Ijtimoiy tarmoqlarda “Kinoteatr” telekanali orqali efirga uzatilgan filmlarning birida ochiq sahnalar namoyish etilgani haqidagi lavha jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur lavha 2022-yilning 31-yanvar kuni soat 22:00 da efirga uzatilgan “Baunti” filmi namoyishidan olingan.
Holat yuzasidan Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish ishlari agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertlar tayinlangan.
“O‘rganish yakunlari yuzasidan tayyorlangan xulosa asosida ‘Kinoteatr’ telekanaliga taqdimnoma hamda Bosh prokuraturaga huquqiy baho berish uchun ma’lumot kiritiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)