Daryo

JSST Afrikada aniqlangan koronavirusning yangi shtammini butun dunyo uchun xavfli deya tan oldi

Mutatsiyalar seriyasiga uchragan B.1.1.529 virusi organizmdagi protein tarkibiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin

1 daqiqa o‘qish48 002 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti JARda aniqlangan koronavirusning yangi shtammini grekcha omikron (O) harfi bilan nomladi, deb xabar beradi “RBK”. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, virusning navbatdagi turi infeksiya tarqalishiga qarshi kurashmayotgan davlatlarga xavf tug‘dirishi mumkin.

Foto: EPA

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, mutatsiyalar seriyasiga uchragan B.1.1.529 virusi organizmdagi protein tarkibiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Amaldagi vaksinalar bu kabi o‘zgarishlarga yetarlicha samarador bo‘lmasligi aytilmoqda.

JAR namunasi virusning ushbu varianti o‘zidan oldingilarga qaraganda tezroq tarqalayotganini va ko‘proq odamlarga, jumladan, virusning boshqa shtammlari bilan kasallanganlar ham yuqishini ko‘rsatgan. JSST barcha davlatlarni yangi shtammni o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirgan.

Avvalroq JSST sog‘liqni saqlash vaziri Jo Faala yangi shtamm xavfi haqida ogohlantirgandi. U virusning mazkur varianti 11-noyabr kuni aniqlangani va mamlakatga tashriflar uchun yangi cheklovlar joriy etilishini ma’lum qilgan.

So‘nggi hafta davomida virusning yangi shtammi Botsvana, Belgiya, Isroil va Gonkongda aniqlangan.

Pfizer / BionTech SE va AstraZeneca vaksinalarini yaratuvchilari yangi shtammning paydo bo‘lish vaziyatini diqqat bilan o‘rganayotganini ma’lum qilgan.

Avvalroq britaniyalik olimlar o‘lim darajasi 35 foiz bo‘lgan yangi koronavirus shtammi paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning qo‘shimcha dozalari bilan emlash, shuningdek, koronavirus tarqalishi va chet eldan yangi shtammlarning kirib kelishi xavfini minimallashtirish yo‘li bilan ushbu ssenariyning oldini olish mumkin. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar