• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Otamni haqorat qilgani uchun MIB xodimi bilan janjallashdim” — ijrochini pichoq bilan jarohatlagan fuqaro holat haqida izoh berdi

    11-yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanidagi avtoshohbekatda o‘zboshimchalik bilan qurib olingan savdo do‘konini buzish uchun kelgan MIB xodimlari va do‘kon egasining o‘g‘li Saidmaqsudxon Jumayev o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergan. Natijada Saidmaqsudxon Jumayev oshxona pichog‘i bilan taraflarni qo‘rqitib, davlat ijrochisi X.M.ga tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng ehtiyot chorasi sifatida fuqaro qamoqqa olingan.

    “Daryo” muxbiri holat yuzasidan surishtiruv olib bordi.

    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudi raisi Erkinjon Sobirovning ma’lum qilishicha, 2021-yilning 21-sentabr kuni sud binosida da’vogar Asaka tumani hokimligining javobgar Avliyoxon Jumayevga nisbatan “O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmani majburiy tartibda buzdirish haqida”gi da’vo arizasi ko‘rib chiqilgan. Qarorda avtobekatning yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kutish joyiga o‘zboshimchalik bilan qurib olingan savdo do‘koni javobgar hisobidan majburiy tartibda buzdirilishi belgilangan.

    Hodisa yuz bergan savdo do‘koni joylashgan bekat

    Hodisa yuz bergan savdo do‘koni joylashgan bekat
    Foto: “Daryo”

    “Sud majlisida Asaka tuman hokimligining ishonchli vakili Xotam Qurbonov javobgar tomonidan Asaka tumandagi Najmiddin Kubro ko‘chasida joylashgan avtobekatda o‘zboshimchalik bilan savdo do‘koni qurilib, foydalanib kelinayotganligini, berilgan ogohlantirishga qaramasdan noqonuniy qurilma javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda buzilmaganligini bildirib, mazkur noqonuniy qurilgan do‘konni javobgar hisobidan majburiy tartibda buzdirishni so‘ragan.

    Javobgar Avliyoxon Jumayev sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan bo‘lishiga qaramasdan, sudga kelmaganligini va buni uzrli sabablarini sudga taqdim qilmaganligini, ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rishni so‘ramaganligini da’vogar vakilining ishni ko‘rilishiga e’tirozi yo‘qligini inobatga olib, sud ishi ko‘rib chiqilgan.

    Da’vogar tomon Asaka tuman qurilish bo‘limining 2021-yil 25-iyundagi xulosasi, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etishni tashkil etish bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma, javobgarga berilgan ogohlantirish xatlarini taqdim qilgan.

    Unga ko‘ra, savdo do‘koni va avtobekat javobgar Jumayev Avliyoxonga notarial tasdiqlangan shartnomaga asosan tegishli bo‘lib, mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, bekat qismi yo‘lovchilar uchun kutish joyi sifatida ochiq qoldirilib, savdo do‘koni shaharsozlik me’yorlari va qoidalari talablari asosida qurilmaganligi aniqlangan.

    Sirtdan hal qiluv qaroriga asosan da’vogar Asaka tuman hokimligining javobgar Jumayev Avliyoxonga nisbatan da’vo arizasi qanoatlantirilgan hamda avtobekatning yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kutish joyiga o‘zboshimchalik bilan qurib olingan savdo do‘koni javobgar hisobidan majburiy tartibda buzdirilishi belgilangan”, — deydi sudya Erkinjon Sobirov.

    Sudyaning qo‘shimcha qilishicha, javobgar sirtdan chiqarilgan qarorni bekor qilishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan.

    “Murojaat qilganda qarorni sirtdan qabul qilingan qarorni noto‘g‘ri chiqarib qo‘ygan bo‘lsak, deb to‘g‘rilab qo‘yish uchun qayta ko‘rib chiqqanmiz. Shunda Jumayevning o‘zi kelib ‘Mening hujjatlarim bor, siz meni buzdirishga belgilab qo‘yibsiz’ dedi. Unga javoban ‘Hujjatingiz borligini bilaman, lekin u yer nima desam ‘ostanovka’, dedim. Keyin muhokama qilish jarayonida ikkalamiz suddan nari joyni ko‘rish uchun chiqib ketdik. Borganda odamlar o‘tiradigan joy akfa qilinib, berkitib qo‘yilgan, eshiklar qulf edi. O‘sha yerning o‘zida ‘Hujjatim bor, hamma narsam joyida deyapsiz, lekin bu yerga kelgan fuqarolar qayerda o‘tiradi? Misol uchun men yo‘lovchiman deylik, avtomashina kutish uchun qayerda o‘tiraman’, degan savollar bilan murojaat qildim. ‘Bolalar eshikni berkitib qo‘yibdi’, deganda ‘Bekat uchun eshikni nima keragi bor’, dedim. Ichkariga kirganimizda aroq va sigaretni hidi tutab, tartibsiz holatda edi. Qisqasi ularga akfa eshiklarni olib tashlab, bekatning old qismini ochishini, ichkaridagi mebellar o‘rniga taxta stullarni qo‘yishini, devorga ilingan televizorini olib tashlashini aytdim. Qarorni o‘sha yerda o‘qib berganimda sirtdan hal qiluv qarori to‘g‘riligiga ishonch hosil qildi. Shundan keyin uning arizasi rad etilib, qaror ijrosi ta’minlanishi belgilandi”, — deydi Erkinjon Sobirov.

    Avliyoxon Jumayev

    Avliyoxon Jumayev
    Foto: “Daryo”

    Do‘kon egasi Avliyoxon Jumayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, do‘konini 26 yil avval sotib olib, qonuniy hujjatlashtirilgan.

    “Bekatning ortida 10 ga yaqin do‘kon bor. Bizning do‘kon ularni to‘sib qolgan. Qo‘shni do‘kon egasi ancha boy odam, bizni yo‘qotish maqsadida ustimizdan yozaverib charchamadi. Bundan uch-to‘rt yilcha avval noqonuniy qurib olgan deb qandaydir tanishlari orqali do‘konni buzdirib ham yuborgandi. O‘shanda bu bekatning faqatgina tomi qolgandi. Keyin esa tomini ham buzdirish payiga tushishdi. Tuman prokuraturasiga borib barcha hujjatlarni ko‘rsatdim. Shundan so‘ng do‘konni yana qayta qurib olishimga ruxsat berishdi. Binoni o‘zlari aytgandek qurdim. Lekin bekatning bu qismini ham akfa eshik bilan berkitib qo‘yganim uchun yana janjallar boshlandi.

    Rosti, bu yerning bir burchagini Paynet uchun bergandim. Endi esa MIB kelib hammasini buzasan deb turibdi. Hokimni muovini kelib,‘Oynalarga yopishtirilgan reklama bannerlarini olib tashlang, ichkariga esa qattiq stollar qo‘yib qo‘ying’ dedi. Hammasini qildik. O‘sha voqea yuz bergan kuni MIB xodimi kelib, otangni qamataman degan ekan, o‘g‘limni jahli chiqib pichoq bilan uni quvlagan. Bor gap shu”, — deydi Avliyoxon Jumayev.

    Jumayevning o‘g‘li Saidmaqsudxonning aytishicha, binoning bekat qismini toza tutish uchun alyumin eshiklar qo‘yilgan. Bunga hokimning birinchi o‘rinbosari ruxsat bergan.

    “Necha yillardan buyon do‘kondan foydalanib kelayotgan bo‘lsak, yonidagi kutish qismida har xil mast-alast odamlar kelib o‘tirib olganini, bu yerda ichkilik ichishlarini har kuni guvohi bo‘lardik. Ertasiga ertalab ayolim bilan kelib ularning qoldiqlarini tozalash jonimizga ham tegdi. Oxiri bu yerni akfa eshigi bilan berkitishni, kunduzi eshiklarni ochib qo‘yib, kechasi uyga qaytayotganda berkitib qo‘yishni o‘ylab qoldik. Mana, ko‘rib turganingizdek bekatning bu qismi hozir aynan shunday. Biz bu yerdan foyda olmaymiz. Buni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ham kelib ko‘rib ketgan. O‘zi ruxsat bergan”, — deydi u.

    Saidmaqsudxon Jumayev

    Saidmaqsudxon Jumayev
    Foto: “Daryo”

    Saidmaqsudxon Jumayevning ta’kidlashicha, MIB xodimlaridan biri otasi nomiga haqoratomuz so‘zlar aytgani uchun janjal boshlangan.

    “O‘sha kuni MIB xodimlari, mahalliy hokimiyat vakillari, kadastr hamda uchastka noziri kelib, shu do‘konni buzishimni va avtobekatni o‘z holiga keltirib qo‘yishimni aytishdi. Hech qanday qarshiliklarsiz ishga tushdim. Jarayonlarni ko‘rgach, ular ketdi. Bir muddat o‘tgach, ikki nafar MIB xodimi keldi. Ular o‘zini tanishtirmadi. Yonimga kelib, bu yer o‘zi to‘liq buzilishi kerakligini aytib, nega mendan bu reklama banerlarni olayotganimni so‘rashdi. Ularga javoban ertalab hamma vakolatli organ vakillari kelganini, menga shunday topshiriq berganini, do‘kondagi reklamalarni olib tashlab, yumshoq o‘rindiqlar o‘rniga qattiq stullar qo‘yishimni aytishganini tushuntirdim. U esa birdaniga “Bularga jarima solish kerak, jinoiy ish qo‘zg‘ash kerak” deb otam haqida nomaqbul so‘zlarni gapirdi. Shundan keyin o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Sakson yoshdan oshgan otam haqida yomon gapirganiga chidab turolmadim. Shu yoshimda yana otamga gap olib beramanmi, degan xayol o‘rnashib qoldi miyamga. Shundan keyin tortishib ketdik. Qo‘limdagi xo‘jalik pichog‘i bilan uni quvladim. To‘g‘risi, o‘zimni qo‘lga ololmay qoldim o‘sha payt”, — deya Saidmaqsudxon holatga izoh berdi.

    “Daryo” muxbiri voqea yuzasidan do‘kon egalari aytayotgan gaplar qanchalik haqiqatga to‘g‘ri kelishi haqida ma’lumot olish uchun MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Oyistaxon Abdurahmonova bilan bog‘landi.

    “Voqea yuz bergandan so‘ng ijrochi kelib, bo‘lim boshlig‘iga holat bo‘yicha hech narsa aytmagan. Biroq javobgar tomon tuman prokuraturasiga holat bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan. Murojaat asosida prokuratura xodimlari ijrochini chaqirtirib, holatni o‘rganishgan. O‘shanda ijrochi bo‘lgan voqeani batafsil aytib bergan”, — dedi MIB matbuot xizmati.

    Oyistaxon Abdurahmonovaning qo‘shimcha qilishicha, tuman prokuraturasi ko‘rib chiqilayotgan ish tergov jarayonidaligi sababli MIB xodimlariga jurnalistlar savollariga javob berishini taqiqlagan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatib boradi.

    21.01.2022, 20:40   Izoh (0)   21960
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bozorimizga katta miqdorda qalbaki valyuta kirib kelgan”. Mamarizo Nurmurodov tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlari ko‘rsatishga ruxsat berilmasligi saba...

    21.01.2022, 20:09

    Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov atrofidagi manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan tekshiruv boshlandi

    21.01.2022, 20:00

    Avval sotuvchini pichoqlagan, so‘ng “chaqimchi” tanishini bolg‘a bilan urib o‘ldirgan — Xorazmda yuz bergan mudhish qotillik haqida

    21.01.2022, 19:57

    O‘zbekistonga 2021-yilda pul o‘tkazmalari orqali qancha valyuta yuborilgani ma’lum bo‘ldi

    21.01.2022, 19:29

    Toshkentga 20-yanvar kuni uchib kelgan 3480 yo‘lovchidan 66 nafarida koronavirus aniqlandi

    21.01.2022, 19:22

    Andijonda uyiga kelib janjallashgan qaynopasini pichoqlab, o‘ldirgan yigitga sud hukmi o‘qildi

    21.01.2022, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.