Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev 24-may, dushanba kuni “Toshkent 5 tashabbus harakati” festivali doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda Olmaliq shahrida ko‘chada savdo qilgan ayollarga kuch ishlatgani ortidan ishdan olingan soliqchilar masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Olmaliqdagi yuz bergan voqea to‘g‘ri holatmidi? Mutlaqo noto‘g‘ri holat bo‘lgan. O‘sha voqea sabab 11 nafar soliq xodimi ishdan ketdi. Chunki ularning chora ko‘rish uslubi noto‘g‘ri edi. Lekin ular, birinchidan, topshiriqni bajarishgan. Ikkinchidan, o‘shandek yoyma holatida savdo qilish barcha talablarga zid. Men nimaga ularni ishdan olib tashladim? Chunki ularning ayollar bilan bunday muomalada bo‘lishi mumkin emas. Boshqa tomondan soliqchi kuch ishlatishga haqi yo‘q. Soliq organi faqat ma’muriy chora ko‘rishi mumkin, xolos.

Men tuman hokimi sifatida ham ishlaganman. Siz muddati o‘tgan, andisha qilinadigan narsalar sotilishini muammo deyapsiz, lekin undan kattaroq muammolar bor. Bu chek bermaslik, plastikka savdo qilishda 15-20 foizga narx qimmat bo‘ladi, deb aytishi yoki plastikdan olishga rozi bo‘lganda terminaldan yechmasdan, plastik kartochkaga to‘lov tizimlari orqali o‘tkazib berishni so‘rashadi. Ikkita jismoniy shaxs o‘rtasidagi o‘tkazma savdo bo‘lmaydi-da, solig‘ini to‘lamaydi. Mana shular aslida katta muammo. Shunga qarshi kurashishmiz kerak”, — dedi DSQ raisi.

Ma’lumot uchun, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Olmaliqda sotuvchilarning buyumlarini tortib olgan soliq xizmatchilari aks etgan video yuzasidan murojaat qilib, xalqdan bu voqea uchun uzr so‘ragandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi