Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Shimoliy Koreya 2022-yilda Pekinda o‘tkaziladigan Olimpiadada “dushman kuchlarining harakati” va koronavirus pandemiyasi sabab ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Biz Olimpiadada dushman kuchlarining harakati va pandemiya sabab ishtirok eta olmaymiz, ammo xitoylik do‘stlarimizga dabdabali va ajoyib Olimpiada festivalini o‘tkazishda to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi bayonotda.

Shimoliy Koreya hukumati AQSh va “ularning vassal kuchlari”ni, ularning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiada o‘yinlarini muvaffaqiyatli buzishga yo‘naltirilgan harakatlarini qabul qilmagan. Pxenyanning fikricha, ushbu harakatlar Olimpiya xartiyasi ruhini haqorat qiladi.

2021-yilning sentabr oyida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi KXDR Milliy olimpiya qo‘mitasini 2022-yil oxiriga qadar “xartiyani buzish va o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun” chetlatgandi. Shimoliy Koreya jamoasi 2021-yilning iyul–avgust oylarida Tokioda o‘tkazilgan yozgi Olimpiadada ham ishtirok etmagan.

Eslatib o‘tamiz, 200 ga yaqin inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari Xitoyda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan 2022-yilgi Olimpiadani boykot qilishga da’vat qilgan edi. Buning sababi Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida inson huquqlari ommaviy ravishda buzilgani haqidagi xabarlar bo‘lib, ularda milliondan ortiq musulmon uyg‘urlar asirlik lagerlarida saqlanayotgani ta’kidlangan.

Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi deputatlari yozda hukumatni 2022-yili Pekinda o‘tkaziladigan Olimpiadada ishtirok etishdan voz kechishga chaqirgan edi. Dekabr oyida esa AQSh va Avstraliya ortidan Britaniya ham Pekinda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konditsionerlarni eng ko‘p qaysi davlatga sotayotgani ma’lum bo‘ldi
Sport
“Barselona” transferlari uchun klublardan 142 million yevro qarz
Dunyo
AQSH tarixidagi eng qonli jinoyat, avtomobil sanoatida tub burilish yasagan “Tunuka Lizzi” va ko‘pxotinlikda ayblanib, ushlangan mormonlar yetakchisi. Kun tarixida...