AQShga qarshi “qo‘zg‘olon yoxud isyon” ko‘targan har qanday zobit yoki shaxsga davlat lavozimini egallashni taqiqlash huquqiga ega bo‘ladi.

    To‘rtinchi bo‘lim ham urush bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zgartirish federal va shtat hukumatlarini urush davridagi qarzlarni to‘lashdan va yetkazilgan ziyon uchun kompensatsiya undirishdan ozod qiladi. Nihoyat, beshinchi qism Kongressga Konstitutsiyaga o‘zgartirish uchun qonunlar qabul qilishga ruxsat beradi. Bu esa federal hukumatning shtatlarga nisbatan vakolatlari kuchayishiga yordam beradi.

    O‘n beshinchi tuzatish

    Kongress qora tanli qullarga erkinlik bergan Qayta qurish qonunini qabul qilgach, ularning huquqlari himoyasiga shoshadi. Xususan, O‘n beshinchi tuzatish irqi, tanasining rangi va oldingi qullik tarixiga qarab ovoz berish huquqidan mahrum qilishni taqiqlaydi.

    Biroq janubiy shtatlarda qora tanli aholi ovoz berish solig‘i, savodxonlik testlari va shunga o‘xshash usullar yordamida saylov huquqidan samarali mahrum etiladi. AQSh fuqarolari faqatgina 1965-yilga kelib, to‘la va teng saylov huquqiga ega bo‘ldi.

    O‘n oltinchi tuzatish

    Fuqarolar urushi davridan amerikaliklar federal hukumatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromad solig‘ini to‘lay boshlaydi. Ammo AQSh Oliy sudi 1894-yilgi Pollok Farmers’ Loan & Trust Co’ga qarshi ishi doirasida ushbu soliqni Konstitutsiyaga mos kelmasligi sabab bekor qiladi. Konstitutsiyaga ko‘ra federal hukumatga o‘tuvchi bunday “to‘g‘ridan-to‘g‘ri” soliqlar tushumini aholisi soniga qarab, shtatlar orasida taqsimlash kerak edi.

    1913-yili kiritilgan O‘n oltinchi tuzatish orqali Kongress ro‘yxatga olingan yoki olinmaganidan qat’i nazar barcha aholidan, har qanday daromaddan, shtatlar o‘rtasida taqsimlamasdan daromad solig‘i olish huquqiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida federal hukumatga umummilliy soliq orqali daromad va xarajatlarni ko‘paytirishga imkon beradi.

    O‘n yettinchi tuzatish

    XIX asr oxirida AQShda Kongressning yuqori palatasi hisoblanuvchi Senatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar orqali saylashni talab qiluvchi harakat kuchayadi. Bunga qadar senatorlar shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanib kelinayotgandi.

    Fuqarolar orasida Senatni ko‘pincha korrupsiyaga moyil bo‘lgan elita guruhlar egallab olishi haqidagi qarashlar keng yoyiladi. Shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari ham ushbu o‘zgarishni qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada, 1913-yili AQSh Konstitutsiyasiga O‘n yettinchi tuzatish kiritiladi va har bir shtat aholisi o‘z senatorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylash huquqiga ega bo‘ladi.

    O‘n sakkizinchi tuzatish yoxud “quruq qonun”

    Birinchi jahon urushidan so‘ng AQSh jamiyatida alkogol va uning savdosiga qarshi qarshi Temperance movement — Hushyorlik harakati (spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga qarshi harakat) keng yoyiladi. Anchagina yaxshi daromad keltiruvchi daromad solig‘iga ega bo‘lgan federal hukumat spirtli ichimliklar solig‘i bekor qilinishiga qarshilik qilmaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanish tizimiga o‘tgan Senat ham Hushyorlik harakati bosimi ostida qoladi.

    Natijada, 1919-yil Kongress mamlakat hududida mast qiluvchi ichimliklarni ishlab chiqarish, sotish va tashishni taqiqlovchi O‘n sakkizinchi tuzatishni ratifikatsiya qiladi. Ammo bu tuzatish mast qiluvchi ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlamaydi. Tuzatishni amaliyotga kiritish va taqiqlangan ichimliklar ro‘yxatini batafsil ko‘rsatish uchun Volstead qonuni qabul qilinadi. Hujjat “quruq qonun” deb ham ataladi, chunki o‘n uch yil davomida amal qilgan bu qonun talablari deyarli hech qachon to‘liq ishlamaydi. Bu tuzatish oradan o‘n uch yil o‘tib, Yigirma birinchi tuzatish bilan bekor qilinadi.

    “Quruq qonun” qabul qilingandan so‘ng pivo bochkalarining bo‘shatilishi

    “Quruq qonun” qabul qilingandan so‘ng pivo bochkalarining bo‘shatilishi
    Foto: Corbis

    O‘n to‘qqizinchi tuzatish

    1920-yilш ratifikatsiya qilingan O‘n to‘qqizinchi tuzatish AQShda uzoq yillardan beri davom etayotgan ayollar saylov huquqi uchun kurash natijasida qabul qilingan. Ushbu tuzatish orqali Kongress jinsidan qat’iy nazar barcha AQSh fuqarolariga saylov huquqini beradi.

    Biroq 1965-yilgi “Ovoz berish huquqi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinmaguniga qadar AQShda qora tanli ayollar baribir to‘la saylov huquqiga ega bo‘lmadi.

    Yigirmanchi tuzatish

    Ushbu tuzatish AQSh Kongressi va prezidentining vakolati tugash muddatini belgilab beradi. Unga ko‘ra, Kongress 3-yanvar kuni, prezident esa 20-yanvar kuni (oldin 4-mart edi) o‘z postini yangi saylangan vakillarga bo‘shatishi belgilab qo‘yiladi.

    Shuningdek, tuzatishga saylangan prezident inauguratsiya marosimiga qadar vafot etsa, uning o‘rnini vitse-prezident egallashi kerakligi haqidagi modda ham kiritiladi.

    Yigirma birinchi tuzatish

    AQSh tarixida oldingi tuzatishni bekor qilgan yagona tuzatish hisoblanuvchi Yigirma birinchi tuzatish 1933-yil qabul qilinadi. Yigirma birinchi tuzatish O‘n sakkizinchi tuzatishini bekor qiladi va alkogol savdosiga qo‘yilgan cheklovni olib tashlaydi. Ushbu tuzatish oldingi tuzatishni bekor qilgan yagona tuzatish hisoblanadi.

    Yigirma ikkinchi tuzatish

    AQSh Konstitutsiyasining Yigirma ikkinchi tuzatishi Konstitutsiyaga kiritilmasidan oldin amalda bo‘lib, AQShning barcha prezidentlari birinchi prezident Jorj Vashington kabi ikki prezidentlik muddatidan so‘ng keyingi saylovlarda o‘z nomzodini qo‘ymas edi. Jorj Vashington merosini bir necha prezident buzishga urinib ko‘radi, ammo faqat Franklin Delano Ruzveltgina buni amalga oshiradi. Buyuk depressiya va Ikkinchi jahon urushi davrida mamlakatni boshqargan Ruzvelt to‘rt marta saylovlarda g‘alaba qozonadi va to‘rtinchi saylovdan ko‘p o‘tmay vafot etadi.

    Franklin Ruzveltdan so‘ng Kongress bir kishining ikki muddatdan ortiq prezident bo‘la olmasligi haqidagi qoidani rasman Konstitutsiyaga kiritishga qaror qiladi. Ushbu tuzatish 1951-yili AQSh Konstitutsiyasiga kiritiladi va dunyoning ko‘plab davlatlari ushbu moddani o‘z Konstitutsiyalarida belgilab qo‘yadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham ushbu qoida (90-modda) mavjud.

    Prezidentlik saylovlarida 4 marta g‘alaba qozongan AQSh prezidenti Franklin Delano Ruzvelt

    Prezidentlik saylovlarida 4 marta g‘alaba qozongan AQSh prezidenti Franklin Delano Ruzvelt
    Foto: The Washington Post

    Yigirma uchinchi tuzatish. 1961-yil

    Ushbu tuzatish AQShda 1800-yildan (shu yili Vashington shahri poytaxt etib belgilangan) boshlab muhokama qilinayotgan muammoga nuqta qo‘yadi. Ya’ni, mamlakatda AQSh federal hukumati joylashishi uchun 1790-yili tashkil etilgan Kolumbiya federal okrugi aholisi ham saylovlarda ovoz berishga haqlimi yoki yo‘q qabilidagi savollarga javob sifatida Kongress ushbu tuzatishni ratifikatsiya qiladi. Unga binoan Kolumbiya okrugi aholisining prezident va vitse-prezident saylovida qatnashish huquqi kafolatlanadi.

    Kolumbiya okrugi Kongressning Vakillar palatasi uchun saylovlarda aholisi eng kam bo‘lgan shtat bilan bir xil kvotaga ega bo‘ladi.

    Yigirma to‘rtinchi tuzatish

    Yigirma to‘rtinchi tuzatish O‘n beshinchi tuzatishdan so‘ng janubiy shtatlarda qora tanli aholiga berilgan saylov huquqini cheklashga qaratilgan saylov solig‘ini bekor qilishni ko‘zda tutadi. Tuzatish qabul qilingan 1964-yilda mamlakatning beshta shtatida shunday soliq mavjud edi.

    Biroq Kongress bu turdagi soliqni faqat federal saylovlarga nisbatan bekor qiladi va shtat saylovlariga joriy qilmaydi. Shtat saylovlaridagi bunday adolatsizlikka 1966-yil bo‘lib o‘tgan Harper Virjiniya saylov komissiyasiga qarshi sud ishidan so‘ng Oliy sud chek qo‘yadi. Oliy sud O‘n to‘rtinchi tuzatishda aytilgan AQShning barcha fuqarolari bir xil himoyaga ega bo‘lishi haqidagi kafolatga asoslanib, saylov solig‘ini qonunga zid deb topadi. Shundan keyingina AQShda saylov soliqlari butunlay tugatiladi.

    Yigirma beshinchi tuzatish

    1963-yil AQSh prezidenti Jon Kennedi o‘ldirilgandan so‘ng Kongress Konstitutsiyaga amaldagi prezident vafot etsa yoki iste’foga chiqsa, uning o‘rnini kim egallashi haqidagi savolga javoban yangi tuzatishni ratifikatsiya qiladi. Unga ko‘ra, bunday vaziyatda prezidentlik vitse-prezident zimmasiga yuklatilishi belgilanadi. Yangi prezident esa Kongressning ko‘pchilik ovozi bilan yangi vitse-prezidentni tayinlaydi.

    Shuningdek, bu tuzatish prezidentga o‘z vazifalarini bajarishga ma’lum vaqt qodir bo‘lmay qolsa, (masalan og‘ir operatsiya bo‘lsa) Vakillar palatasi Spikeriga xat yo‘llab ta’tilga chiqishi, prezident vazifa va vakolatlari u qaytguniga qadar vitse-prezidentga o‘tishi belgilanadi.

    Vitse-prezident Lindon Jonson prezident Jon Kennediga suiqasd uyushtirilgandan bir necha soat o‘tib, samolyotning o‘zidayoq prezidentlik qasamyodini qabul qilmoqda. 1963-yil

    Vitse-prezident Lindon Jonson prezident Jon Kennediga suiqasd uyushtirilgandan bir necha soat o‘tib, samolyotning o‘zidayoq prezidentlik qasamyodini qabul qilmoqda. 1963-yil
    Foto: Getty Images

    Yigirma oltinchi tuzatish

    Vyetnam urushi davrida AQShda hali saylash huquqiga ega bo‘lmagan yoshlarni urushga jalb etish qanchalik adolatliligi haqida anchadan beri davom etayotgan munozaralar yanada kuchayadi. O‘n to‘rtinchi tuzatishga ko‘ra AQShda saylov yoshi 21 yosh hisoblanib, yoshlar armiyaga 18 yoshidanoq chaqirilardi. Uzoq davom etgan muhokamalardan so‘ng Kongress 1971-yili barcha federal, shtat va mahalliy saylovlarda saylov yoshini 18 yoshga tushiradi.

    Biroq Oregon shtati bunga norozilik bildiradi. Oliy sud Kongress faqat federal saylovlar bo‘yicha yurisdiksiyasiga ega degan qaror chiqaradi va shtat tarafini oladi. Biroq keng ommaning qo‘llab-quvvatlashi natijasida tuzatish oxir-oqibat Konstitutsiyaga kiritiladi va barcha shtatlarda saylov yoshi 18 yosh etib belgilanadi.

    Yigirma yettinchi tuzatish

    Bugungi kunga qadar AQSh Kongressi va shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan so‘nggi tuzatish AQSh Kongressi senator va deputatlarining maoshi haqida edi. Tuzatish aslida 1790-yil qabul qilingan “Huquqlar to‘g‘risidagi Bill” loyihasi doirasida bo‘lib, unga ko‘ra, kongressmenlar o‘z oylik maoshlarini ko‘tarish yoxud kamaytirish haqida qabul qilgan qonunlari keyingi saylovga qadar kuchga kirishi taqiqlanadi. Ya’ni kongressmenlar o‘zlarining emas, balki ularning o‘rniga keluvchi kongressmenlarning maoshi haqida qonun qabul qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu orqali shtatlar kongressmenlarning ish haqlari to‘xtovsiz o‘sishini kamaytirishga erishmoqchi edi.

    Ushbu tuzatish taklif qilinganidan (1790-yil) qariyb ikki yuz o‘tib (1992-yil) yetarli shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilinadi. Bungacha u shtatlarning to‘rtdan uch qismi tarafidan ratifikatsiya qilinmagani sabab Konstitutsiyaga kiritilmay keladi.

    06.02.2022, 09:08   Izoh (0)   101673
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.