• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda 143 mlrd so‘mga qurilgan tunnel devorlaridan yomg‘irdan so‘ng suv sizib chiqa boshladi (video)

    2021-yilning 31-dekabrida Samarqand shahridagi Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan tunnelning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Shahardagi tirbandliklarni qisqartirish maqsadida avtomobillar qatnovi uchun rasmiy foydalanishga topshirilgan tunnel 143 milliard so‘mga barpo etilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foydalanishga topshirilganligiga bir hafta bo‘lmagan ushbu tunnelda 2022-yil 3-yanvardan 4-yanvarga o‘tar kechasi yog‘gan yomg‘ir natijasida suv sizib chiqa boshlagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri tunneldan suv sizib chiqayotgan holatni o‘rgandi. O‘rganish jarayonida o‘zini tanishtirishni istamagan qurilish xodimi tunneldan sizib chiqayotgan suv mazkur obyekt atrofidagi ko‘kalamzorlashtirilgan bog‘ning yeridan o‘tgan bo‘lishi mukinligini bildirdi. Quruvchi sizib chiqayotgan suv loyqa ekanligini, bir sutka davomida yog‘gan yomg‘irning suvi yumshoq tuproqqa aralashib, loyqa bo‘lib oqayotganini ta’kidladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Abdujabbor Po‘latov tunnel ochilish marosimiga jurnalist va blogerlarni taklif qilishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur tunnelning transport vositalari harakatlanadigan qismida ishlar deyarli yakunlangani bois rasmiy ochilish marosimi o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

    Abdujabbor Po‘latov e’lon qilgan xabarda tunnelga tutash bo‘lgan yerosti va yerusti piyodalar o‘tish yo‘li hamda ko‘kalamzorlashtirilishi rejalashtirilgan joylarda ishlar davom etaverishi va transport vositalarining harakatiga ta’sir qilishiga besabab yo‘l qo‘yilmasligini bildirgan.

    Foto: Samarqand viloyati hokimligi

    Foto: Samarqand viloyati hokimligi

    Samarqand viloyati hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Manuchehr Mirzayev obyekt hali Qurilish vazirligi tasarrufida ekanligini ma’lum qildi. Shuning uchun holat yuzasidan rasmiy izohni ular berishini, Qurilish vazirligi matbuot kotibiga holat aytilganligini bildirib o‘tdi.

    “1-Ko‘prik qurilish otryadi” direktor o‘rinbosari Azimbek Mirzayevning bildirishicha, yangi tunnel devorlaridan suv sizib chiqishining ko‘prikning konstruksiyaviy qismiga hech qanday zarari yo‘q. Irrigatsiya tarmoqlarining to‘liq ishga tushmagani sababli shunday holat yuz bergan. Yanvar oxiriga qadar ishlar yakuniga yetkazilganidan so‘ng bunday holat takrorlanmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumot uchun, tunnel qurilishi 2019-yil oxirida boshlangan. Ushbu qurilish 2022-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidan oldin shahar ko‘chalarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar doirasida amalga oshirilgan.

    Umumiy qiymati 143 milliard so‘mni tashkil etgan hamda to‘liq davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilgan ushbu tunnel “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilish” tresti UK tomonidan amalga oshirilgan. Telegram’dagi “Davletovuz”ning yozishicha, loyihaning amalga oshirilishiga tendersiz ruxsat berilgan.

    Hukumat qarori bilan loyihachi, pudratchi tashkilotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri eng yaxshi takliflar asosida tanlovlarsiz belgilab olishga mutasaddi vazirliklar, idoralar hamda Samarqand viloyati hokimligiga, istisno tariqasida ruxsat berilgan. Shuningdek, qurilish-montaj, ta’mirlash, rekonstruksiya ishlari loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bilan bir vaqtda amalga oshirilishiga ham ruxsat berilgan.

    2022-yilning 1-yanvarida “O‘zbekiston24” tomonidan namoyish etilgan ushbu tunnel ochilish marosimi haqidagi videolavhada reja bo‘yicha 3 yilda qurilishi lozim bo‘lgan tunel 1,5 yil ichida, 1 yil ichida qurilishi lozim bo‘lgan galeriya tipidagi yo‘l o‘tkazgich esa 6 oyda foydalanishga topshirilishiga erishilgani ta’kidlangan.

    “Ko‘prikqurilish” Tresti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tunnel tipidagi mazkur yo‘l o‘tkazgich asosiy qurilish-montaj ishlari yakunlanib, Samarqand shahri aholisiga yangi yil bayram tadbirlari davrida tirbandlikni oldini olish va transport vositalari harakatlanishiga qulaylik yaratish maqsadida ochib berilgan bo‘lib, obodonlashtirish va suv qochirish, irrigatsiya tarmoqlarida hali qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

    Tonnel qismining devorlaridan suv o‘tish holati hali qurilish ishlari davom ettirilayotgan suv qochirish-irrigatsiya tizimidagi lotoklarga har xil turdagi tiqilishlar oqibatida yuzaga kelgan. Tunnel devorlariga o‘rnatilgan plitalar “quruq montaj” usulida ishlangan bo‘lib, ularning orasidan suv o‘tishi yo‘l  o‘tkazgichning konstruktiv elementlari mustahkamligiga salbiy ta’sir etmaydi.

    Loyiha yechimiga ko‘ra ushbu transport yechimi qurilishi doirasida  yomg‘ir suvlarini qochirish uchun nasoslar o‘rnatilishi va oraliq qurilmalar tutashish joyida asfalt qoplamasini kesib, deformatsion choklar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Yaqin kunlarda qayd etilgan ishlar to‘liq yakunlanib, yuzaga kelgan noxush holatlar bartaraf etiladi.

    Mavzuga doir:

    • Urganch markazida uzunligi 500 metrli yangi tunnel foydalanishga topshirildi
    • Andijonda 250 mlrd so‘mga 700 metr uzunlikdagi ko‘prik quriladi

    04.01.2022, 16:38   Izoh (0)   44662
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1-yanvardan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilindi

    04.01.2022, 16:24

    O‘zbekistonda 2021-yilda qancha fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlangani ma’lum qilindi

    04.01.2022, 15:52

    O‘zbekistonda 2022-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun minimal stavkalar belgilandi

    04.01.2022, 15:08

    O‘zbekistonda 1-yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi

    04.01.2022, 14:51

    Qibrayda turmush o‘rtog‘ini yolg‘on bilan o‘ziga jalb qilmoqchi bo‘lgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    04.01.2022, 14:07

    Bulung‘urda litsenziyasiz kirakashlik qilayotgan fuqarolardan pul undirish bilan shug‘ullanib kelgan guruh a’zolari ushlandi

    04.01.2022, 13:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.