O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 29-noyabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Buyuk Britaniyaning Norfolk grafligi qirg‘oqlarida dam olib yotgan tyulen.

Foto: Legion Media

Toshkent shahri Yashnobod tumanida poyezd kesishmasidan o‘tayotgan piyodalar.

Foto: “Daryo” / Otash Yashin

Barselonada Sagrada Familia minoralaridan birining tepasida ulkan billur yulduz o‘rnatildi.

Foto: “TASS”

Liverpuldagi muzlagan Sefton Park ko‘li oldidagi kaptarlar. Buyuk Britaniyaning ba‘zi qismlarida harorat -10 darajagacha pasaydi.

Foto: PA

Xitoy g‘arbidagi Taklamakan cho‘liga qor yog‘di.

Foto: Getty Images

Pekindagi UCCA zamonaviy san’at markazida “So‘nggi hukm” ko‘rgazmasida italiyalik rassom Mauritsio Kattelanning “Novesento” asari yaqinida to‘plangan tashrifchilar.

Foto: Getty Images

Orshvillerdagi qor bilan qoplangan Haut-Koenigsbourg qal’asi atrofidagi tepaliklar.

Foto: AFP

Bangkok shimolidagi Lopburi provinsiyasida har yili o‘tkaziladigan maymunlar festivali vaqtida Pra Prang Sam Yod ibodatxonasida yaqinida fotograf ustiga chiqib olgan makakalar.

Foto: AFP

Martinikada koronavirus cheklovlariga qarshi norozilik namoyishida ishtirok etayotgan ayol.

Foto: Reuters

Fransiyaning janubi-g‘arbidagi Biarrits shahrida chag‘alaylar bilan selfi tushayotgan kishi.

Foto: AP Photo

Namoyishchilar Livandagi elektr energiyasining uzilishi va iqtisodiy inqirozga qarshi namoyish paytida yo‘llarni to‘sib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

Germaniya janubi qor bilan qoplandi.

Foto: “TASS”

Tokioda Sharqiy Osiyo yosh dizaynerlarini qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida SUNG JU kolleksiyasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”

Ispaniyada kuchli yog‘ingarchilik va qor erishi oqibatida yuz bergan suv toshqini vaqtida suv ostida qolgan avtomobil.

Foto: Reuters

Belarus—Polsha chegarasidagi migrantlar.

Foto: “TASS”

AQShning birinchi xonimi Jill Bayden Oq uy uchun yangi Rojdestvo interyerini taqdim etdi.

Foto: EPA

Livanda mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat yomonlashgani sababli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: “TASS”

Gretsiyada COVID-19 bilan kasallanishning keskin o‘sishi qayd etildi.

Foto: “TASS”

Finlyandiyaning Ruka shahrida Chang‘idan sakrash va biatlon bo‘yicha jahon chempionatining start bosqichi yakunlandi.

Foto: Getty Images

Filippin yangi “omikron” koronavirus shtammi tarqalishi fonida Yevropaning yetti mamlakatiga borishni taqiqladi.

Foto: “TASS”

Pokistonning Charsadda shahrida Qur’onni tahqirlanishi fonida yuz bergan tartibsizliklar vaqtida yoqib yuborilgan mashina oldidan o‘tib ketayotgan bola.

Foto: EPA