Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Smartavia aviakompaniyasi O‘zbekistonga birinchi muntazam parvozlarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatiga tayanib “TASS” xabar berdi.

Foto: Wikimedia Commons / Anna Zveryeva

Foto: Wikimedia Commons / Anna Zveryeva

Ungacha Smartavia faqat charter reyslarini amalga oshirgan. Aviakompaniya ikkita yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi, ulardan birida parvozlar boshlangan.

Sankt-Peterburg—Buxoro—Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 24-noyabr kuni amalga oshirilgan. Parvozlar har seshanba kuni Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Ikkinchi reys Sankt-Peterburg va Namangan o‘rtasida bo‘lib, parvozlar 1-dekabrdan boshlab har chorshanba kuni amalga oshiriladi.

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini aviakompaniya saytidan yoki aviachiptalar sotuvchi agentliklardan bilib olish mumkin.

Smartavia joriy qish mavsumida O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshiradigan Rossiya aviakompaniyalarining avval e’lon qilingan ro‘yxatiga kiritilgan edi. Ro‘yxatda yuqoridagi ikkala reys ham o‘rin olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada urushga qarshi rasm chizgan qizning otasi 2 yillik koloniyaga hukm qilindi
Dunyo
“Har bir davlatni ayollar boshqarsa, dunyo yaxshi tomonga o‘zgarardi” — Obama 
Dunyo
Rossiyada kim Ukrainaga hujum qilish qarorini qabul qilgani aytildi