Har bir insonning o‘z sevimli mashg‘uloti bor. Bugungi maqola qahramonlari o‘z rejalarini amalga oshirish uchun juda ko‘p imkoniyatlarga ega, ammo ularning sevimli mashg‘ulotlari doirasi har kimni hayratda qoldirishi mumkin.
Nikolas Keyj
Gollivud aktyori Supermenning ashaddiy muxlisidir. Nikolas o‘zining sevimli qahramoni bilan bog‘liq hamma narsani to‘playdi va unga o‘ylamasdan katta mablag‘ sarflaydi. Aktyor hatto uchinchi nikohidan tug‘ilgan o‘g‘liga Kal-El ismini qo‘ygan, Supermenning o‘zi Kripton sayyorasida tug‘ilganida shunday ism olgan. Bolaga ham bu komiks qahramoni yoqadi, deb umid qilish mumkin.
Jonni Depp
Jonni juda ko‘p sevimli mashg‘ulotlariga ega, ammo ulardan biri juda ham g‘ayrioddiy. Lili tug‘ilgandan keyin u Barbi qo‘g‘irchoqlarini sotib olishni boshladi, bu faqat qizi uchun emasdi. Aktyor Elvis Presli, Beyonse va o‘zi ijro etgan qahramonlardan tashkil topgan kolleksiyaga ega. Masalan, “Alisa mo‘jizalar mamlakatida”dagi aqldan ozgan shlyapado‘z va “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi kapitan Jek Chittak kabi.
Margo Robbi
Margo avvalida tatuirovka qilishni o‘rganishni rejalashtirmagan edi, lekin tatuirovkachi turmush o‘rtog‘i Tom Akerliga tushirayotgan naqshni ko‘rib, chiday olmadi. So‘ngra uning o‘zi birinchi marta yozuv uskunasini qo‘liga olib, ishni tuzatishga qaror qildi va shundan beri u ma’lum darajada muvaffaqiyatlarga ham erishdi.
Jastin Biber
Jastinga qarab har qanday narsa xayolga keladi, lekin kubik-rubik terish qobiliyati emas, shunday emasmi? Ammo xonanda bu qiyin jumboqni atigi 2 daqiqada terishga qodir. Bu, albatta, iste’doddan boshqa hech narsa emas.
Xarrison Ford
Gollivuddagi ko‘pchilik uchuvchi litsenziyasiga ega va Xarrison Ford ham bundan mustasno emas. Biroq mashhur aktyor bo‘lgandan keyingina, u nihoyat orzularini ro‘yobga chiqarishni boshladi, chunki uchish juda qimmatga tushadi.
Tom Xenks
Tom vintaj yozuv mashinkalarini yaxshi ko‘radi: u nafaqat o‘z kolleksiyasi uchun yangilarini sotib oladi, balki ularni o‘z maqsadlari uchun ham ishlatadi. Aktyor kitoblar yozadi, lekin asarlarini omma bilan baham ko‘rishga shoshilmayapti.
Izoh (0)