Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Insult har yili millionlab insonlarning hayotiga zomin bo‘ladigan xavfli kasallik hisoblanadi. Shifokorlar kasallikning kelib chiqish xavfini kamaytirish uchun qon bosimini nazorat qilish, chekishdan voz kechish, sport bilan shug‘ullanib, to‘g‘ri ovqatlanish kerakligini ta’kidlaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Heart nashrida e’lon qilingan tadqiqotda insult profilaktikasi uchun kuniga bir dona tuxum iste’mol qilish kifoyaligi aytiladi. 9 yil davomida yarim million inson salomatligini tahlil qilgan tadqiqotchilar, kuniga hech bo‘lmaganda bir dona tuxum iste’mol qilganlarda yurak kasalliklarining xavfi 11 foizga. Insult xavfi esa 26 foizga kamayganini aniqlagan.

Tadqiqot mualliflarining taxminiga ko‘ra, bu tuxumning “yaxshi” xolesterin miqdorini ko‘paytirishi, yurakni himoya qilishi, shuningdek, organizmdan “yomon” xolesterinni chiqarib tashlashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, oqsilga boy tuxum qondagi shakar miqdorini kamaytirib, vaznning sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa insult xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi