Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Megan Markl va shahzoda Garri Team Rubicon nomli veteranlar saytida farzandlari — o‘g‘li Archi va qizi Lilibet bilan birga suratlari muhrlangan tabriknoma (otkritka) bilan bo‘lishdi.

Foto: Esquire

Foto: Esquire

“Bayram muborak bo‘lsin! 2021-yilda qizimiz Lilibet dunyoga keldi. Archi bizni ilk bor ota-ona bo‘lishga, Lilibet esa oila bo‘lishimizga sabab bo‘ldi”, — deyilgan matnda.

Otkritkada juftlik 2022-yil arafasida Afg‘onistondan kelganlarga, haligacha amerikalik oilalarni qo‘llab-quvvatlaydiganlarga, pullik bola parvarishi ta’tiliga muhtoj bo‘lganlarga yordam beruvchi tashkilotlarga xayr-ehson qilgani aytiladi. Team Rubicon, Welcome. US, Human First Coalition, Humanity Crew & Paid Leave For All, PL+US, Marshall Plan for Moms tashkilotlari shular jumlasidan hisoblanadi.

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Surat muallifi Aleksi Lyubomirskiy ushbu foto bilan Instagram sahifasida bo‘lishgan.

Ma’lumot uchun, Lilibet Garri va Megan AQShga ko‘chib o‘tganidan keyin 2021-yil 4-iyulda tavallud topgan. Qizaloqning to‘liq ismi — Lilibet Diana Mauntbatten-Vindzor (Yelizaveta II ning buvisini buvisi va malika Diana sharafiga tanlangan). Garri va Megan Markl 2018-yilda turmush qurgan, oradan bir yil o‘tib esa to‘ng‘ich farzandi Archi Xarrison Mauntbetten-Vindzor tug‘ilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi