Daryo

UzAuto Motors Chevrolet Lacetti va Spark ishlab chiqarishni tikladi

Kompaniya bu avtomobil yetkazib berish muddatini qisqartirish imkonini berishini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish96 917 ko‘rishlar0 izoh0

UzAuto Motors barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tikladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors avgust oyida atigi 2 dona Gentra va birorta ham Spark ishlab chiqarmagandi. Kompaniya buni yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi va ishlab chiqarish bosqichma-bosqich transformatsiya qilingani bilan izohlab, shu doirada yagona platformadagi avtomobillarni ishlab chiqarishga o‘tish rejalashtirilganini ma’lum qilgandi. Birinchi bosqichda bu Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobillari bo‘ladi.

“UzAuto Motors keng ko‘lamli modernizatsiya ishlaridan so‘ng o‘z ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda. Kompaniyaning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o‘rtacha 800 dan ortiq avtomobilga yetdi.

Majburiy tanaffusdan so‘ng ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, sizga avtomobilni yetkazib berish muddatini qisqartirish imkonini beradi”, — deyiladi UzAuto Motors xabarida.

Avvalroq MIB UzAuto Motors’dan davlat foydasiga 257 million so‘m boj undirgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar