Hukumat qarori bilan Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Qarorga ko‘ra, quyidagi xizmatlar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari va davlat xizmatlari markazlari bilan bir qatorda onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (“my.gov.uz”) orqali amalga oshiriladi:
- O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan identifikatsiyalovchi ID kartasini olish uchun murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati;
- O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston fuqarolari tomonidan fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish.
Vakolatli organ so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirib, ular to‘g‘ri bo‘lgan taqdirda, murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboradi.
Fuqaro 3 ish kuni ichida belgilangan miqdorda davlat boji to‘laydi. To‘lov amalga oshirilib, ID kartani olish yuzasidan tegishli xabarnomani olgach, 3 ish kuni ichida tegishli hujjatlarni vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi. Vakolatli organ tomonidan talabnoma shakllantirilgandan so‘ng murojaat etuvchiga 1 ish kunida ID karta rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)