• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Nort”dan “Qora beva”gacha: amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson 37 yoshda

    Bo‘lajak Gollivud yulduzining ismi Margaret Mitchellning “Shamollarda qolgan hislarim” filmi qahramoni Skarlett O’Xara sharafiga qo‘yilgan. Skarlett va uning egizak ukasi Hanter 1984-yil 22-noyabrda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Yoxansson Nyu-Yorkning eng nufuzli va qimmat hududi bo‘lgan Manxettenda tug‘ilib-o‘sgan bo‘lishiga qaramay, bo‘lajak aktrisaning oilasi arang kun kechirgan.

    Foto: Getty Images

    Onasi to‘rt farzandining tarbiyasi bilan shug‘ullangan, otasi esa arxitektor bo‘lgan. Intervyularning birida Yoxansson ular nafaqa asosida yashaganini aytgan. Oilada to‘rt nafar bolani boqish uchun ota-ona kambag‘al oilalarga mo‘ljallangan kupondan foydalangan. Bolaligidanoq ota-onasining janjallariga guvoh bo‘lgan Skarlett chuqur psixologik travma olgan. Keyinchalik ham u “xafa qilishlariga doim tayyor turish” instinkti hali ham unga xos ekanligini tan oladi.

    Skarlett Yoxansson va egizak ukasi Hanter Yoxansson

    Skarlett Yoxansson va egizak ukasi Hanter Yoxansson
    Foto: Shutterstock

    Skarlettning unutilmas, ajoyib bolalik davrlari bo‘lmagan. Skarlett yoshligidanoq Li Strasbergning aktyorlik maktabida ta’lim oladi: kino uning orzusi edi. Ota-onasi ajrashgandan so‘ng kichik Skarlett onasi bilan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tadi, lekin u muntazam ravishda otasining oldiga — Nyu-Yorkka kelib turadi. 8 yoshida u “Sofistika” filmining teatrlashtirilgan spektaklida Itan Xouk bilan birga rol ijro etdi, hatto shu yoshda ham uning ajoyib qobiliyatlari ko‘plab kinoijodkorlarga manzur bo‘ldi. 9 yoshida u birinchi marta Rob Reynerning “Nort” oilaviy komediyasida rol o‘ynadi. “Kichik Skarlett bolalarga xos bo‘lmagan iste’dodga ega!”, – degan edi taniqli rejissor.

    9 yoshli Skarletning “Nort” filmidagi roli

    9 yoshli Skarletning “Nort” filmidagi roli
    Foto: Getty Images

    Skarlett 12 yoshida o‘zining birinchi bosh rolini “O‘g‘rilar” komedik-dramasida o‘ynadi. Buning uchun Yoxansson Independent Spirit Awards mukofotining “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bir nechta filmlardagi rollaridan so‘ng 14 yoshli Skarlett Robert Redfordning “Ot shaydosi” melodramasida namoyon bo‘ldi. Nogiron qiz Greys Maklin roli yosh aktrisaga Amerikada katta shuhrat keltirdi. Shundan keyingina aktrisaga ko‘plab takliflar kelib tushdi (“Mavjud bo‘lmagan odam”, “Arvohlar olami”, “Amerikancha qo‘shiq” va boshqalar).

    Foto: Shutterstock

    Skarlett Yoxansson 19 yoshida Sofiya Koppolaning “Tarjima mashaqqati” filmidagi rolidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlardan tashqarida ham shuhrat qozondi. Mazkur filmdagi Sharlotta roli unga bir qator nufuzli mukofotlarni, jumladan, BAFTA’ning “Eng yaxshi aktrisa” mukofotini ham olib keldi. 2003-yil Skarlett gollandiyalik rassom Yan Vermeyerning xizmatkori rolini o‘ynagan “Marvarid sirg‘ali qiz” dramasida rol ijro etdi. Shu roli sababli “Oltin globus”ga nomzodi qo‘yildi.

    Shundan so‘ng Skarlettni taniqli rejissorlar ham o‘z loyihalariga taklif qilishni boshlaydi. U Maykl Beyning “Orol” fantastik jangari filmida, Kristofer Nolanning “Obro‘” trillerida, Vudi Allenning “Match Point” dramasida, Brayan de Palmaning “Qora orhideya” trilleri va boshqa mashhur filmlarda rol o‘ynaydi. “Match Point”dagi rolidan so‘ng 21 yoshli Skarlett Vudi Allenning yangi ilhom parisiga aylanadi va yana ikkita kartina — “Sensatsiya” (2006) va “Viki Kristina Barselona” (2008) filmlarida birgalikda ishlashadi.

    Foto: Shutterstock

    2008-yilda Yoxansson “Yana bir Boleyn avlodi” tarixiy dramasida dugonasi Natali Portman bilan birgalikda Mariya Boleyn rolini o‘ynadi. Shu bilan birga, 24 yoshli Skarlett qo‘shiqchi va rejissor sifatida debyut qiladi. Uning birinchi Anywhere I Lay My Head albomi aktrisaning chuqur, maftunkor tembri tufayli musiqa tanqidchilari tomonidan yaxshi kutib olindi. Ammo yulduzning “Nyu-York, men seni sevaman” qisqa hikoyalar to‘plami asosida ishlangan oq-qora qisqa metrajli filmi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutib, prodyuserlar tanqidiga uchraydi. Shundan keyin Skarlett bir muddatga rejissorlik faoliyatini tark etadi. Ammo u aktrisa sifatida juda ko‘p filmlarda o‘ziga topshirilgan rollarni qoyilmaqom tarzda ijro etgan. 2010-yilda u “Temir odam 2” filmida maxsus agent Natasha Romanova rolini o‘ynaydi va 2012-yilda u “Qasoskorlar” komiksining ekranlashtirilgan variantida paydo bo‘ldi. Skarlett Yoxansson 27 yoshidayoq Gollivudning Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi.

    Foto: Shutterstock

    Skarlett turli loyihalarda faol ishtirok etishni davom ettirdi (“Lyusi” (2014), “G‘ildirakdagi oshpaz” (2014), “Yashasin, Sezar!” (2016), “Qurol sharpasi” (2017), “Juda yomon qizlar” (2017 ), “Quyoncha Jojo” (2019), “Nikoh haqida hikoya” (2019) va Marvel’ning bir nechta filmlarda suratga tushdi. 2021-yilda esa mazkur franshizaning “Qora beva” nomli filmi prokatga chiqarildi.

    Foto: IXBET

    “Qora beva” lentasi 9-iyuldan boshlab kinoteatrlar va Disney+ da namoyish etildi. Dastlabki dam olish kunlari davomida kartina 218 million dollar to‘plagan. Butun dunyo bo‘ylab kassa yig‘imlari esa 378 million dollardan oshadi. Disney ma’lumotlarga ko‘ra, shuningdek, film prokatning dastlabki 20 kuni davomidagi oqimli xaridlar sabab 60 million dollarga yaqin mablag‘ ishlagan.

    Skarlettning shaxsiy hayoti haqida gap ketganda, jurnalistlar uning ko‘plab erkaklar bilan bo‘lgan munosabatlari haqida yozishgan, ammo bularning barchasi ham haqiqat emas. U 2008-yilda Rayan Reynoldsga turmushga chiqdi, ammo juftlik oradan 3 yil o‘tib 2011-yilda ajrashdi. Aktrisaning fransuz jurnalisti Roman Doriak bilan keyingi nikohidan qiz farzand dunyoga keldi, ammo bu nikoh ham ajralish bilan yakunlandi.

    Foto: Getty Images

    2020-yilda Yoxansson uchinchi marta — Saturday Night Live dasturi komik aktyori va ssenariy muallifi Kolin Jostga turmushga chiqdi. 2021-yilda esa Yoxansson ikkinchi marta ona bo‘ldi. Tan berish kerakki, aktrisa farzandi dunyoga kelgunga qadar homiladorligini mohirona tarzda yashira olgan. Skarlett qorni sezilarli darajada bilina boshlagach, omma e’tiboridan qochishga harakat qilgan va hatto “Qora beva” filmining premyerasida ham ishtirok etmagan.

    Foto: Getty Images

    Hozirda aktrisa Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, doimiy ravishda o‘n million dollar gonorar oluvchi Gollivud yulduzlari qatoriga kiradi. Yoxansson 2018-yilda reytingning birinchi pog‘onasini egallagan. U 2017-yilning iyunidan 2018-yilning iyunigacha 40,5 million dollar daromad olgan.

    Forbes’da qayd etilishicha, Yoxansson uchun eng ko‘p daromad keltirgan rol “Qasoskorlar” filmi turkumidan bo‘lgan “Qora beva” filmidagi rus josusi roli bo‘lgan. Bu rol ijrosi orqali aktrisaning daromadi 4 baravarga oshgan.

    Mavzuga doir: 

    • Foto: Imijini tez-tez o‘zgartirishdan cho‘chimaydigan mashhur ayollar
    • Jahonga mashhur Gollivud yulduzlari maktab bitiruv oqshomida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)
    • Anjelina Joli, Keyt Uinslet va ilk rolidagi ko‘rinishidan tanish mushkul bo‘lgan boshqa yulduzlar (foto)
    • Stilist va plastik operatsiyalardan avval: Gollivud yulduzlari ilk bor qizil yo‘lakda qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)

    22.11.2021, 15:38   Izoh (0)   20190
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)

    22.11.2021, 12:05

    “Men do‘zaxning barcha olovlarini bosib o‘tdim”: O‘z go‘zalligining qurboni bo‘lgan hind aktrisasi Zinat Aman 70 yoshda (foto)

    21.11.2021, 21:47

    “Odamlar aytishga odatlanib qolgan ‘o‘yinchi’ emasman”. Kasbidan or qilmaydigan balet raqqosi Ulug‘bek Olimov bilan intervyu

    21.11.2021, 18:44

    2022-yilda farzandli bo‘lishi kutilayotgan jahon yulduzlari (foto)

    21.11.2021, 16:42

    Instagram: Feruza Jumaniyozova operatsiya qilindi, Munisa Rizayeva bir haftada nechta kiyim xarid qiladi? Davron Kabulov Rayhonning sahifasini “ijaraga oldi”

    20.11.2021, 22:44

    Yulduzlarning xarajatlari: mashhurlar birinchi gonorariga nima sotib olgan?

    20.11.2021, 20:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.