Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmaniston aholisiga Qoraqum cho‘lidagi Darvaza gaz krateri (chuqurlik)ga maxsus ruxsatsiz tashrif buyurish taqiqlandi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Darvaza gaz krateri

Darvaza gaz krateri
Foto: Depositphotos

Ushbu mashhur sayyohlik obyekti 1971-yilda Sovet geologlari bu joyda yerosti gazi to‘planganini aniqlagan vaqtda paydo bo‘lgan. O‘rnatilgan gaz platformasi bo‘shliqqa tushib ketib, chuqur krater hosil qilgan. Odamlar va chorva mollari uchun zararli bo‘lgan gazlar havoga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ular bu yerga o‘t qo‘yishga qaror qilgan. Geologlar yong‘in bir necha kundan keyin o‘chadi deb o‘ylagan, ammo ular adashgan edi. 50 yil davomida kraterdan ko‘tarilgan gaz kecha-yu kunduz tinimsiz yonmoqda, deyiladi xabarda.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Xabarga ko‘ra, endi Darvazaga faqat “Turkmenseyahat” davlat sayyohlik korporatsiyasi ruxsati bilan guruhlarga bo‘lingan holda tashrif buyurish mumkin.

Kraterdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, Axal va Toshhovuz viloyatlarining chegarasida Darvaza qishlog‘i joylashgan bo‘lib, undan ikki viloyatni bog‘lovchi yo‘l o‘tadi. Qishloq aholisi tez-tez mehmonlarni kraterga olib kelardi. Kraterda olov yonayotgani uchun qishda cho‘ponlar issiqroq bo‘ladi, deb o‘ylab, uning yaqiniga suruv qo‘ylarini haydardi.

Politsiya xodimlari kraterga postlar o‘rnatib, mahalliy aholini endi u yerga yaqinlashish taqiqlangani haqida ogohlantirdi. Ular taqiqni gazdan zaharlanish, kuyish yoki chuqurlikka tushib ketish ehtimoli bilan tushuntirdi.

Noma’lum sabablarga ko‘ra, bu taqiq sayyohlarga taalluqli emas, deyiladi xabarda.

Krater xalq orasida “Jahannam darvozasi” deb ataladi. Rasmiylar obyektning nomini “Qoraqum yog‘dulari” deb o‘zgartirishga harakat qilgan, ammo bu nom qabul qilinmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi