24-noyabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Germaniyaning Stokelsdorf shahridagi kutish joylari va emlash xonalari bo‘sh vaksina flakonlari bilan bezatildi.
Foto: Getty Images
Mavzuga doir: Navoiyda koronavirusga qarshi emlanmagan 20 nafar o‘qituvchini ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan direktor javobgarlikka tortildi
Mavzuga doir: Bloomberg: Yevropa Ittifoqi muhojirlarni Belarus va Polshaga tashiydigan firmalarga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqchi
“Barselona” himoyachisi Erik Garsiya (chapda) va yarim himoyachi Frenki de Yong (chapdan ikkinchi) Kataloniyada bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasi “E” guruhi o‘yinida “Benfika” darvozaboni Odisseas Vlaxodimosga (o‘rtada) qarshi o‘yinda.
Foto: EPA
Mavzuga doir: “Barselona”ga qaytishi mumkinligi, Ronaldu bilan raqobati va Mbappening “Real”ga o‘tishi haqida — Lionel Messi bilan intervyu
Ispaniya qirollik juftligi rasmiy tashrif bilan Shvetsiyaga keldi. Suratda: Ispaniya qirolichasi Letisiya va Shvetsiya qirolichasi Silviya.
Foto: Getty Images
Dominikan harbiylari Gaiti bilan chegarada kuzatuvni kuchaytirmoqda. Gaiti hozirda eng katta zo‘ravonlik to‘lqinlaridan birini boshdan kechirmoqda. Suratda: chegarada ikki gaitilik bola.
Foto: EPA
Qo‘shma Shtatlar Yerni asteroid to‘qnashuvidan himoya qilish texnologiyasini sinab ko‘rish uchun DART kosmik kemasini uchirdi. Parvoz SpaceX kompaniyasining Falcon 9 og‘ir raketasi yordamida amalga oshirildi.
Foto: EPA
Tibbiyot xodimlari Bryusselda majburiy emlash sanksiyalari loyihasiga qarshi namoyish qilish uchun yig‘ildi.
Foto: Getty Images
Filippin katoliklari Kulli chorshanbani nishonlamoqda. Bu kunda xirstianlar peshonasiga cherkovda rohib tomonidan kul surtiladi.
Foto: EPA
Buyuk Britaniyaning Berkshir shahridagi Yattendon mulkida plastik to‘rga o‘ralgan Rojdestvo daraxti bog‘lamlarini yig‘ib, yuklayotgan ishchilar.
Foto: PA
Falastinlik ko‘cha sotuvchilari plyajda makkajo‘xori va qahva uchun suv qaynatishyapti.
Foto: Shutterstock
Italiyaning Spagnoli tumanida marhum argentinalik futbol afsonasi Diego Maradonaning devoriy surati. 25-noyabr kuni vafotining bir yilligi munosabati bilan uning nomi bilan atalgan stadion oldiga bronza haykal o‘rnatiladi.
Foto: AFP
Tszyansi provinsiyasidagi Vanzay okrugida fermer bambuk tayoqchalarini quritmoqda.
Foto: Getty Images
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Mirziyoyevdan choyxona so‘ragan otaxon, Quddusdan topilgan 2 ming yillik tanga, Qohiradagi avtomobillar chiqindixonasi. 23-noyabr suratlari
- Oq ayiqlar jangi, Xitoyda kuzatilayotgan xavfli darajadagi sovuq, futbol ko‘rayotgan qizlar. 22-noyabr suratlari
- Otaturkning po‘lat haykali, 30 dollarga sotilgan san’at asari, lyuks xonada dam olayotgan kurkalar. 19-noyabr suratlari
- Davlat maqomini o‘zgartirayotgan davlat, “Tolibon”ga yuborilgan yordam, qisqichbaqalar uchun ko‘prik. 18-noyabr suratlari
- Birinchi qordan bo‘sa olayotgan qiz, talabalar kuni nishonlangan bitiruv kechasi, zaharli havo bilan qoplangan shahar. 17-noyabr suratlari
- Benzin narxi ko‘tarilishiga qarshi namoyish, kasalxona yaqinida portlagan mashina, sohilga tushgan chaqmoq. 16-noyabr suratlari
- Bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazayotgan falastinliklar, dadasi bilan qor o‘ynayotgan qizcha, Sfinks bilan suratga tushgan shahzoda va malika. Hafta suratlari