So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    “Qotillar bilan qanday qilib muzokara olib borish mumkin?” — To‘qayev “terrorchilarga” qarshi ogohlantirmasdan o‘q uzishni buyurdi

    07.01.2022, 14:30 69300

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 7-yanvar kuni respublika telekanallarida xalqqa murojaat yo‘lladi. Bu uning mamlakatda norozilik namoyishlari boshlanganidan keyingi uchinchi murojaati.

    Foto: Efirdan kadr

    Foto: Efirdan kadr

    To‘qayev armiya va huquq-tartibot idoralariga Qozog‘istondagi tartibsizliklarda ishtirok etayotgan “terrorchilar”ga qarata o‘t ochishni buyurganini aytdi.

    “Terrorchilar davlat va xususiy mulkka zarar yetkazish, fuqarolarga qarshi qurol ishlatishda davom etmoqda. Men huquq-tartibot idoralari va armiyaga nishonga ogohlantirishsiz o‘t ochish haqida buyruq berdim” — dedi To‘qayev efiridagi murojaatida.

    “Xorijliklar muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun muzokaralar o‘tkazishga chaqirmoqda. Qanday bema’nilik! Jinoyatchilar, qotillar bilan qanday qilib muzokaralar olib borish mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

    Qozog‘iston prezidentining aytishicha, politsiya va harbiylar “qurollangan va shug‘ullantirilgan bosqinchilar” bilan to‘qnashdi, ular orasida nafaqat mahalliy aholi, balki xorijliklar ham bor.

    “Ularni yo‘q qilish kerak va tez orada shunday qilinadi ham... Jangarilar qurollarini tashlamagan, ular jinoyat qilishda yoki unga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda. Ularga qarshi oxirigacha kurashish zarur. Taslim bo‘lmaganlar yo‘q qilinadi”, — deya va’da berdi To‘qayev. U “huquq-tartibot idoralari”ning maxsus kuchlar, maxsus vosita va texnikalar yetishmagan taqdirda ham, topshiriqni bajarishga tayyorligini ta’kidladi.

    Avvalroq To‘qayev Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartibning katta qismi tiklanganini e’lon qilgandi. U “jangarilar”ga qarshi kurash davom etayotganini aytgan.

    Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, maxsus operatsiyalar davomida xavfsizlik kuchlari 3 mingdan ortiq qonunbuzarni hibsga olgan, 26 nafar “qurolli jinoyatchi” o‘ldirilgan, yana 18 nafari yarador qilingan. Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklar, shuningdek, terrorchilik aktlarini sodir etish bo‘yicha tergov doirasida jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Mamlakat hududida terrorchilik xavfining “yuqori qizil” darajasi joriy etilgan.

    Qozog‘istonda 2-yanvar kuni gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan so‘ng ular politsiya bilan qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.

    IIV tartibsizliklar chog‘ida 18 nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘lgani, yana 748 nafar politsiya va Milliy gvardiya zobiti yaralangani haqida ma’lumot berdi.

    Mamlakatdagi keskinlik munosabati bilan To‘qayev KXShT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti)ga murojaat qilib, yordam so‘ragandi. Tashkilot cheklangan muddatga respublikaga tinchlikparvar kontingent yubordi.

     

    Qozog‘istondagi tartibsizliklardan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori, taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 91 million dollarni tashkil etmoqda, shundan 89,8 million dollari Olmaotaga to‘g‘ri keladi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy hukumati dezinformatsiya va senzuraga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda — AQSH davlat departamenti

    Bugun, 13:42

    O‘zbekistonda suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tartibi tasdiqlandi

    Bugun, 13:18

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov vyetnamlik raqibini qiyinchiliksiz yengib, chorak finalga yo‘l oldi

    Bugun, 12:42

    Senat ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzini to‘sib yurishni taqiqlovchi qonunni maʼqulladi

    Bugun, 12:40

    Xanchjou—2022. Muhsin Hisomiddinov Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 12:38

    O‘qituvchilarning 15 foizi “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun ovoz to‘plashga jalb qilingan — “Yuksalish”

    Bugun, 12:25

    Toshkentning qator tumanlari hududida oktabr boshida issiq suv ta’minoti bir necha kunga o‘chiriladi

    Bugun, 12:10

    Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati taqdim etildi

    Bugun, 11:52

    Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir ortidan ko‘chalarni suv bosdi. Shaharda favqulodda rejim e’lon qilindi (video)

    Bugun, 11:40

    O‘zbekistonda sakkiz oyda savdo sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    Bugun, 11:20

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo e’lon qilindi

    11:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.