• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Chekni odamlarning o‘zlari so‘rashi kerak, chek bermaganlarga keskin choralar ko‘riladi” – Kudbiyev savdo majmualarida chek berilishi va keshbek haqida

    O‘zbekistonliklar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali 7 milliard so‘mdan ortiq keshbek yig‘di. Bu haqda DSQ raisi Sherzod Kudbiyev 17-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan soliq ma’muriyatchiligidagi yangiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

    “Daryo” muxbiri Og‘abek Samisovning sotuvchilarning terminaldan yechmasdan, plastik kartochkaga to‘lov tizimlari orqali o‘tkazib berishni so‘rashi muammosi bo‘yicha qanday ishlar qilinayotgani haqidagi savolga Sherzod Kudbiyev shunday javob berdi:

    “Siz yaramizni ochib, tuz sepib, yana yopib qo‘ydingiz. Eng katta qilgan ishimiz shu bo‘ldiki, prezident farmoni bilan onlayn kassa mashinalarini ishlatish bo‘yicha qator talablar kuchaytirildi. Eng katta talablardan biri onlayn kassa mashinasidan ikkita chek – alohida kassaning cheki, alohida terminal chekini berish to‘xtatilsin, bitta chek berilsin, deyildi”.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada amalga oshirilgan ishlardan yana biri xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali keshbek yig‘ish bo‘ldi.

    “Men o‘zim ham anchagina keshbek yig‘ib qo‘ydim. Bugungi kunda aholining jami keshbek summasi 7 milliarddan oshdi. Istalgan xaridingizdan bir foiz olasiz. Kurashish yo‘li faqat qamchi bilan bo‘lmaydi. Endi odamlar o‘zi kurashishi kerak. Siz, men va boshqalar. Agar hamma keshbek so‘rab, bir foizdan yig‘sa, toma-toma ko‘l bo‘ladi. Biz endi 7 milliard so‘m pulni xalqimizga qaytarib berishimiz kerak. Lekin shu keshbek uchun ham tanqid bo‘ldi. Tanqid juda to‘g‘ri narsa, tanqid faol fuqarolik xizmati bo‘lgani uchun bo‘ladi”, – deya qo‘shimcha qiladi u.

    Sherzod Kudbiyev fuqarolarga do‘konlarda chek berilmasa, fuqaro o‘sha do‘konning QR kodini skaner qilib turib “Soliq hamkor” tizimiga kiritishi kerakligini ham aytib o‘tdi.

    “Agar QR kod qo‘yilmagan bo‘lsa ham do‘konni suratga olib, chek berilmaganini aytib, ariza berilsa, biz arizani ko‘rib chiqamiz va buning natijasida do‘konga 5 milliondan 20 milliongacha jarima qo‘llaymiz. Agar jarima bir oy ichida to‘lansa, 50 foizi to‘lanadi. Qancha jarima undirilsa, 20 foizi ariza bergan insonga beriladi”, – deydi u.

    DSQ raisi o‘zi bilan bog‘liq bir holatni eslab o‘tdi.

    “Men o‘zim bir do‘kondan chek oldim. Uyga kelib, chekni kiritaman desam, o‘sha chek o‘tmayapti. Keyin darrov Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti rahbari Hayot Nasrulloyevga qo‘ng‘iroq qildim. U menga chekim ro‘yxatga olinganini aytdi. Keyin buning tagiga yetdik – chekni olgan vaqtda sotuvchi ikkita chek chiqargan va o‘ziga keshbekni olgan. Agar kimdadir shunday holat bo‘lsa bizga murojaat qilinsa biz buni to‘g‘rilaymiz”, – dedi u.

    Hayot Nasrulloyevning qo‘shimcha qilishicha, “agarda kimdir chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, kim ro‘yxatdan qachon o‘tkazganligi va uning telefon raqami chiqadi”.

    “Siz shu inson bilan ham qo‘ng‘iroqlashishingiz mumkin. Haqiqiy chek qo‘lingizda bo‘lsa va shundan keyin soliq idorasiga murojaat qilsangiz, buni ko‘rib chiqamiz”, – deya qo‘shimcha qiladi u.

    “Bu sohada ham ishlarni davom ettiramiz. Chek bermaganlarga keskin choralar ko‘riladi. Chekni odamlarning o‘zlari so‘rashi kerak. Qamchi yo‘li bilan yoki soliq nazorati tadbirlari bilan buni to‘g‘rilash qiyin bo‘lyapti. Chekning puli nega birdaniga tushmayapti? Masalan, siz do‘kondan ruchka sotib oldingiz. Lekin keyinroq siz bu ruchkani qaytarib berish ham huquqingiz bor. Hisobot davri tugamaguncha yoki bu chekni o‘zgartirish bo‘lmaguncha vaqt o‘tadi. Bitta hisobot davri tugagandan keyin kelasi hisobot davrining 20-sanasigacha cheklarning pullarini yuklab olish imkoniyati bo‘ladi”, – deya so‘zini yakunladi Sherzod Kudbiyev.

    Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev 24-may kuni bo‘lib o‘tgan “Toshkent 5 tashabbus harakati” festivali doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda sotuvchilarning terminaldan yechmasdan, plastik kartochkaga to‘lov tizimlari orqali o‘tkazib berishni so‘rashini katta muammo deb atagan va unga qarshi kurashish kerakligini ta’kidlagandi.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning oktabr oyida prezidentning nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qarori qabul qilingandi. Hujjat bilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirgan hamda ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining QR kod yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi.

    17.01.2022, 18:38   Izoh (1)   31149
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 5022220772@telegram.org / 12.01.2023, 21:15

      Qashqadaryo viloyati avtobuslarda kartadan yoki ilova orqali tulash ishlamayabdi goy vaqt uradi pul gohi yuq ishlamay qoladi avtobuslarda online tulov yoki kartadan tulovni kurib chiqishlaringni surab qolaman

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangilangan 1hls. Platforma atrofida nima gaplar? Qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?

    17.01.2022, 18:25

    Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasi, “Poytaxt” biznes markazi va “Beldirsoy” oromgohi sotildi

    17.01.2022, 18:02

    “Soliq yukining oshirilishi narxning ko‘tarilishiga ta’sir qilmaydi” — Sherzod Kudbiyev

    17.01.2022, 17:19

    O‘zbekistonga xorijiy sayyohlarni olib keladigan charter reyslarga to‘lanadigan subsidiya miqdori kamaytirildi

    17.01.2022, 16:55

    Toshkentda otasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘il 2 yil-u 6 oyga qamaldi

    17.01.2022, 16:29

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

    17.01.2022, 16:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.