Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23-dekabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Quddusni tuyada sayohat qilayotgan qorbobo.

Foto: EPA

O‘zbekistonning Afg‘onistonga yuborgan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov qatnashdi.

Foto: Surxondaryo hokimligi

Indoneziyaning Surabaya shahrida mahalliy hukumat tomonidan uyushtirilgan ommaviy nikoh marosimida ishtirok etayotgan juftliklar.

Foto: AFP

AQShning Missuri shtatida Rojdestvo atmosferasi.

Foto: “TASS”

Yoqutistonda 16 ta aholi punktida havo harorati -50 darajadan pastga tushdi.

Toshkentdagi Mustaqillik ko‘chasida uchishga shaylangan kabutarlar.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Tokioda figurali uchish bo‘yicha Yaponiya chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Suratda Kana Muramoto va Daisuke Takaxashi juftligi.

Kanadadagi Kingston kasalxonasiga vertolyotda kelgan qorbobo.

Dunyodagi eng ko‘p musulmon aholiga ega bo‘lgan davlat Indoneziyada Rojdestvo bayramini nishonlashga hozirlik ko‘rilmoqda. Rojdestvo kechasi minglab cherkovlarni qo‘riqlash uchun 217 ming politsiyachi yollangan.

Yangi yil oldidan Schifol aeroportidagi sayohatchilar (Niderlandiya).

Parijda Yangi yilga tayyorgarlik.

Parijda Yangi yilga tayyorgarlik.
Foto: Getty Images

12 000 dan ortiq chiroqlar bilan bezatilgan va har Yangi yilda minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan Lining Summit daraxti ortida ko‘tarilayotgan oy.

Foto: AP Photo

Hindistonning Chennay shahridagi maktabda Yangi yil kayfiyati.

Hindistonning Chennay shahridagi maktabda Yangi yil kayfiyati.
Foto: EPA

G‘azo sketorida quyosh botishi.

G‘azo sketorida quyosh botishi.
Foto: EPA

Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida Rojdestvo yarmarkasi demontaj qilish yakunlandi.

Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida Rojdestvo yarmarkasi demontaj qilish yakunlandi.
Foto: “TASS”

Vladimir Putinning yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanining jonli efiri OTR telekanalining boshqaruv xonasida kuzatilmoqda.

Hindistondagi botqoqlardan birida ilon ovlagan qarqara kuchli qarshilikka uchradi. Ilon qancha harakat qilmasin oxir oqibat qushning o‘ljasiga aylandi.

Foto: Legion Media

Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridagi ko‘chalardan birida burqa kiygan ayol tilanchilik qilmoqda.

Ispaniya hukumati ko‘chalarda majburiy tarzda niqob kiyish tartibini qaytardi.

Ispaniya hukumati ko‘chalarda majburiy tarzda niqob kiyish tartibini qaytardi.
Foto: “TASS”

Yangi yil bayramida 350 tonna dengiz mahsulotlari sotilishi kutilayotgan Sidney baliq bozorida kezib yurgan saqoqushlar.

Yangi yil bayramida 350 tonna dengiz mahsulotlari sotilishi kutilayotgan Sidney baliq bozorida kezib yurgan saqoqushlar.
Foto: Getty Images

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda