• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbek milliy liboslarida o‘zimni malikadek his etaman”. Keniyada tug‘ilgan, Buxoroda katta bo‘lgan va Toshkentda yashayotgan model hikoyasi

    Prinsessa Rahmatova Keniyada tug‘ilgan, Buxoroda katta bo‘lgan va hozir Toshkentda faoliyat olib bormoqda. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev ajabtovur taqdirga ega, bugungi kunda o‘zbek shou-biznesida o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yosh model va aktrisa bilan suhbatlashdi.

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    “Buxorodagi maktabda eng yomon o‘qiydigan qiz edim”

    2002-yili Keniyada dunyoga kelganman. Oyim Gulandom Rahmatova buxorolik, tarjimon va diplomat. Dadam Ibrohim Rurumesh bilan AQShda tanishib, bir-birini yoqtirib qolishgan. Bu nikohdan akam Profsor va men tug‘ilganman. Akam 23 yoshda, professional bokschi. Osiyo va jahon chempionatlarida qatnashgan, g‘olib va sovrindor bo‘lgan. Hozir murabbiylik bilan shug‘ullanadi, lekin ringga chiqish va bellashuvlar o‘tkazishni ham tark etgani yo‘q.

    Foto: Prinsessa oyisi Gulandom Rahmatova va akasi Profsor Rurumesh bilan. Prinsessa Rahmatova arxividan

    Foto: Prinsessa oyisi Gulandom Rahmatova va akasi Profsor Rurumesh bilan. Prinsessa Rahmatova arxividan

    Dadam bundan ikki yil avval muvaffaqiyatsiz operatsiya tufayli vafot etdi. Keniyada yana o‘gay opam va akam, xolalarim ham qolgan. Shu yil ularni ko‘rgani borib kelmoqchiman.

    Buxorodagi maktabda eng yomon o‘qiydigan qiz edim, chunki tilni yaxshi bilmasdim. Maktabni tugatib, turizm kollejiga o‘qishga kirdim. Oshpazlik kasbini egallaganman. Maqtanish bo‘lmasin, lekin o‘zbek, arab va Yevropa taomlarini yaxshigina tayyorlash qo‘limdan keladi.

    “Modellik kasbini yoqtirmaydiganlar ko‘p”

    Buxoroda yashayotgan paytimiz model sifatida o‘zimni sinab ko‘rishni taklif qilishganida dastlab cho‘chigan edim. Oyim qo‘llab-quvvatladilar va yordam berdilar. Shundan so‘ng model sifatidagi faoliyatimni boshladim va xato qilmadim deb o‘ylayman.

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    Bu ishning murakkab tomonlari bisyor: doim bekami-ko‘st ko‘rinishda bo‘lishing kerak, joziba muhim, o‘ziga bo‘lgan ishonch esa undan ham. Afsuski, kasbimizni yoqtirmaydigan, uni mahalliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaydiganlar ham ko‘p.

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    Modellik ortidan juda katta pul ishlab topsa bo‘ladi deydiganlar adashadi. Oilam bilan Toshkentga ko‘chib keldik, ijarada turamiz, ba’zan ish bo‘lib-bo‘lmasdi. Shu sabab restoranga ishga kirdim, menejerlik bilan shug‘ullandim. Lekin bu uzoqqa cho‘zilmadi: ham tasvirga olishlar, ham ish, sillam qurib qoldi. Shunday paytlar boshqa sohani tanlash haqida ham jiddiy o‘ylab ko‘rgandim.

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    Xudoga shukr, keyinchalik hammasi izga tushib ketdi. Hozir Prinsessa Rahmatova degan model borligini bilishadi. Ko‘p dizaynerlar va brendlar bilan ishlayapman. Nafaqat O‘zbekiston, balki xorijdan ham takliflar tushyapti. Yaqinda Tojikistonda o‘tkazilgan modalar namoyishida bo‘lib qaytdim, erta-indin Turkiyaga yo‘l olaman. Qolaversa, boshlovchi modellarga ustozlik ham qilyapman.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    O‘zbek milliy liboslarini juda yoqtiraman va tez-tez ularda turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘laman. Asli hashamatli va yaltiroq narsalarga unchalik xushim bo‘lmasa ham, bu liboslarda o‘zimni xuddi malikadek his etaman. Bejiz ismim ham o‘zbekchaga o‘girganda Malika emasmi axir! Ularni kiysam, yarashishini ham ko‘pchilik aytgan.

    “Filmlarda suratga tushishni boshladim”

    Rejissorlardan biri ko‘rib va kuzatib, “aktyorlik qobiliyating bor ekan, bu yo‘nalishda ham urinib ko‘rgin” deb taklif berdi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdim va suratga tushishni boshladim. Men ishtirok etgan The best shef loyihasi “Mening yurtim” telekanalida namoyish etilmoqda.

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    Ishtirokimdagi yana bir loyiha — “Hello, oyijon” filmi xorijlik hamkorlar bilan qo‘shma loyiha bo‘lib, hozir yakuniga yetish arafasida. Kino va televideniye borasida yana shunday takliflar bo‘lsa, bajonidil qabul qilaman, chunki bu yo‘nalish ham menga yaqin. Faoliyatini model sifatida boshlab, keyin mashhur aktrisaga aylanganlar ko‘p-ku, to‘g‘rimi?

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    Foto: Prinsessa Rahmatova arxividan

    “Bugun bilan yashashni afzal ko‘raman”

    Kelajak haqida uzoq o‘y surib o‘tirishdan ko‘ra, bugun bilan yashashni afzal ko‘raman. Yaratganning o‘zi to‘g‘ri va men uchun maqbul yo‘lga yo‘llaydi deya ishonaman.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    O‘zbeklardan ham, boshqa millat vakillaridan ham do‘stlarim ko‘p. Toshkentda keniyalik yigit-qizlar bilan uchrashib turamiz. Turli sohalarda ishlashadi. Sportchilar, o‘qituvchilar, hatto barmenlar ham bor.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ular bilan ko‘rishgan paytim tomirimda nafaqat o‘zbek, balki afrikalik qoni ham oqayotganini his etaman, peshonamga shunday ajabtovur taqdir bitilganiga shukr qilaman...

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Mavzuga doir: “Institutdagi yagona qora tanli talaba ekanligimdan sarosimaga tushgandim”. Namanganda tahsil olayotgan zambiyalik Milimo Mundia hikoyasi

    08.01.2022, 09:06   Izoh (0)   41578
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

    08.01.2022, 08:47

    Buxoroda 24,2 mln so‘mlik pul va texnikani o‘margan o‘g‘ri xizmat iti yordamida topildi

    08.01.2022, 08:26

    Rossiyada Nexia va tez yordam mashinasi to‘qnashishi oqibatida 2 o‘zbekistonlik vafot etdi

    08.01.2022, 08:05

    Muqaddas suvda yuvintirilgan ot, Tehrondagi raketalar namoyishi, yomg‘irli Qo‘qon. 7-yanvar suratlari

    07.01.2022, 23:58

    Chiptani onlayn tarzda olgan talabalarga chegirma berilmaydi — “O‘zbekiston temir yo‘llari”

    07.01.2022, 23:15

    Chilonzorda 8 ta avtomobil to‘qnashdi, Namanganda “Gazel” piyodaning umriga zomin bo‘ldi. YTHlar tafsilotlari

    07.01.2022, 22:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.