Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmanistonda 2020-yilning yozida koronavirus haqida she’r yozgan 48 yoshli YouTube blogeri Murat Ovezov besh yilga qamaldi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Murat Ovezov

Murat Ovezov
Foto: “Xronika Turkmenistana”

Ovezov Turkmaniston Jinoyat kodeksining 228-moddasi “firibgarlik” bo‘yicha sudlangan, biroq Turkmennews nashri manbalari ish qo‘zg‘atilishiga haqiqiy sabab sifatida uning YouTube’dagi chiqishlarini keltirmoqda.

Toshhovuz viloyatining Gubadog‘ tumanida yashovchi Ovezov o‘z kanalida mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar – do‘konlardagi navbatlar, internetga kirishdagi qiyinchiliklar, shuningdek, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va bu borada kiritilgan cheklovlar haqida aytib bergan.

Murat Ovezov 2020-yil 12-iyunda o‘zining birinchi videolavhasida pandemiya haqida gapirgan va koronavirus to‘g‘risidagi “Achchiq haqiqat” she’rini o‘qib bergan.

Erkak tarmoq marketingi bilan shug‘ullangani sababli o‘z kanali orqali foydalilik darajasi shubha ostida bo‘lgan ayrim biologik faol qo‘shimchalarni ham reklama qilgan.

Ammo Turkmennews’ning fikricha, aynan mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi videosi bu odamga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga asl sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni turkmanistonlik talaba Ro‘zgeldi Cho‘liyev Moskvaning Sheremetyevo aeroportida hibsga olingandi. U internetda hukumatni tanqid qilgani uchun Turkmaniston maxsus xizmatlari tomonidan ta’qib qilinayotgan edi. Cho‘liyev internetda bir necha bor Turkmaniston prezidentini tanqid qilib, video joylashtirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda