Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

InfinBANK korporativ kreditlash sur’atlarini oshirishda davom etmoqda va maxsus taklif bilan chiqib, bank mijozlarining biznesi uchun modulli kreditlarni taqdim etmoqda.

InfinBANK korporativ kreditlash departamenti direktori Shuhrat Amanov modulli kreditlash istiqbollari haqida so‘z yuritdi.

“2021-yilda ham hamon pandemiya ta’sirlari sezilib turibdi, ammo bank allaqachon pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlarni tiklashga muvaffaq bo‘lib, hozirda biznesga kreditlar berish uchun yetarli resurslarga egadir. Mijozlar uchun moliyaviy takliflarni ishlab chiqish vaqtida InfinBANK doimo o‘zining “Mijoz — asosiy qadriyatimiz” shiorini yodda tutadi va unga amal qilgan holda mahsulot yaratadi.

2021-yilda bank biznes uchun mo‘ljallangan va o‘z mijozlari orasida keng ommalashgan modulli kreditlarni yo‘lga qo‘ydi. Ayniqsa avvalgi yillar bilan solishtirganda, bu InfinBANK’da korporativ kreditlash dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda InfinBANK iqtisodiyotning turli tarmoqlarida xizmat qiladigan o‘z mijozlari uchun ikki turdagi kredit mahsulotlarini taqdim etmoqda. Tariflar va stavkalarning o‘sishiga qaramay, bank biznes uchun qulay kredit shartlarini saqlab kelmoqda”.

Birinchi navbatda bu —naqd pul bilan mikrokreditlash. 2021-yilda kreditlash shartlarining sezilarli yangilanishi kreditdan nafaqat InfinBANK’ning korporativ mijozlari, balki ilgari boshqa banklarda xizmatlar ko‘rsatilgan mijozlar ham foydalanishlari uchun imkon yaratdi. Naqd pul 300 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda 18 oy muddatga yillik, 26 foiz stavkada beriladi. Naqd pul olish uchun qarz oluvchi garov sifatida quyidagilardan birini taqdim etishi kerak bo‘ladi: ko‘chmas mulk, transport, asbob-uskunalar yoki pul mablag‘lari.

Yana bir taklif — biznes overdraft. Mahsulot qulay, chunki limit hisobvaraq bo‘yicha o‘rtacha oylik aylanmaga qarab belgilanadi va kompaniya uchun katta yuk bo‘lmaydi. Bugungi kunda biznes uchun overdraft berish shartlari quyidagilardan iborat: mablag‘lar milliy va xorijiy valyutada 90 kun muddatga yillik 23 va 10 foiz bilan beriladi. Yana bir qulaylik shundaki, biznes overdraft mijozning hisob raqamiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazib beriladi.

InfinBANK’da naqd pulsiz kreditni rasmiylashtirish uchun qarz oluvchiga minimal hujjatlar to‘plami kerak bo‘ladi: bank shaklida to‘ldirilgan kredit arizasi va ta’sischilarning kredit olish to‘g‘risidagi qarori. 300 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ garov va kafilliksiz beriladi.

Biznes uchun “zaxira g‘ildiragi”

Kichik va o‘rta biznes uchun bunday takliflar “zaxira g‘ildiragi” bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni mijoz kerak vaqtda, ya’ni o‘z mablag‘i yetarli bo‘lmaganda, pul mablag‘i olish imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur kreditlar quyidagilarga sarflanishi mumkin:

  • Uskuna sotib olish yoki tovarlar uchun to‘lov qilish. Masalan, ta’minotchi xomashyoni faqat katta miqdorda sotadigan va sizda ayni vaqtda buning uchun mablag‘ yetishmayotgan bo‘lsa;
  • Ijara yoki kommunal xizmatlarni to‘lash. Ko‘pincha ijara haqi bir necha oy oldin to‘lanishi kerak bo‘ladi, buning uchun kim ham aylanma mablag‘larni sarflashni xohlardi;
  • Ish haqi bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish va xizmat safari bo‘yicha to‘lovlarni to‘lab berish. Agar kassa bo‘shab qolsa, kredit qo‘llab yuboradi;
  • Soliqlarni to‘lash. Tez-tez budjet to‘lovlarini amalga oshirishga to‘g‘ri keladi, lekin buning uchun bo‘sh pul bo‘lmasligi mumkin.
Manfaatdor tadbirkorlar kreditlash shartlari bo‘yicha barcha ma’lumotlarni o‘zlarining mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi menejeridan, shuningdek, aloqa markazining yuridik shaxslar — bankning amaldagi va potensial mijozlariga mo‘ljallangan maxsus telefon raqamiga murojaat qilib, bilib olishlari mumkin.

Yuridik shaxslar uchun aloqa markazi telefon raqami: +99871 202-50-80

Sayt: www.infinbank.com

Facebook: fb.com/InFinBank

Instagram: investfinancebank

Telegram bot: t.me/Infin_bank_bot

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda