O‘zbekiston va dunyoning turli nuqtalarida olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Tumanli havoda “O‘zbekiston” mehmonxonasi binosida aks etgan davlat bayrog‘i va gerbi tasviri.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Quyosh alvon tusga kirib botayotgan mahal Toshkent shahrining Mustaqillik shohko‘chasida manzili tomon ketayotgan 17-yo‘nalishdagi avtobus.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Mayamidagi mashhur Ocean Drive pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta avtomobillar uchun qayta ochilmoqda.
Foto: Getty Images
Toshkentni 25-yanvar kuni kechga borib tuman qopladi. Buning oqibatida Toshkent xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida elektrsiz qolgan mahallaga suv olib kelgan Damas. Mahalla peshtoqiga “Xotirjamlik ulug‘ ne’mat” deb yozilgan.
Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev
Mavzuga doir: “Vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida”. Sherzod Asadov fuqarolarni sarosimaga tushmaslikka chaqirdi
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev fonar yorug‘ida mutasaddilar bilan videoyig‘ilish o‘tkazdi.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Yamanda ovqat tayyorlash uchun gaz taqchilligi bilan bog‘liq keskin muammo kuzatilmoqda. Suratda: Sanadagi bozorda o‘tin olib ketayotgan yuk mashinasi oldida turgan yamanlik erkak.
Foto: EPA
Mavzuga doir: Gazli, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi
Qozonda talabalar va o‘qituvchilar Tatyana kunini nishonlashmoqda. Bu kun Rim imperiyasida yoqib yuborilgan avliyo Tatyana sharafiga nishonlanadi.
Foto: “TASS”
Krasnoyarsk viloyatidagi Yenisey daryosi ustida baliq ovlash uchun muz teshayotgan erkak.
Foto: Getty Images
Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik ko‘chasidagi tumanli havoda mashinalar qatnovi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Mavzuga doir: O‘zbekistonda 26-yanvar kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda
Ukrainadan AQShga borgan muhojir ona chegara to‘sig‘i yonida egizaklari bilan o‘tiribdi.
Foto: Reuters
Mirzo Ulug‘bek tumani Hamid Olimjon maydonidagi ko‘p qavatli uylarning tumanda g‘ira-shira ko‘rinishi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Belaruslik tennischi Arina Sabalenka Australia Open chempionatining uchinchi bosqichida chexiyalik Marketa Vondrousovaga qarshi o‘ynadi.
Foto: Reuters
Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchisi Donetsk viloyatidagi Horlivka shahri yaqinida o‘z pozitsiyasini egallamoqda.
Foto: Reuters
Londondagi Qirollik san'at akademiyasida “Frensis Bekon: Odam va hayvon” ko‘rgazmasi ochildi.
Foto: “TASS”
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Qorga burkangan Turkiya, pottermenlar uchun maxsus poyezd, ommaga namoyish etilgan chaqaloq pandalar. 24-yanvar suratlari
- Surxondaryoda ochilgan boychechak, datchik o‘rnatilgan toshbaqa, kulga botgan avtomobil. 21-yanvar suratlari
- Yerni samolyotda aylanib chiqqan qiz, bunkerdagi ukrain askari, vaksina kutayotgan bolalar. 20-yanvar suratlari
- Sovuq suvda cho‘milgan pravoslavlar, Madagaskardagi halokatli yomg‘ir, eng baland nuqtadagi reklama. 19-yanvar suratlari
- Yaponiyadagi mitti “qor parisi”, Turkiyadagi tuyalar jangi, dunyodagi eng katta qor labirint. 18-yanvar suratlari
- Mamlakatini Rossiyadan himoya qilish uchun qaytgan sobiq prezident, Boliviyada e’lon qilingan salib yurishi, harbiylarga qarshi chiqqan odamlar. 17-yanvar suratlari
- O‘zbekistonda boshlangan sumalak mavsumi, ochlikka qarshi kampaniya, ta’mirtalab sirk. Hafta suratlari