• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda qo‘yxonaga aylangani rad etilgan “Chor minor” madrasasi chorbog‘ida tandirdan ham foydalanib kelingani ma’lum bo‘ldi

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Buxorodagi madrasa hududi qo‘yxonaga aylantirilgani aytilmoqda” sarlavhali videoxabar tarqalgach, tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida ko‘plab muhokamalarni keltirib chiqardi. Ko‘p o‘tmay, “Chor minor” madrasasi hududining qo‘yxonaga aylantirilgani rad etildi. “Daryo” muxbiri vaziyatni batafsil o‘rgandi.

    Foto: “Daryo”

    Tarixiy manbalarga ko‘ra, “Chor minor” me’moriy yodgorligi 1807-yil Xalfa Niyozqul tomonidan qurilgan. Ayni paytda Madaniy meros departamenti viloyat boshqarmasi tasarrufida turadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘rganish jarayonida yomg‘ir yog‘ayotgani bois madaniy merosga olib boradigan tor ko‘chalar yomg‘ir suviga to‘lgandi. Achinarlisi, ko‘cha boshidagi nosoz yerosti quvurlaridan to‘lib-toshib otilayotgan yomg‘ir suvlari shu chorbog‘ga oqardi.

    “Yerosti quvurining og‘zi ochiq. Piyodalar va haydovchilarning xavfsizligi uchun ustini katta tosh bilan yopib qo‘yishga majbur bo‘ldik. Shu ham nosoz ahvolda. Yomg‘ir suvidan hammayoq ko‘l, loy bo‘lib ketdi. Mazkur muammoga e’tibor qaratish kerak”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan fuqaro.

    Foto: “Daryo”

    Keyingi suhbatdosh o‘zini tanishtirishni istamadi. Ammo madaniy meros hududida qo‘y boqilganini rad etmadi.

    “Ha, qo‘y boqishgan. Keyin odamlar biroz shovqin ko‘tarishdi. Shundan so‘ng yig‘ishtirib olishdi. Oradan taxminan ikki-uch oy o‘tdi. Ammo qo‘y boqilsa nima qilibdi, axir tarixiy obidalar yonida tuyalar, otlardan ham foydalanishyapti-ku”, — deydi shaxsi noma’lum qolishini istagan fuqaro.

    Shu yaqin atrofda yashovchi Sunnatilla ismli suhbatdosh ikki-uch oy ilgari ushbu hududda bir nechta qo‘y bog‘lab qo‘yilganini ko‘rganini aytgan bo‘lsa, “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shahnoza Kamolova o‘zi rahbarlik qilayotgan paytda bunday o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yilmaganini bildirdi.

    Shahnoza Kamolova.

    Shahnoza Kamolova.
    Foto: “Daryo”

    “Ikki yarim yildan beri shu mahallaga raislik qilib kelyapman. Bizning hududda 16 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, Chor minor asosiy ko‘chalarimizdan biri hisoblanadi. “Chor minor” madrasasi shu ko‘chada joylashgan bo‘lib, uning hududida sayyohlar uchun qulay sharoit yaratib qo‘yganmiz. Bu hududni fuqaro Mansur Safarovga topshirganmiz. U bu yerda qorovullik qiladi. Obodonlashtirish ishlarigayam qarashadi. Ammo men rahbarlik qilgan davrimda bu yerda qo‘y ham boqilmagan, qo‘yxona ham qilinmagan. Balki uch yil oldingi tasvir bo‘lishi mumkin,” — dedi.

    Fuqarolarning bu haqdagi fikrlarini rad etgan rais “Menimcha, Mansur aka biror to‘y uchun qo‘yni keltirib bog‘lagan bo‘lsa, qo‘shnilar shuni ko‘rgan. Keyin Mansur aka menga bu gap yetib borguncha, qo‘ylarini olib ketgandir, ammo mening xabarim yo‘q”, — dedi.

    Foto: “Daryo”

    Ushbu chorbog‘da 25 yildan buyon qorovullik qilib kelayotganini bildirgan Mansur Safarov voqea ikki yil ilgari sodir bo‘lganini aytib, “Bir yilcha ilgari qo‘shnim yig‘in qilgandi. Bu joylarning torligi uchun bir-ikkita qo‘yini shu yerga keltirib bog‘lagandi. Odamlar shovqin qilishgani uchun keyin qo‘yxonani olganmiz, qo‘ylarini olib ketgan”, — dedi.

    “Daryo” muxbiri tarixiy obidadan bor-yo‘g‘i, 10-15 metr narida tandir ham qurilganiga, usti yopiq qo‘lbola ayvonning ivirsiq va yoqimsiz ahvolda ekaniga ham guvoh bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    “Asosan eski shahar ekani bois ham turizm uchun sharoitlar yaratilgan. Mana bu yerda tandirxonalar bor. Usti yopilgan ayvonlar bor. Bu ayvonlar tagiga stollar qo‘yilib, kulolchilik buyumlari chiqariladi. Tandir esa milliy nonlarimizni sayyohlarga ko‘rsatish uchun qurilgan. Sayyohlar ham kelib, shu nonlarning pishirilish jarayonlarini ko‘radi”, — deydi mahalla raisi.

    Foto: “Daryo”

    U jurnalistning: “Sayyohlarning non pishirilayotgan jarayonni kuzatganini biror marta ko‘rganmisiz?” — degan savoliga: “Yo‘q, ko‘rmaganman. Mansur aka, ya’ni qorovulning gaplariga tayanib aytyapman. Tandir nima maqsadda qurilgani haqida so‘raganimda, u kishi shu gaplarni tushuntirib o‘tgan edi”, — deya javob berdi.

    Kuzatuvlarimizga ko‘ra, chorbog‘ga kirish yo‘lagida kesib qo‘yilgan katta daraxt poyasi esa tandirga o‘tin sifatida ishlatish uchun saqlab kelingan.

    Foto: “Daryo”

    “Ha, turistlar uchun tandir bor. Ko‘chamizdagi keksa buvilar tandirda non pishirishlarini so‘rashganda, tandirni qurgandik. 80-90 yoshga kirgan kampirlar non pishiradi. Sayyohlar kelib ko‘radi”, — deydi Mansur aka.

    Foto: “Daryo”

    Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti direktori Suhrob Bobokalonov “Daryo”ga tarixiy obidalar joylashgan yaqin hududda tandir yoki boshqa qo‘lbola qurilmalar qurish taqiqlanganini va bu mutlaqo mumkin emasligini, agar shunday holat aniqlansa, u shaxs jarimaga tortilishi mumkinligini bildirdi.

    01.02.2022, 20:13   Izoh (0)   32741
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kinoteatr” telekanalida efirga uzatilgan ochiq sahnalar ortidan mas’ul shaxs ishdan bo‘shatildi

    01.02.2022, 20:05

    Firdavs Abduxoliqovga manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, sudga yuborildi

    01.02.2022, 18:36

    Toshkentda qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol ruhiy asab kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘ldi

    01.02.2022, 18:31

    Uzbekistan Airways Moskvaga qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

    01.02.2022, 17:26

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    01.02.2022, 17:10

    “Kinoteatr” telekanalida efirga uzatilgan ochiq sahnalar bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi

    01.02.2022, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

    Qozog‘iston | 1 iyul, 08:33

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.