• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Belarus politsiyasi juda yaxshi. Belarusning o‘zi esa juda chiroyli”. Afrika va Yaqin Sharqdan kelib, Minskda qolib ketgan minglab migrantlar qanday yashayapti va nima xohlayapti?

    Belarus va Yevropa Ittifoqi chegarasidagi migratsion inqiroz boshlanganiga bir necha oy bo‘ldi. Afrika va Yaqin Sharqdan kelgan minglab qochoqlar hamon Belarusda qolmoqda. Ularning ayrimlari chegarani yorib o‘tishga bir necha bor urinib ko‘rdi, biroq bu urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi. Ko‘pchilikning Yevropa Ittifoqiga kirib olish umidi so‘ngan va o‘z vataniga qaytishga qaror qilgan, chunki boshqa chora yo‘q. Meduza muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan qochoqlar nima sababdan o‘z yurtini tashlab kelgani, nega Yevropaga intilayotgani va endi nima qilmoqchiligi haqida hikoya qildi (“Daryo” esa bu hikoyalarni o‘zbek tiliga o‘girdi).

    Galleria savdo markazi oldidagi migrantlar, 2021-yil 13-noyabr.

    Galleria savdo markazi oldidagi migrantlar, 2021-yil 13-noyabr.
    Foto: LETA / Meduza

    “Bruzgi” chegara-o‘tkazish punkti yaqinidagi qochoqlar lageri 18-noyabr kuni huvillab qoldi. Belarus chegara xizmati xabariga ko‘ra, muhojirlar chegara yaqinidagi “transport-logistika markazi hududiga ko‘ngilli ravishda ko‘chib o‘tgan”. Bu — yerga yoyib tashlangan matraslarda ikki ming kishi uxlaydigan bir ombor. “BelTA” davlat axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda muhojirlar yegulik, ichimlik suv, kiyim-bosh va hatto koronavirusga qarshi vaksina bilan ta’minlanmoqda.

    Yana bir necha yuz nafar migrant vataniga uchib ketgan. Masalan, 400 ga yaqin iroqlik Iraqi Airways aviakompaniyasining maxsus evakuatsiya reysi orqali uyiga qaytib ketgan.

    Biroq Belarusda hali ham yetti mingga yaqin qochoq bor. Ularning asosiy qismi Iroq, Suriya va Yamandan. Belarus rasmiylari “hech kim kuch bilan quvib solinmasligi”ni ta’kidlamoqda. Aleksandr Lukashenko esa Germaniyaga hech bo‘lmasa ikki ming kishi uchun evakuatsiya koridori tashkil etishni taklif qildi. Berlin bu taklifni rad etdi.

    “Bu yerda yerosti o‘tish joylari ko‘p ekan. O‘sha yerda tunayveramiz”

    Yevropaga intilayotgan Minskdagi qochoqlarning shahar markazidagi Galleria savdo markazi oldida to‘planishi odatga aylangan. Savdo markazi eshiklariga allaqachon: “Sayyohlik ryukzaklari bilan kirish taqiqlanadi”, degan eslatmalar osib qo‘yilgan.

    Isinish yoki tamaddi qilish uchun ichkariga kirmoqchi bo‘lganlar buyumlarini yo yerosti o‘tish joylarida, yoki savdo markazi devorlari etagida qoldiradi — shunda ichkaridan qo‘riqchi chiqib, buyumlar va sumkalarni olishni talab qiladi. Yana birov esa ryukzagini shunday yerga tashlab ham ketaveradi.

    O‘sha yerosti o‘tish joylarida puli qolmagan qochoqlar tunaydi. Hali ozgina bo‘lsa-da puli borlar esa xostellarga joylashgan. Ham puli bor, ham Belarusning haqiqiy vizasiga ega migrantlar esa rasmiy ravishda mehmonxonalarga joylashadi.

    Ammo ularning hech birida “endi nima qilish kerak?” degan savolga aniq javob yo‘q. Meduza muxbiri bilan suhbatlashgan qochoqlarning ba’zilari uyga qaytishga qat’iy qaror qilganini aytdi. Boshqalari esa hali ham “Yevropa Ittifoqi biz uchun o‘z chegaralarini ochadi”, degan umidda.

    Ayni vaqtda, Minskda qolib ketgan migrantlarning juda ko‘pi jurnalistlar bilan muloqotni xohlamaydi, shunchaki xohlamaydi. Nega OAV bilan gaplashishni xohlamaysiz, degan savolga javob berarkan, qochoqlardan biri asabiylashib, lekin oddiy qilib: “Iroq”, — deb javob beradi.

    Iroq Kurdistoni (mamlakat shimolidagi muxtoriyat)dan kelgan yana bir 26 yoshli qochoqning tushuntirishicha, oxir-oqibat baribir uyga qaytishga majbur bo‘lsa, jurnalistlar bilan gaplashgani uchun vatanida “muammolar paydo bo‘lishi mumkin”.

    Meduza’ning suhbatdoshi Belarusga ikki hafta avval do‘stlari bilan birga kelgan. Ular bir chodirda olti kishi tunagani holda, bir necha kunni Grodno va Brest atrofidagi o‘rmonlarda o‘tkazgan. Ularni chegaraga Belarus harbiylari o‘tkazmagan, kamiga chegarachilar qochoqlarning SIM-kartalari va pauerbanklarini olib qo‘ygan va avtobusga o‘tirg‘azib, yana o‘rmonga olib borib tashlagan.

    Ular Minskka mahalliy aholining yordami bilan bir amallab qaytib olgan. Brest ostonasidagi bir qishloqda qochoqlarga kiyim berishgan, boshqa qishloqda esa yegulik. “Qandaydir belarus yigiti” esa poytaxtga qanday yetib olish mumkinligini ularga tushuntirgan.

    Minskda qolib ketgan iroqlik qochoqlarning so‘zlariga ko‘ra, Belarus orqali Yevropa Ittifoqiga kirib olishga urinib ko‘rishga ularni Iroqdagi vaziyat — ishsizlik, korrupsiya, “bir tiyinga qimmat ta’lim” hamda iroqliklarning “hech qanday huquqlari yo‘q”ligi majbur qilgan.

    “Iroqda maktabni tugatgach, qiladigan ishning o‘zi yo‘q. Yoshim 26 da, lekin na ishim va na pulim bor, bir dollarim ham yo‘q”, — deydi Meduza’ning suhbatdoshlaridan biri, “nega uyingizni tark etdingiz?” mazmunidagi savolga javob berarkan.

    Belarusga kelish uchun u aka-ukalari va do‘stlaridan qarz olgan. Minskka yetib olish uchun yordam beradigan sayyohlik agentliklarining xizmatlari — chiptalar, Belarus vizasini rasmiylashtirish, mehmonxona xarajatlari — bir necha ming dollarga tushadi. Migrantlarni Belarusga olib kelayotgan Iroq turfirmalari o‘z mijozlariga ularning Yevroittifoqqa o‘tib olishiga Belarus chegarachilari yordam berishini va’da qiladi. Aslida hammasi boshqacha, va’da qilinganidek emasligini iroqliklar Polsha chegarasiga yetib kelgachgina anglab yetmoqda.

    Mavzuga doir: Litvaning ayni vaqtdagi eng asosiy muammosi — Belarusdan kelayotgan noqonuniy muhojirlar. Ular 39 baravarga ko‘paydi

    Hozir qochoqlar Minskka chodirlar tikmoqchi: “Bu yerda shuncha yerosti o‘tish joylari bor ekan. O‘sha yerlarga borib, ichida uxlayveramiz”. Keyin nima qilish kerak — buni o‘zlari ham bilmaydi. “Polsha chegarani ochib qolar, deb umid qilyapmiz”, — deydi ulardan biri.

    Meduza suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan boshqa bir kurdning Belarusda yashayotganiga bir oydan oshgan va u Polsha chegarasini yorib o‘tishga bir necha bor muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rgan. “Lekin Belarus politsiyasi juda yaxshi — har kuni bizga, bolalarimizga yegulik va suv berib turishdi. Va Belarus juda chiroyli!”, — deydi, ko‘tarinkilik bilan.

    U hozir kuniga 120 dollardan to‘lab, xostelda yashayapti. Meduza suhbatdoshining aytishicha, u Germaniyaga yetib olish uchun yana bir bor urinib ko‘radi, shu safar ham o‘xshamasa, u holda Iroqqa qaytadi: “Lekin Iroqda hayot juda og‘ir. Iroqda mening hayotim yo‘q edi”.

    Savdo markazi oldidagi migrantlar, 2021-yil 13-noyabr.

    Savdo markazi oldidagi migrantlar, 2021-yil 13-noyabr.
    Foto: LETA / Meduza

    Yana bir qochoq — 33 yoshli suriyalikning so‘zlariga ko‘ra, u Belarusga 20 kun avval kelgan. Shundan 15 kunni o‘rmonda o‘tkazgan. Polsha bilan chegarani kesib o‘tishga bir necha bor harakat qilgan, Grodnodagi chegarada ham, Brestdagisida ham bo‘lgan. “Chegara bo‘ylab 200 kilometr yurdik. Ammo Polsha chegarachilari bizni ortga qaytarib yubordi, telefonimni sindirishdi”, — shikoyat qiladi u.

    Shundan so‘ng, aytishicha, u boshqa qochoqlar guruhi — “300 kishi, 30 bola” — bilan chegaradagi qochoqlar lageriga joylashib olmoqchi bo‘lgan, ammo buni ham uddalolmagan. Ta’kidlashicha, “Belarus politsiyachilari va harbiylari” ularga: “Yo‘q, Minskka ham emas, lagerga ham emas — borsanglar, Polsha yo Litvaga boringlar”, deb aytgan.

    “Biz ularga: ‘Biz o‘lyapmiz. Iltimos’, dedik. Ovqatimiz qolmagandi, suvni daryodan olib ichayotgandik. Lagerga kirishimiz kerak edi, u yerda suv bor. Ehtimol, bir-ikki askar: ‘Mayli, lagerga boraveringlar’, degan bo‘lishi mumkin, lekin unvoni kattaroq harbiylar: ‘Yo‘q, ketinglar’, deb turib oldi”, — deya eslaydi u.

    Meduza suhbatdoshining akasi va opasi allaqachon Germaniyaga ko‘chib ketgan, ammo endi o‘zining Yevropa Ittifoqiga kira olishiga ishonchi ko‘p ham komil emas. “Biz kambag‘al emasmiz, — alohida ta’kidlaydi u. — Pulimiz, biznesimiz bor. Suriyada katta kompaniyam bor, biznesmenman. Porsche Cayenne mashinam bor, lekin u yerda kelajagim yo‘q”.

    Mavzuga doir:

    • Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Liviya va Afg‘oniston fuqarolarining O‘zbekiston orqali Belarusga parvozi vaqtincha cheklandi
    • Belarusda Iroqqa qaytishni istamagan muhojirlar miting uyushtirib, ularni Yevropa Ittifoqiga kiritishni talab qildi (video)
    • Polsha—Belarus chegarasidagi muhojirlar aks etgan fotolar tarqaldi. Yevrokomissiya Belarusni migrantlar oqimini uyushtirganlikda ayblamoqda
    • Belarusdan Polshaga ketayotgan qochqinlar karvonini aks ettiruvchi videolar tarqaldi. Polsha hukumati chegarani buzishga tayyorgarlik haqida ogohlantirdi (video)
    • Migratsiya inqirozida Lukashenkoning aybi yo‘q. Ammo u Yevropaga ketadigan Rossiya gazini uzib qo‘ymasligi kerak. Putin haftaning eng muhim mavzusi haqida fikr bildirdi

    28.11.2021, 22:58   Izoh (0)   57609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kanadada ko‘l yuzasini g‘aroyib muzli sharchalar qopladi (video)

    28.11.2021, 21:57

    Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra hukmron partiya yetakchilik qilmoqda

    28.11.2021, 21:10

    Koronavirusning JARda topilgan “omikron” shtammi Avstraliyaga yetib bordi. Isroil o‘z chegaralarini 2 haftaga yopdi

    28.11.2021, 18:48

    Albatroslar — juda vafodor qush. Ammo global isish sabab, aftidan, ular orasida ajrashishlar ko‘paygan

    28.11.2021, 17:47

    Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchilari jazolanishini bildirdi

    28.11.2021, 16:50

    “Tolibon” 2022-yilda qizlar uchun maktablar ochishni rejalashtirmoqda

    28.11.2021, 16:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.