• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Yangi yil kuni qor yog‘adimi?

    O‘zbekistonda qor yog‘ishi kamayib borishiga sabab nima, Yangi yil bayrami kuni qor yog‘adimi? Bu kabi savollarga “O‘zgidromet” yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov O‘zAga bergan intervyusida javob berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zgidromet” o‘z vakolat doirasida uch muddatli ob-havo prognoz xabarlarini ishlab chiqadi — qisqa, o‘rta va uzoq muddatli ob-havo prognoz xabarlari.

    Qisqa va o‘rta muddatli ob-havo prognoz xabarlari kelgusi 5 kunlik davr uchun ishlab chiqiladi va bunda prognoz xabarlarida yog‘ingarchilikning turlari (yomg‘ir, qor, do‘l) aniq ko‘rsatib o‘tiladi. 5 kundan keyingi kunlar uchun ishlab chiqiladigan prognoz xabarlar uzoq muddatli ob-havo prognoz xabarlariga kirib, bunda yog‘ingarchilik va ularning turlarini aniq bir kunda bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilmaydi. Bu kabi prognoz xabarlar oyning o‘n kunliklari va ayrim besh kunliklar uchun ishlab chiqiladi. Unda havo harorati va yog‘ingarchiliklarning me’yordan ko‘p yoki kamligi ko‘rsatib o‘tiladi.

    “Yangi yil arafasida xalqimiz Yangi yil kechasini qanday ob-havo qarshisida kutib olishi to‘g‘risidagi savollar ko‘pchilikni qiziqtiradi. Yangi yil arafalari, ya’ni 30—31-dekabrgacha yana 8-9 kun bor va bu kunlar uchun tuziladigan ob-havo prognozlari uzoq muddatli ob-havo prognozlar sarasiga kiradi. ‘O‘zgidromet’ vakolat doirasida uzoq muddatli ob-havo prognozlarida aniq muddat uchun yog‘ingarchilik bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilmaydi.

    Ammo meteorolog sifatida, atmosferadagi havo oqimlarning harakatini sinchkov tahlil qilgan mutaxassis sifatida 30—31-dekabr kunlari respublikamizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Demak, respublika aholisi bayramni qorli ob-havosiz kutib olishi mumkin”, — degan Erkin Abdulahatov.

    Uning aytishicha, O‘zbekistonda qish mavsumida qor yog‘ishi uchun shimol va shimoli-g‘arbdan sovuq havo oqimlari tez-tez respublika hududlariga kirib kelishi kerak bo‘ladi.

    “Boshqacha aytganda, bizning mintaqada ayni shu havo oqimlaridan qor yog‘adi. Tahlillarga ko‘ra, hozirda yil davomida sovuq havo oqimlarining respublika hududlariga kirib kelishi o‘tgan asr oxirlariga nisbatan naqd ikki barobarga kamaygan. Buning natijasida, 2016-yildan boshlab, qishda yog‘ib o‘tgan qorlar davomiyligi va yerda hosil bo‘lgan qor qoplamining sutkalab erimasdan turish holatlari keskin kamayib ketdi. Bir so‘z bilan aytganda, qish mavsumida iliq qish kunlari sonining ortishi kuzatilmoqda”, — deb qayd etgan “O‘zgidromet” yetakchi mutaxassisi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholisi 2021-yil kirib kelishini ham, 2020-yilni ham qorsiz kutib olgandi. So‘nggi yillarda eng qorli kun 2007-yilning birinchi kuni bo‘lgan. Qor Yangi yil arafasida boshlanib, 1-yanvarda butun kun davomida yog‘ishda davom etgan.

    Toshkentda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng past harorat 1889-yilning Yangi yil kechasida kuzatilgan bo‘lib, 28 daraja sovuq bo‘lgan. Oxirgi 50 yil ichida Toshkentda bunday past harorat kuzatilmagan va bu davrda eng sovuq 1991-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib, Toshkentda harorat 13 daraja sovuqqacha pasaygan.

    Eng issiq Yangi yil bayramlari 2009-yildan 2010-yilga va 2015-yildan 2016-yilga o‘tishda kuzatilgan bo‘lib, kunduzgi harorat 31-dekabrda va 1-yanvarda 18—19 daraja issiq bo‘lgan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston aholisi kelayotgan Yangi yilda ketma-ket 5 kun dam oladi. 2021-yilgi Yangi yil tantanalari bu gal Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Bu yerga tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Do‘stlik” metro bekatidan bog‘ga qadar bepul qatnovchi avtobuslar yo‘lga qo‘yildi.

    Mavzuga doir:

    • Samarqandni bayramona yoritish uchun 250 mln so‘m, Jizzaxni bezatishga 100 mln. O‘zbekiston shahar va tumanlarining Yangi yilga tayyorgarligi qanchaga tushmoqda?
    • Yangi yil bayrami kunlari o‘zbekistonliklar qaysi xorijiy davlatlarga uchishi mumkin?
    • Yangi yil oldidan Toshkentdan Urganch, Nukus va Buxoroga qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy qilinadi
    • “O‘zbekiston temir yo‘llari” Yangi yil munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi

    23.12.2021, 11:17   Izoh (0)   97365
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zsuvta’minot” Sirdaryo hokimining suv ta’minoti uchun ajratilgan 7 mln dollar o‘zlashtirilgani haqidagi bayonotini rad etdi

    23.12.2021, 10:52

    Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Uychi tumaniga hokim bo‘ldi

    23.12.2021, 10:26

    O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi

    23.12.2021, 09:40

    Farg‘ona viloyatida uch kun ichida ikkinchi zilzila qayd etildi

    23.12.2021, 09:06

    Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda noqonuniy baliq ovlagan brakonyerlar qo‘lga tushdi

    23.12.2021, 08:34

    Farg‘onalik o‘qituvchilar xorijda malaka oshiradi, ularga viloyat hokimligining maxsus ustamasi to‘lanadi

    23.12.2021, 07:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.