Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 16-dekabr kuni videoselektor tarzidagi yig‘ilishida qo‘mita tizimida murojaatlar bilan ishlash holati tanqidiy tahlil qilindi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita raisi o‘rinbosari I.Boqijonov boshqargan majlisda kun tartibidagi masala yuzasidan hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlari tinglangan. Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan. Bunga hududlar kesimida tahlil qilinganda eng ko‘p murojaat Toshkent viloyatga to‘g‘ri kelishi, ularning aksariyati belgilangan muddatda hal qilinmagani, hududda sohaga oid masalalarni ko‘rib chiqishda tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani, boshqarma boshlig‘ining mas’uliyatsizligi sabab bo‘lgan.

Qo‘mita saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu lavozimda Baxtiyor Jo‘rayev faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 14 nafar mas’ulga xayfsan intizomiy chorasi qo‘llanilgan.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 11 oyida qo‘mitaga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 6697 ta murojaat kelib tushgan. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,75 baravar ko‘paygan. Shundan Prezident virtual qabulxonasi orqali 4665 ta, og‘zaki shaklda 1215 ta, to‘g‘ridan to‘g‘ri yozma ravishda 817 ta murojaat kelib tushgan.

Ta’kidlanishicha, murojaatlarning 5735 tasi qanoatlantirilgan, 814 tasi tushuntirilgan, 204 tasi rad etilgan, 17 tasi taalluqliligi bo‘yicha jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etilgandi. Shavkat Mirziyoyev masalaga to‘xtalib, “Tashabbus va amaliy ishlari ko‘rinmayapti. Shu bois men Ekologiya qo‘mitasi rahbarini ishdan oldim”, degan.

Shuningdek, Namanganda ko‘chat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashgan mas’ullar lavozimidan ozod qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?