Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bosh prokuraturaning ish vaqtida vafot etgan 33 yoshli xodimi S.R.ning oilasiga nafaqa puli to‘lab berilmagani bo‘yicha sud ishi qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura

Foto: Bosh prokuratura

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 17-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vogar A.R.ning javobgar Bosh prokuraturaga nisbatan farzandi vafoti munosabati bilan ish joyidan nafaqa puli hamda ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi da’vo va qo‘shimcha da’vo arizalari rad qilingandi. Da’vogar mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, sudga apellyatsiya shikoyati kiritgan. Ushbu apellyatsiya shikoyati 2021-yil 12-noyabr kuni Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish boshlangan.

Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, ishni ko‘rish jarayonida IIV tibbiyot boshqarmasi, Bosh prokuraturadan olti nafar xodim va o‘sha kuni bo‘limda ish o‘rganishda bo‘lgan Harbiy prokuratura apparati xodimi, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi TXKMRMKTK, Shayxontohur tuman prokuraturasi, Mirobod tumani prokuraturasi, RSTEIAM Toshkent shahar filiali Morfologiya bo‘limi Sergeli punktining davlat sud tibbiy ekspertizasidan, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi, Davlat mehnat huquq inspeksiyasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mirobod tumani Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyalari vakillarning ko‘rsatmalari eshitilib, yozma ma’lumotlar va tegishli hujjatlar olingan.

Ishni ko‘rishda marhum S.R.ning xotini N.R. ishga jalb qilinmagani, uning huquq va majburiyatlari tushuntirilmaganini, birinchi instansiya sudida ko‘rilishi mobaynida da’vogar A.R.da uning manfaatlarida sudga murojaat qilish va ishtirok etish huquqini beruvchi ishonchnoma bo‘lmagani aniqlangan.

Shuningdek, A.R.ning o‘zi boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa olish huquqiga ega shaxslar doirasiga kirmasligi sababli 6-dekabr kuni sudlov hay’atining ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?