• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangilangan 1hls. Platforma atrofida nima gaplar? Qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?

    Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini yanada kengroq targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish maqsadida 1hls mobil ilovasi amaliyotga tatbiq etilgan. Uning asosiy maqsad va vazifalari nimadan iborat, qanday foydalari bor yoki bugunga qadar u bilan bog‘liq nima muammolar yuzaga keldi? “Daryo” bu haqda so‘z yuritadi.

    Foto: “Daryo”

    2020-yil 30-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

    Unga muvofiq, aholi orasida kunlik yurish va yugurishni ommalashtirish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” — www.1hls.uz platformasi yaratilishi va 2021-yilning 1-mart sanasidan boshlab ishga tushirilishi belgilangan. Biroq platforma 2021-yilning iyun oyida test rejimida amaliyotga tatbiq etilgan.

    Mobil dastur “1hls.uz” sayti orqali iOS va Android’lar uchun yuklab olinib, OneID akkaunti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Foydalanuvchi dasturning kerakli qismlariga o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (bo‘yi, og‘irligi, yashash joyi) kiritishi va dasturga yurilgan qadamlarni kuzatish imkoniyatini berishi kerak.

    Platformada har bir foydalanuvchining shaxsiy elektron hamyoni bo‘ladi. O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga 3 ming so‘mdan berib borilishi ko‘zda tutilgan.

    Har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga esa 1 million so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkazilishi belgilangan.

    Pul qayerdan ajratiladi?Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi alkogol va sigaret sotuvchilaridan olinadigan maxsus yig‘im hisobidan moliyalashtiriladi. 1-iyundan boshlab, to‘lovlar “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi hisobiga tegishli budjet tasniflash kodlari asosida ochilgan shaxsiy g‘azna daromadlari hisobvarag‘i orqali to‘planishi aytilgan. Yig‘imlar alkogol (pivo, aroq) hamda tamaki mahsulotlarining sotilgan hajmidan kelib chiqib, quyidagicha miqdorda undiriladi:

    Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

    Yig‘imlar “Sog‘lom turmush tarzi” platformasining hisobraqamiga har oyning 10-sanasiga qadar o‘tkaziladi.

    Foydasi va muammolari haqida

    Ilova yaratilishidan asosiy maqsad — fuqarolarning ommaviy sport turlari va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishi, zararli odatlardan voz kechishi, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishiga yordam berishdan iborat. Bundan tashqari, uni yaratishda tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan, shuningdek, xamirli mahsulotlarni, shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish oqibatida to‘planayotgan energiya kaloriyasi va ularni sarflashga qaratilgan jismoniy harakatlarni odatiy kundalik me’yorlarga aylantirish hamda sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilgan.

    Bu maqsadlarga qisman bo‘lsa-da erishildi. O‘z sog‘lig‘i uchun qadam bosib, moddiy rag‘batlantirishga ega bo‘lish, albatta, ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolmadi.

    Atigi bir bekat nariga mashina to‘xtatadigan dangasalar uchun ham 10 ming qadam va 3 ming so‘m pul, qandaydir ma’noda, motivatsiya bo‘ldi va ular manziliga hatto uzoqroq yo‘ldan piyoda boradigan bo‘ldi.

    Bir kunlik (10 ming qadam uchun) tushiriladigan pul kamday tuyulsa-da, oylik rejani ortig‘i bilan bajarib, mo‘maygina daromad ishlab olganlar ham bo‘ldi. Va bu pulga oson yo‘l bilan erishmoqchi bo‘lganlar ham yetarlicha topildi.

    Biroq ish bor joyda kamchilik ham bo‘ladi, deganlaridek, loyiha yo‘lga qo‘yilganidan beri ko‘zga tashlanadigan va sezilmas muammolar yuzaga keldi. Ularning ba’zilariga yechim topilgan, ba’zilari esa hamon muammoligicha qolmoqda.

    Masalan, yuqorida ushbu dastur 1hls.uz sayti orqali yuklab olinishi mumkinligi aytilgan. Ammo sayt ma’lum muddat ishlamadi. Platforma va uning foydalanuvchilari erishgan natijalar haqida yangiliklar saytlari 1hls.uz saytiga tayangan.

    Tabiiyki, u ishlamagach, ma’lumotlar rostligi bo‘yicha o‘quvchilarda shubha paydo bo‘ladi. Bu esa nafaqat ilovaga, balki 1hls.uz’ni manba sifatida ko‘rsatgan bir qancha yangiliklar sayti o‘quvchilarida ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.

    Qolaversa, uni App Store yoki PlayMarket’dan emas, sayt orqali yuklab olmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar hafsalasini pir qilishi mumkin. Bu bevosita uning foydalanuvchilari soniga sezilarli ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.

     

    Foto: “Daryo” 

    Foto: “Daryo” 
    1hls saytining 2022 yil 11 yanvar soat 18:50 holatiga ko'ra skrinshot
    Mobil dastur 2021 yil 26 may kuni chiqarilgan. Android versiyasi bugunga qadar 1 milliondan ortiq marta yuklab olingan. Dastur reytingi 5 yulduzdan 4 ta to‘plagan. iOS versiyasi esa 5 yulduzdan 2 ta yulduz to‘plagan.Android foydalanuvchilari ilova ostida yetarlicha negativ fikrlar, shikoyatlar qoldirgan. 7 yanvar kuni bir foydalanuvchi ilovaning 1 oydan beri pul bermayotgani, har 5-6 kunda ilovadan chiqilmagan bo‘lsa-da, boshqatdan ro‘yxatdan o‘tishga to‘g‘ri kelishi va o‘z-o‘zidan o‘chib qolishidan shikoyat qilib, unga hatto 1 yulduzchalik baho ham ko‘pligini aytgan. Ba’zilar esa duch kelgan muammolariga yechim topish maqsadida ilovada ko‘rsatilgan raqamlarga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilib ham ulana olmaganini yozadi.Turizm va sport vazirligi sport yo‘nalishidagi saytida 2021-yil 14-sentabrdan boshlab mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergan.U xabar qisqa muddat ichida saytdan o‘chirilgan. Keyin esa, o‘sha vazirlikning axborot xizmati xodimi mazkur xabarni noto‘g‘ri yetkazganini aytib, uzr so‘ragan holda, platforma yana odatiy tarzda ishlashni davom etayotganini ma’lum qilgan.Xabarda ilovadagi xatoliklar rostdan ham mavjud bo‘lishiga qaramay, uni rasmiy e’lon qilgan xodimga tegishli ogohlantirish berilgani aytilgan.

    2021-yil 5-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va Workout sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan.

    Unga ko‘ra, Moliya vazirligi “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarni 2022-yil uchun davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini, hamda 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ularni to‘liq hajmda to‘lab berilishini ta’minlanishi belgilangan. Biroq ushbu qarorning ijrosi to‘liq bajarilmaganini “Daryo.uz” internet nashri o‘quvchilari tomonidan uning Telegram-botiga kelgan fikrlar orqali ham bilish mumkin.

     

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    “Daryo” botiga o‘quvchilardan kelgan fikrlar

    App Store’da mobil dasturning reytingi hozircha ikkita yulduz to‘plagan. iOS mobil qurilma egalari elektron hamyonga yig‘ilgan pullarni plastik kartalariga ulashda muammolar yuzaga kelgan va ushbu muammo haligacha yechimga ega emas. Bu haqda foydalanuvchilar App Store’da mobil ilova ostidagi izohlarida ham aytib o‘tadi:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Skrinshot

     

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Skrinshot

    Bundan tashqari, ushbu dastur qadamlarni hisoblashida ham xatoliklar kuzatilgan. Masalan, Android foydalanuvchilari bu ilovadan foydalanishi uchun GoogleFit, iOS foydalanuvchilari esa Health ilovasini ham yuklab olishi zarur.

    U bo‘lmasa, bosilgan qadamlar hisoblanmasligi ma’lum. Biroq bu ikki ilovadagi yurilgan qadamlar soni bir-biridan sezilarli farq qilgan.

    “Daryo” o‘quvchilari fikr-mulohaza, shikoyat va takliflarini yozib qoldiradigan “Daryo” Telegram-botiga, 1hls ilovasi yana pul berishni boshlagani haqida xabar keldi:

     

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    12-yanvar kun “Daryo” Telegram-botiga kelgan xabardan skrinshot

    Foydalanuvchilar buni mamnuniyat bilan bildirishidan hech qancha o‘tmay, Sport va turizm vazirligi “Sog‘lom turmush tarzi” (www.1hls.uz) platformasida 2022-yil 16-yanvardan boshlab 3 ming so‘m pul mablag‘ berish tizimi to‘xtatilganini ma’lum qildi.

    Xabarda qayd etilishicha, endi O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi aholini yanada ko‘proq rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi.

    Bunda har hafta yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar o‘rtasida 1 kishiga 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti yoki 1 000 kishiga velosiped sovrini va’da qilingan. G‘oliblar tasodifiy tanlash yo‘li orqali aniqlanadi.

    Bu o‘zgarishlar mutaxassislar va jamoatchilik takliflariga asosan, aholini yanada ko‘proq kunlik yurish va yugurishga jalb qilish uchun, 3 ming so‘m o‘rniga kattaroq sovrinlar qo‘yish maqsad qilingan. Bu esa kimlarningdir odatdagidan yanada ko‘proq yurishiga sabab bo‘lsa, boshqalarning hafsalasini pir qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    “Daryo” Telegram-botiga 16-yanvar kuni kelgan xabardan skrinshot

    Yuqorida yaxshi natijalardan umid qilgan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi atrofida bugunga qadar paydo bo‘lgan muammo va uning foydali taraflari haqida so‘z yuritildi. Ilova aniq maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ydimi, muammosiz, qulay, bir maromda ishlashini ta’minlash ham muhim.

    Uning haligacha hal etilmagan kamchiliklariga tegishli soha vakillari va mutasaddilarning e’tiboridan, foydali tashabbusidan umid qilgan holda, xulosa o‘zingizdan, deymiz.

    17.01.2022, 18:25   Izoh (0)   97188
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasi, “Poytaxt” biznes markazi va “Beldirsoy” oromgohi sotildi

    17.01.2022, 18:02

    “Soliq yukining oshirilishi narxning ko‘tarilishiga ta’sir qilmaydi” — Sherzod Kudbiyev

    17.01.2022, 17:19

    O‘zbekistonga xorijiy sayyohlarni olib keladigan charter reyslarga to‘lanadigan subsidiya miqdori kamaytirildi

    17.01.2022, 16:55

    Toshkentda otasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘il 2 yil-u 6 oyga qamaldi

    17.01.2022, 16:29

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

    17.01.2022, 16:19

    O‘zbekistonga 310 ming dozadan ortiq Pfizer vaksinasi olib kelindi

    17.01.2022, 15:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.