Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Munisa Rizayeva sevimli xonandasi Jah Khalib’ning konsertida mehmon bo‘ldi hamda taassurotlarini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Muqaddas Sa’dullayeva farzandlari bilan “Bola tilidan” ko‘rsatuvida ishtirok etdi.

Foto: Instagram

Xonanda Shohruhxon shahardagi valyuta ayirboshlash bankomatlari yaxshi ishlamayotganidan shikoyat qildi. U dollarni so‘mga aylantirish maqsadida pulini bankomatga tiqqanida, apparat pulni “yutib yuborgan”.

Dilnoza Kubayeva “Sizsiz o‘tmas kunlarim” spektaklidan sahnalar aks etgan suratlarni sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Aktrisa va model Aziza Xalilova o‘ziga tegishli Lexus NX avtomobilini sotayotganini ma’lum qildi.

Maryam Tillayeva Moskvada bobosi Islom Karimov haykalini ziyorat qildi.

Foto: Instagram

“Havas” guruhi xonandasi Qahramon G‘ulomjonov o‘g‘il farzandli bo‘ldi.

Azamat Ahrorov uyatsiz filmda suratga tushish taklifini olgani, katta pul taklif qilishsa ham uni rad etgani haqida so‘zlab berdi.

Otabek Mirzaxolov farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Raqqosa Parizoda to‘rtinchi farzandiga homiladorligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

27-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Dizayn” kulgi jamoasi aktyori Dilshod Musabekov avariyaga uchrab, qo‘l va oyog‘i singani haqida mish-mishlar hamda ushbu holatni aks ettiruvchi suratlar tarqaldi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Keyinroq Dilshod Musabekovning o‘zi aloqaga chiqib, soppa-sog‘ ekani, ushbu suratlar esa ko‘rsatuv syomkasidan olinganini ma’lum qildi.

“Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘tkazilayotgan “Yetti yulduz” konsert dasturida qaysi xonandalar chiqish qilayotgani ma’lum bo‘ldi.