Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston 2022-yilda to‘qqizta yangi bosh konsulxonalarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasida so‘z boradi. Ta’kidlanishicha, ularning beshtasi Rossiyaning turli shaharlarida joylashadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjat loyihasida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bunda:

  • Rossiyaning Samara, Astraxan, Tula, Kaliningrad va Nijniy Novgorod, Qozog‘istonning Chimkent, Chexiyaning Praga, Kanadaning Ottava, Janubiy Koreyaning Pusan shaharlarida O‘zbekistonning bosh konsulxonalari ta’sis etiladi;
  • O‘zbekistonning Rossiyadagi bosh konsulxonalari (Sankt-Peterburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk va Yekaterinburg), AQShning Nyu-York, Germaniyaning Frankfurt-Mayn va Turkiyaning Istanbul shaharlarida joylashgan bosh konsulxonalari xodimlari soni oshiriladi;
  • Rossiyaning Moskva shahridagi, Polshaning Varshava shahridagi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonalar shtat jadvallariga bittadan yangi konsul shtat birligini kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsulxonasi, 2020-yilda esa Xitoyning Guanchjou shahrida bosh konsulxonasi ochilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati