Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Professional boksning birinchi yengil vazn toifasida harakat qiluvchi Xurshid Tojiboyev (6-0, 3 KO) Qozog‘istonning Almati shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

O‘zbekistonlik bokschiga rossiyalik Pavel Malikov (16-5-1, 6 KO) raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘rtinchi raundda o‘z nihoyasiga yetdi. Pavel Malikov o‘tkazib yuborilgan zarbalar natijasida ko‘zidan jarohat oldi va jangni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi.

O‘sha vaqtga qadar to‘plangan ochkolar hisobiga ko‘ra Tojiboyevga g‘alaba taqdim etildi: 39-37, 39-37, 40-36. Shu tariqa Xurshid muddatidan oldin g‘alabani tantana qildi.

Qayd etish joiz, bu Tojiboyev uchun professional ringdagi ketma-ket oltinchi g‘alaba bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi