• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Toshkentda muzeyda turgan salkam 70 yillik “Pobeda” kabrioleti 90 ming dollarga sotuvga qo‘yildi. Lekin u muzeyning mulki emas

    Sentyabr oyida “Olx.uz” e’lonlar saytida bir qator retro avtomobillar sotilishi haqida e’lonlar paydo bo‘ldi. Unda, jumladan, 1964-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-69 yo‘ltanlamasi 15 ming dollarga, 1962-yilda ishlab chiqarilgan “Moskvich-407” mashinasi 20 ming dollarga, 1949—1953-yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan GAZ M20 “Pobeda” kabrioleti esa 90 ming dollarga sotuvga qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

    1961-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-69 yo‘ltanlamasi (tirkamasi bilan birga) 12 ming dollarga, 1949—1953 yil oralig‘ida ishlab chiqarilgan GAZ M20 “Pobeda” kabrioleti 90 ming dollarga, 1964-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-69 yo‘ltanlamasi 15 ming dollarga, 1962 yilda ishlab chiqarilgan “Moskvich-407” sedani 20 ming dollarga sotuvga qo‘yilgan.

    1961-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-69 yo‘ltanlamasi (tirkamasi bilan birga) 12 ming dollarga, 1949—1953 yil oralig‘ida ishlab chiqarilgan GAZ M20 “Pobeda” kabrioleti 90 ming dollarga, 1964-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-69 yo‘ltanlamasi 15 ming dollarga, 1962 yilda ishlab chiqarilgan “Moskvich-407” sedani 20 ming dollarga sotuvga qo‘yilgan.
    “Olx.uz” saytidan olingan skrinshot

    1958-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-21 “Volga” sedani 20 ming dollarga, 1954-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-12 “ZIM” limuzini 40 ming dollarga, 1954-yilda ishlab chiqarilgan GAZ M20 “Pobeda” avtomobili 25 ming dollarga, 1951-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-67 yo‘ltanlamasi 20 ming dollarga sotuvga qo‘yilgan.

    1958-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-21 “Volga” sedani 20 ming dollarga, 1954-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-12 “ZIM” limuzini 40 ming dollarga, 1954-yilda ishlab chiqarilgan GAZ M20 “Pobeda” avtomobili 25 ming dollarga, 1951-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-67 yo‘ltanlamasi 20 ming dollarga sotuvga qo‘yilgan.
    “Olx.uz” saytidan olingan skrinshot

    Retro avtomobillar sotilishi haqidagi turkum e’lonlar soni jami sakkizta bo‘lib, e’tiborga molik tomoni, ularning bari Toshkent politexnika muzeyida olingan. “Daryo” muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida muzeyda bo‘ldi va muassasaning marketing va turizm bo‘limi boshlig‘i Alisher Sadullayev bilan muloqot qildi. Qayd etish joiz, e’lonlar “Olx.uz”ga aynan ismi-sharifi Alisher Sadullayev bo‘lgan shaxs tomonidan joylashtirilgan.

    Alisher Sadullayevning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent politexnika muzeyida namoyishga qo‘yilgan avtomobillarning 8 tasi haqiqatan ham sotuvga qo‘yilgan.

    90 ming dollarlik “Pobeda” kabrioleti.

    90 ming dollarlik “Pobeda” kabrioleti.
    Foto: “Olx.uz”

    “Biz muzey eksponatlarini kengaytirish va shu orqali tashrif buyuruvchilar sonini oshirish maqsadida retro mashinalarning egalaridan o‘z avtomobillarini muzeyga ko‘rgazma uchun joylashtirish taklifi bilan chiqqanmiz. Sotuvga qo‘yilgan noyob mashinalar ham muzey fondiga tegishli emas — shaxsiy kolleksionerdan vaqtincha, ko‘rgazma uchun olingan mashinalardir”, — deya ma’lum qildi Sadullayev.

    Uning ta’kidlashicha, bu ishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — avtomobil ixlosmandlarini muzeyga ko‘proq jalb qilishdir. “Bu ikki tomonga ham naf keltiradi. Birinchidan, bizning eksponatlarimiz safi kengayadi, ikkinchidan, kolleksionerlar o‘z mashinalarini keng jamoatchilikka namoyish etib, shu orqali ularni sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — deydi muzey vakili.

    Sa’dullayevning qo‘shimcha qilishicha, tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra avtomashinalarning muzeyda turgan vaqti uchun hech qanday haq to‘lanmaydi, ammo, mabodo shaxsiy kolleksionerga tegishli ushbu retroavtomobillardan birortasi sotilsa, sotuvdan tushgan mablag‘ning 10 foizgacha bo‘lgan miqdori homiylik asosida muzey hisobiga o‘tkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

    Muloqot davomida mashinalari sotuvga qo‘yilgan kolleksionerlarning shaxsi oshkor etilmadi.

    “Daryo” muxbiri vaziyatni o‘rganish maqsadida muzeyda bo‘lgan kuni xususiy kolleksioner hisobidan namoyishga qo‘yilgan retro avtomobillardan biri to‘y xizmati uchun olib ketilgani ma’lum bo‘ldi — muzey vakillari ushbu mashinalardan marosimlarda foydalanish mumkinligini tasdiqladi va bu xizmat haqi “ko‘chadagi narx-navodan past ekani” ta’kidladi.

    Toshkent politexnika muzeyi 2015-yil noyabr oyida ishga tushgan bo‘lib, u “Jahon avtomobilsozlik tarixi”, “O‘zbekiston avtomobil sohasi tarixi” va “Interaktiv amaliyot” bo‘limlaridan iborat. Jahon avtomobilsozligi tarixiga bag‘ishlangan bo‘limda XX asrning o‘rtalarida ishlab chiqarilgan Volkswagen “Qo‘ng‘iz”, BMW, sovet avtomobillarining haqiqiy namunalari bilan tanishish mumkin. O‘zbek avtomobilsozligi tarixiga bag‘ishlangan bo‘limda esa Andijondagi avtozavod va Samarqanddagi avtobus zavodi konveyerlaridan chiqqan dastlabki avtomobillar namoyishga qo‘yilgan.

    Toshkent politexnika muzeyining “Jahon avtomobilsozlik tarixi” bo‘limidagi ayrim eksponatlar

    Toshkent politexnika muzeyidagi Ford Model T avtomobili. Bu jahondagi millionlab seriyada ishlab chiqarilgan dastlabki model hisoblanadi.

    Toshkent politexnika muzeyidagi Ford Model T avtomobili. Bu jahondagi millionlab seriyada ishlab chiqarilgan dastlabki model hisoblanadi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Germaniyada 1935—1937-yillarda ishlab chiqarilgan Opel P4 yengil avtomobili.

    Germaniyada 1935—1937-yillarda ishlab chiqarilgan Opel P4 yengil avtomobili.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Germaniyada 1937—1938-yillarda ishlab chiqarilgan Opel Super 6 limuzini.

    Germaniyada 1937—1938-yillarda ishlab chiqarilgan Opel Super 6 limuzini.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    GAZ-12 “Zim” limuzini.

    GAZ-12 “Zim” limuzini.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Sharqiy Germaniyada 1949—1955-yillarda (dastlab, 1951-yilga qadar BMW 340 nomi bilan) ishlab chiqarilgan EMW 340 avtomobili.

    Sharqiy Germaniyada 1949—1955-yillarda (dastlab, 1951-yilga qadar BMW 340 nomi bilan) ishlab chiqarilgan EMW 340 avtomobili.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Moskvich-407” va “Pobeda” avtomobillari.

    “Moskvich-407” va “Pobeda” avtomobillari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Moskvich-400” va Volkswagen “Qo‘ng‘iz”.

    “Moskvich-400” va Volkswagen “Qo‘ng‘iz”.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    ZAZ-965 “Zaporojets” avtomobili.

    ZAZ-965 “Zaporojets” avtomobili.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    11.10.2021, 21:35   Izoh (0)   52580
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lexus noyob ko‘k rangga bo‘yalgan elektrogitarani taqdim etdi

    11.10.2021, 20:56

    Video: Yog‘och bo‘lagidan Gelandewagen’ning aniq nusxasini yaratish jarayoni

    11.10.2021, 12:55

    Toshkentda avtomobil ishqibozlari uchun MotorFest festivali bo‘lib o‘tdi (foto)

    11.10.2021, 09:53

    Apple iPhone’larni avtomobillardagi iqlim-nazorat va o‘rindiqlarni boshqarishga o‘rgatadi

    08.10.2021, 10:53

    Yangi Lada Vesta xuddi Tesla’dagi kabi vertikal sensor ekranga ega bo‘ladi

    06.10.2021, 19:56

    Yaponlar eng toza ekologik g‘ildirak diskalarini o‘ylab topdi. Ular buni shokoladdan tayyorlamoqda (video)

    06.10.2021, 13:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.