Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yilda prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropaning qator davlatlariga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi prezidenti farmoni loyihasida belgilangan.

Foto: Prezidenti matbuot xizmati

Foto: Prezidenti matbuot xizmati

Oliy darajadagi tashriflar orqali Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbarining tashrifi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatorida Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Shveysariya, Chexiya, Polsha va Skandinaviya mamlakatlari bor.

Shuningdek, Yevropa davlatlari va hukumatlarining rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqi rahbariyatining O‘zbekistonga tashriflari ham ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, hujjat loyihasida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari moddiy-texnik bazasini oshirish, mamlakatning chet eldagi yangi diplomatik vakolatxonalarini ochish belgilangan. Xususan:

  • O‘zbekistonning Shvetsiyada elchixonasini ochish jarayoni tezlashtiriladi;
  • O‘zbekistonning Chexiyada diplomatik vakolatxonasini ochish masalasi ishlab chiqiladi;
  • O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlaridagi (Avstriya, Italiya, Polsha va Latviya) bir qator diplomatik vakolatxonalarining moddiy-texnik bazasini, shuningdek, xodimlar salohiyati qo‘shimcha shtat birliklari ajratish orqali mustahkamlanadi.
Avvalroq O‘zbekiston 2022-yilda to‘qqizta yangi bosh konsulxona ochishni rejalashtirayotgani, ularning beshtasi Rossiyada joylashishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi