• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.73
    • RUB158.34
    • EUR14764.66
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi keng nishonlanadi

    Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev ishtirokida davlat tashrifining asosiy tadbirlaridan so‘ng OAV vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

    Prezidentlar har doimgidek ochiq, ishonchli va ishchan muhitda o‘tgan muzokaralar natijalaridan mamnunligini bildirdi. Xususan, muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali, o‘zaro manfaatli hamkorlikni ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi barcha yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev o‘z bayonoti avvalida Qozog‘iston xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan yana bir bor tabrikladi.

    Keyingi yillarda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlariga asoslangan O‘zbekiston–Qozog‘iston munosabatlarida ulkan o‘zgarishlar ro‘y berayotgani ta’kidlandi.

    O‘zbekiston yetakchisi bugun tarixiy qaror qabul qilinib, ikki tomonlama hamkorlik ittifoqchilik munosabatlari darajasiga ko‘tarilgani, bu birodar xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlaridan kelib chiqib, ularga to‘liq mos ekanini qayd etdi.

    “O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligi zamirida bir-birimizni to‘ldirib turish borasidagi ulkan salohiyatdan foydalanishga intilish ham mavjud. Biz sa’y-harakatlarimizni birlashtirish va yangi o‘sish nuqtalarini izlash niyatidamiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi – savdo-iqtisodiy hamkorlikda erishilayotgan natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi. 2021-yil boshidan o‘zaro savdo hajmi qariyb 40 foizga oshib, bu borada rekord ko‘rsatkich – 4 milliard dollarga erishish kutilmoqda. Muzokaralar chog‘ida tovar ayirboshlashni 2022-yilda 5 milliardga, uzoq muddatli istiqbolda esa 10 milliardga yetkazish maqsad qilindi.

    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni kengaytirish maqsadida tomonlar agroklasterlar, ulgurji-taqsimlash va logistika markazlarini tashkil etishga, “Agroekspress” loyihasini ilgari surishga kelishib olganliklari ko‘rsatib o‘tildi.

    Sanoat kooperatsiyasi va hududlararo hamkorlik sohasida erishilgan kelishuvlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada muvaffaqiyatli misollar mavjudligi, jumladan, Kostanayda avtomobillar, avtobuslar va qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ish, Turkiston va Chimkentda to‘qimachilik va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

    O‘zbekistonda sanoat, energetika, kimyo, qurilish, bank va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Tashrif arafasida o‘tkazilgan ishbilarmonlik tadbirlari yakunida qiymati 6 milliard dollarga yaqin bo‘lgan yangi investitsiya va savdo kelishuvlari imzolandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Bunday ko‘rsatkichlar avval bo‘lmagan. Qolaversa, barchasi qat’iy kelishuvlar, ular istiqbolga yaxshi zamin yaratadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Transport va tranzit sohasi salohiyatini kengaytirish maqsadida Uchquduq–Qizilo‘rda avtomobil va temir yo‘llari, Turkiston–Chimkent–Toshkent yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan temir yo‘lini barpo etish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Tomonlar “yashil” energetika loyihalarini faol ilgari surishga, eng yangi suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, Orolbo‘yida daraxtzorlar yaratish borasida birgalikda ishlash va xalqaro donorlar bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi.

    Brifingda madaniyat, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda turizm sohalarida erishilgan kelishuvlar ham qayd etildi.

    “Bugungi murakkab va ziddiyatli zamonda odamlar ongi va qalbiga, ayniqsa yosh avlodga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi madaniyat va ma’naviyatning ahamiyati ortib bormoqda”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Shu munosabat bilan muzokaralarda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili va O‘zbekistonda Qozog‘iston yili tadbirlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish yuzasidan kelishuvga erishildi. 2022-yilda O‘zbekistonda birinchi Yoshlar kongressi hamda Ijodiy va ilmiy ziyolilar forumi tashkil etiladigan bo‘ldi.

    Qayd etilganidek, O‘zbekistonda sakkiz yuz mingdan ziyod qozoq millatiga mansub fuqarolar istiqomat qilmoqda Ular milliy madaniyati, tili va an’analarini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. To‘rt yuzga yaqin maktabda ta’lim qozoq tilida amalga oshirilmoqda.

    Mana o‘ttiz yildirki, O‘zbekistonda Qozoq milliy madaniyat markazi va uning sakkizta hududiy bo‘linmalari faol ishlab turibdi.

    “Qozoq yurtdoshlarimiz orasida O‘zbekiston Qahramoni yuksak unvoniga va boshqa davlat mukofotlariga sazovor bo‘lganlar, senator va deputatlar, vazir va generallar, yirik korxonalar rahbarlari borligidan faxrlanamiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining o‘ttiz yilligini 2022-yilda keng nishonlash maqsadida tegishli dastur qabul qilishga kelishib oldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mintaqaviy va xalqaro maydondagi hamkorlik masalalariga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidek samarali platformani yaratishga muvaffaq bo‘lingani, uning doirasida umumiy uyimizni kompleks rivojlantirish yo‘llari belgilanayotganini alohida qayd etdi.

    Muzokaralarda mintaqamizda xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlarga, eng avvalo qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatdan kelib chiqqan holda qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada O‘zbekiston va Qozog‘iston pozitsiyalari to‘liq mos ekani tasdiqlandi.

    O‘zbekiston Qozog‘istonning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Qozog‘iston esa O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

    “Ushbu tashrif doirasida salmoqli hujjatlar to‘plamini imzoladik. Ishonchimiz va sherikligimiz juda yuksak darajaga chiqqanidan, birgalikda harakat qilib, har tomonlama ko‘makdosh bo‘lishga tayyor ekanimizdan dalolat beruvchi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya ular orasida eng asosiysi. Biz ikki qardosh xalqlarning ravnaqi yo‘lida ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli hamkorlikni mustahkamlashning qat’iy tarafdorimiz”, – dedi O‘zbekiston prezidenti.

    Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham keng doiradagi masalalar yuzasidan fikr almashilgan muzokaralar yakunidan mamnunligini bildirdi. Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini o‘ziga qulay vaqtda tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi
    • Nur-Sulton shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi
    • Shavkat Mirziyoyev va Qosim Jo‘mart-To‘qayev ikki tomonlama hamkorlikning muhim vazifalarini belgilab oldi

    06.12.2021, 17:21   Izoh (0)   22181
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    06.12.2021, 17:05

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi

    06.12.2021, 16:36

    O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining 301 860 dozalik partiyasi olib kelindi

    06.12.2021, 16:02

    Nur-Sulton shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi

    06.12.2021, 15:47

    Shavkat Mirziyoyev va Qosim Jo‘mart-To‘qayev ikki tomonlama hamkorlikning muhim vazifalarini belgilab oldi

    06.12.2021, 15:20

    Samarqandda bir-biriga tutash uchta xonadonda yong‘in chiqdi

    06.12.2021, 15:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gruziyada 7 ta NATO davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:45

    Polsha Tayvandan dron xarid qilish bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:10

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.