Buyuk Britaniyaning Kyu shahridagi Qirollik botanika bog‘i olimlari yangi topilgan daraxt turiga aktyor Leonardo Di Kaprio nomini berdi, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

Daraxt Uvariopsis dicaprio rasmiy nomini oldi, u faqat Kamerunda, bioxilma-xilligi bilan mashhur o‘rmonda o‘sadi.

U to‘g‘ridan to‘g‘ri tanasida o‘sadigan yorqin sariq gullarga ega bo‘lgan kichik tropik yashil daraxt. O‘simlik 2022-yilda Kyu bog‘i olimlari tomonidan PeerJ ilmiy jurnalida nashr etilishi sababli nomlandi. Qayd etilishicha, Uvariopsis dicaprio yo‘qolib ketish xavfi ostida.

Foto: Esquire

Olimlarning ma’lum qilishicha, ular daraxtga Gollivud aktyoriga hurmat yuzasidan uning nomini qo‘yishgan, chunki Di Kaprio Ebo o‘rmonlarini kesishni to‘xtatishga yordam bergan. Bu Markaziy Afrikadagi eng yirik o‘rmonlardan biri bo‘lib, u yera ko‘plab noyob flora va fauna, jumladan, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan gorillalar, shimpanzelar va o‘rmon fillari yashaydi.

“Biz Di Kaprio Ebo o‘rmonlarining kesilishini to‘xtatishda hal qiluvchi rol o‘ynaganiga ishonamiz”, – deydi olim Martin Chik.

Avvalroq xalqaro ekspertlar hukumatga maktub yo‘llab, Eboni kesish bo‘yicha rejalarni to‘xtatishni so‘rashgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini batafsil bayon qilgan edi. Di Kaprio vaziyatni ijtimoiy tarmoqqa joylash orqali kompaniyaga yordam berdi. Keyinchalik hukumat o‘rmonlarni kesish rejalarini bekor qildi, garchi Ebo hali rasmiy milliy bog‘ maqomini olmagan bo‘lsa ham.