Daryo

Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda Belgiyaga rasmiy tashrif bilan boradi

Bu haqda O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi yig‘ilishida Abdulaziz Komilov ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish41 980 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda Belgiyaning Bryussel shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Bryussel shahrida 16-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, anjumanda O‘zbekiston—Yevropa munosabatlarining bugungi holati, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, shuningdek, bo‘lajak uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashilgan. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni tezroq yakunlash muhimligi qayd etilgan.

“Aytishim mumkinki, biz kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tayyorlashda yutuqlarga erishdik. Kelgusi yil prezidentimizning Bryusselga bo‘lajak tashrifi chog‘ida hujjatni imzolashni rejalashtirgan holda, bitim loyihasini yaqin vaqt ichida yakunlaymiz”, — degan Abdulaziz Komilov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2021-yil oxirida Bryusselga tashrif buyurib, har tomonlama sheriklik va hamkorlik bo‘yicha yangi shartnomalarni imzolashi aytilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar