Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Aleksandr Lukashenkoning qarori bilan Belarus konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum 2022-yilning 27-fevral kuni o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Anadolu

Foto: Anadolu

Ovoz berishga mo‘ljallangan byulletenda birgina savol bo‘ladi: “Belarus konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini qabul qilasizmi?”. Referendumni o‘tkazish bo‘yicha qaror u rasman e’lon qilinganidan 10 kun o‘tib, kuchga kiradi.

Referendum doirasida konstitutsiyaga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar Lukashenkoning qarorida keltirilgan. Xususan, Belarus hukumati konstitutsiyaga bir kishi Belarus prezidenti lavozimiga ikki muddatdan ortiq saylanmasligi to‘g‘risidagi o‘zgartirishni kiritishni taklif qilmoqda (hozircha bu borada cheklov yo‘q).

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bir-ikki kundan keyin yangi konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilishini aytgandi. Lukashenkoning aytishicha, konstitutsiya o‘zgartiriladigan bo‘lsa, mamlakatdagi boshqaruv tizimi unga muvofiq qayta quriladi.

Belarusda 2020-yil 9-avgustda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin boshlangan norozilik namoyishlari fonida Lukashenko konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish zarurati va prezidentlik vakolatlarining bir qismini hokimiyatning boshqa tarmoqlari foydasiga qayta taqsimlashga tayyorligini ma’lum qilgan. Belarusda asosiy qonunning yangi tahriri bo‘yicha referendum 2022-yil fevral oyida bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda