• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Megan Markl va shahzoda Garri qirollik oilasini tark etganidan keyin ularning o‘g‘li — Archining hayoti qanchalik o‘zgardi?

    Britaniyani tark etganidan keyin Kanadada yashay boshlagan shahzoda Garri, Megan Markl va ularning o‘g‘li Archi koronavirus epidemiyasi boshlanganidan keyin AQShga ko‘chib o‘tgan hamda 15 million dollarga Kaliforniyadan turar joy sotib olgan. Netflix va Spotify bilan shartnoma imzolagani esa moliyaviy mustaqillikka erishishiga hissa qo‘shgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Maqomdan voz kechish

    Garri va Megan Archi dunyoga kelishidan avvalroq o‘g‘lini oddiy boladek katta qilishni istashini bildirgan va aynan shu sabab ham bolaga tug‘ilganidan keyin berilishi kerak bo‘lgan graflik maqomidan bosh tortgan. Nima uchundir Archiga qarashga yollangan enagalarning hech biri uzoq ishlamagan. Birinchisi ikkinchi kechaning o‘zidayoq haydalgan. Bunga enaga o‘z vazifasining uddasidan chiqmagani, bolaning yig‘isiga e’tibor qilmagani sabab bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Birinchisidan uzoqroq ishlashga muvaffaq bo‘lgan enaga ham Megan va Garrining noroziligiga sabab bo‘ladigan ishlar qilgan. Uchinchi va bir nechta manbalar tomonidan qora tanli ekani tasdiqlangan uchinchi enaga bilan esa juftlik yaxshi chiqishgan va ishlaridan qoniqqan. Ammo Kaliforniyaga ko‘chib o‘tishga to‘g‘ri kelganidan keyin Archi yana enagasiz qolgan. Bunga yordamchi ayolning boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishni istamasligi sabab bo‘lgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Ota va ona bilan birinchi qadam

    Juftlik farzandi hayotidagi eng muhim voqealardan birini o‘tkazib yubormagan. Megan bu haqda gap ketganda: “Juda ham omadlimiz, chunki endi bolamiz qanday katta bo‘layotganini kuzatishimiz mumkin”, — degan. So‘nggi yillarni Kaliforniyada o‘tkazgan oila farzandiga, omma e’tiboridan holi, oddiy bola sifatida tarbiya berishda davom etmoqda.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Zoom orqali suhbatlashadigan qarindoshlar

    Garri intervyularidan birida qirollik oilasi bilan muloqot qilishda davom etishini ta’kidlagan. Ular bugungi kunda Zoom orqali gaplashib turadi. Archi esa hamisha ushbu seanslarda ishtirok etadi va yaqinlarining ovozini eshitishi bilan boshqa xonadan yugurib chiqadi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Amerikacha aksent

    Muxlislar esa Archining ovozini ilk bor 2021-yil arafasida Spotify musiqiy platformasidagi podkastda eshitgan. Juftlik shouning yangi sonida bolasining tabrigi bilan bo‘lishgan. Archi ota-onasining ketidan: “Yangi yil bilan”, — degan. Ortidan esa otasi Garri: “Sevgi hamisha g‘alaba qozonadi”, — deb qo‘shimcha qilgan. Bunga muxlislar salbiy reaksiya bildirgan, kimlardir bolasini yashirib yurgan juftlikning birdaniga ommaga ko‘z-ko‘z qilganiga e’tiroz bildirgan. Qirollik biografi Penni Junor esa Archi saroyda katta bo‘layotgan amakivachchalaridan yaqqol farq qilishini bildirgan. “Archi tamoman boshqacha bola bo‘ladi. Amerikacha aksent bilan gapiradigan, mashhur odamning farzandiga o‘xshab katta bo‘ladi. Uning qo‘riqchilari juda ham ko‘p bo‘ladi. Fikrimcha, bu qirollik oilasini qattiq xafa qiladi”, — degan u.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Bola tarbiyasi

    Qirollik oilasi Montessori tizimidagi o‘rgatadigan o‘yinlarni juda ham hurmat qiladi. Bir vaqtlar Uilyam vaGarrining o‘zi ham shu tizimda ta’lim olgan, endilikda Garri va Megan ham o‘g‘liga ushbu pedagogik usulni qo‘llamoqda. Bu usul ijodiy fikrlashni rivojlantirishiga ishoniladi.

    Megan va vafli

    Megan to‘satdan qaror qabul qilish, kinoda suratga tushishdan tashqari vafli pishirishni ham yaxshi biladi. Bu haqda Garridan xabar topgan Yelizaveta II Rojdestvoga sovg‘a sifatida Archiga vafli pishiradigan qurilma yuborgan. Shundan keyin Megan nonushtaga tez-tez vafli tayyorlaydigan bo‘lgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Ota va velosiped

    Juftlikning Opra Uinfriga bergan intervyusida Garri o‘g‘lini qirollik saroyidan uzoqda katta qilish unga yoqayotganini ta’kidlagan. Ular birgalikda velosipedda sayr qilishni juda ham yaxshi ko‘radi. “Men Archini velosipedning orqa qismidagi kichkina o‘rindiqqa o‘tqazaman va biz sayr qilgani otlanamiz. Bolaligimda buning iloji bo‘lmagan. Uni o‘tqazganimda qo‘llarini ochib, atrofga ‘u-u-u’, deb baqiradi. Keyin esa juda ham ko‘p narsalar haqida gapirishni boshlaydi”, — degan u.

    Katta tanaffus

    Nafaqat Megan va Garri qirollik oilasidan uzoqqa ketib o‘g‘lining hayoti o‘zgarishiga sabab bo‘lgan, balki Archi ham ota-onasining dunyoqarashi o‘zgarishiga hissa qo‘shgan. Megan onalik uni yangi ro‘yoblarga ilhomlantirganini ta’kidlagan: “Menimcha, bu kuch bag‘ishlaydi, bizga bolalarimizdan meros bo‘lib qoladigan dunyo haqida tashvishlantirishga undaydi. Siz ayrim narsalarga dosh berishga tayyor bo‘lasiz, ammo gap farzandlaringiz haqida ketganda, ularni qaltis vaziyatda qoldirishni istamaysiz. Shuning uchun men har kuni o‘zimga: dunyo Archiga yaxshi bo‘lishi uchun nima qilishim kerak, degan savol bera boshladim. Bu savol turmush o‘rtog‘im va men uchun eng muhim masalaga aylandi”.

    Mavzuga doir:

    • Gollivudda Megan Markl tasviri tushirilgan graffiti paydo bo‘ldi
    • Shahzoda Garri va Megan Markl Opra Uinfriga ikki soatlik intervyu berdi. Megan rasizm va suitsid o‘ylari, Garri otasi bilan nizo haqida gapirdi

    06.06.2021, 11:47   Izoh (0)   27649
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turk aktyorlari Engin Akyurek va Tolga Saritash bir filmda suratga tushadi

    05.06.2021, 21:49

    Boylar ham yig‘laydi: Farzandlaridan ayrilgan oligarx va siyosatchilar (foto)

    05.06.2021, 16:46

    Amerikalik xonanda Mayli Sayrus muzqaymoq kompaniyasi bilan 20 million dollarlik shartnoma imzoladi

    05.06.2021, 14:55

    Instagram: Amerikalik qizga uylanayotgan o‘zbek aktyori, Munisa Rizayeva Tashkent City’dagi uyini ko‘rsatdi, Nilufar Sotiboldiyeva to‘yga qanchaga chiqadi?

    04.06.2021, 22:34

    Muhabbatga bir qadam: Munosabatlari avvalida bir-birini yoqtirmagan juftliklar (foto)

    04.06.2021, 20:46

    Leonardo Di Kaprio onasiga Gollivud yaqinidagi sokin mavzedan shinam uy sovg‘a qildi (foto)

    04.06.2021, 18:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.