Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Parizoda ishtirok etgan to‘yda yana ko‘ngilsiz holat yuz berdi. Uning dugonasi to‘satdan turtib yubordi, raqqosa yiqilayotganida esa dugonasi uning sochidan tutib qoldi.

Turk aktrisasi Melisa Pamuk folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Jahongir Xo‘jayev Dubayda idish-tovoq yuvayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Bahora Arslonova mashina bozorini aylandi.

Foto: Instagram

Ravshan Komilov oila a’zolari bilan Dubayda dam olmoqda.

Ziyoda oilasi bilan Yangi yil fotosessiyasini tashkillashtirdi.

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova kechki ovqatga mangalda pishgan baliq tayyorladi.

Imron uyida qandilni tuzatayotgani aks etgan surat bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Vizajist makiyaj orqali o‘zini aktrisa Asal Shodiyevaga o‘xshatib qo‘ydi. Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.

Shahlo Zoirova Bunyodbek Saidovning konsert dasturida ishtirok etdi.

Foto: Instagram

Yigitali Mamajonov rafiqasi va farzandlariga o‘z qo‘llari bilan tovuq oyoqchalarini tayyorlab berdi.

Turk aktrisasi Meryem Uzerli Rossiyaga tashrif buyurdi.

Foto: Instagram

Teleboshlovchi va xonanda Xusnora Shodiyeva yana bir orzusini amalga oshirdi. U o‘ziga qizil rangli avtomobil xarid qildi.