Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qozog‘iston hukumatining matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Kazinform”

Foto: “Kazinform”

Ma’lum qilinishicha, Abdulla Aripov Alixon Smailovni Qozog‘iston bosh vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabriklagan. Tomonlar strategik sheriklikni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama shakllarda yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirgan.

“Qozog‘iston hukumati qardosh O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirish yo‘liga qat’iy sodiqdir. Biz avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi ahdimiz qat’iy. Ishonchim komilki, ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi rejalar birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan amalga oshiriladi”, — deydi Smailov.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo sheriklaridan hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi butun mintaqaviy savdoning 70 foizi ushbu ikki mamlakat hisobiga to‘g‘ri keladi. Ikki tomonlama savdo hajmi 2021-yilning 10 oyida 3,26 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 30 foizga ko‘p demak. 2021-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo sheriklarining beshligiga kirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 11-yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev parlamentdagi chiqishi chog‘ida Alixon Smailovni bosh vazir etib tayinlashni taklif qildi. Uning nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Smailov 5-yanvardan beri hukumat rahbari vazifasini bajarib kelayotgan edi, bungacha esa u bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Alixan Smailov Asxanovich 1972-yil 18-dekabrda Olmaotada tug‘ilgan. Siyosatchi 1994-yilda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston davlat milliy universitetining amaliy matematika mutaxassisligini tamomlagan. 1996-yilda esa Qozog‘iston Respublikasi prezidenti huzuridagi Qozog‘iston menejment, iqtisodiyot va prognozlash institutida davlat boshqaruvi magistri darajasini olgan.

Avval Smailov Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – Qozog‘iston moliya vaziri lavozimida ishlagan, 5-yanvardan Qozog‘iston bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi