• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Odamlar aytishga odatlanib qolgan ‘o‘yinchi’ emasman”. Kasbidan or qilmaydigan balet raqqosi Ulug‘bek Olimov bilan intervyu

    Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri — opera va balet san’ati sohasidagi O‘zbekistonning asosiy teatri hisoblanadi. Teatr binosining serhashamligi, til va millat tanlamas repertuari sabab hamisha chet ellik mehmonlar e’tiborida. Tan olish kerak, opera va balet san’ati o‘zbek xalqiga u qadar yaqin emas. Shu sabab teatr muxlislari orasida o‘zbek tomoshabinini topish amrimahol. Ammo ijodkorlar orasida o‘zbek yigit-qizlarini uchratish mumkin. Bugun asli farg‘onalik bo‘lgan balet artisti Ulug‘bek Olimov bilan suhbatda bo‘ldik.

    Foto: Ulug‘bek Olimov arxividan

    Foto: Ulug‘bek Olimov arxividan

    “Oilamizga san’at begona emas”

    — Raqs san’ati oilamizga begona emas. Amakim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qahharov sabab bolalagimdan raqsga mehr qo‘yganman. 2007-yili 11 yoshimda amakimning yordami bilan Toshkentga kelganman. Men bilan birga qarindoshlarimning to‘rt nafar o‘g‘li ham bor edi. Avvaliga o‘zbek milliy raqsi bilan shug‘ullandim, kutilmaganda Xoreografiya oliy maktabining murabbiylari meni balet guruhiga o‘tkazishdi. Bunga tashqi ko‘rinishimdagi o‘ziga xoslik sabab bo‘lgan. Rostini aytish kerak, balet san’atiga o‘zbek “tipaji”dagi raqqoslarni qabul qilishmaydi.

    Foto: Ulug‘bek Olimov arxividan

    Foto: Ulug‘bek Olimov arxividan

    “Ota-onam tanlovimni qo‘llab-quvvatlagan”

    Ota-onam san’atkor bo‘lishmasa-da, tanlovimga qarshi bo‘lishmadi. Aksincha, hamisha qo‘llab-quvvatlashadi. San’atim orqali dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatida bo‘ldim, oz bo‘lsa-da, o‘zbek balet san’ati rivojiga hissa qo‘shayotganimdan quvonishadi. Kasbim haqidagi tanqidiy fikrlarga e’tibor bermayman. Chunki bu san’at 500 yillik tarixga ega. Mehnatim halol va bu bilan ro‘zg‘orimni tebratayotganimdan xursandman. Ba’zilar o‘ylagandek, biz o‘yinchi emasmiz, professional raqqos bo‘lish uchun davlat tomonidan 8 yil o‘qitilganmiz.

    Foto: Ulug‘bek Olimov arxividan

    Foto: Ulug‘bek Olimov arxividan

    “Ko‘chada balet artistiman, desam, ‘Haa, operachi’, deyishadi”

    Tan olish kerak, o‘zbek xalqi baletni u qadar tushunmaydi. Shu bois muxlislarimizning asosiy qismini o‘zga millat vakillari va xorijlik mehmonlar tashkil qiladi.Har bir ishning o‘ziga yarasha mashaqqati bor. Har kunimizning kamida 5 soati mashg‘ulotlarda o‘tadi. Avvaliga guruh mashg‘ulotlari, so‘ng yakka tartibdagi mashg‘ulotlar bilan bandmiz. Bir-ikki kunlik tanaffus ham balet artistining “forma”dan chiqishga sabab bo‘ladi. Baletdagi har bir harakatni o‘ylab amalga oshirish kerak. Yo‘qsa, bu jiddiy jarohatga sabab bo‘lishi mumkin.

    Foto: Ulug‘bek Olimov arxividan

    Foto: Ulug‘bek Olimov arxividan

    Baletda vaznga alohida e’tibor beriladi. Yigitlar 75 kilogram, qizlar esa 45 kilogramdan oshmasligi kerak. Odatda, 45 kilogramdan oshgan qizlar sahnaga qo‘yilmaydi, yigitlarga esa bunday talab yo‘q. Ammo biz ba’zi odamlar singari istagan paytda milliy taomlardan (qozonkabob kabi kaloriyaga boy taomlarni) iste’mol qilolmaymiz. Bugungi shohona taom ertagi mashg‘ulotlarda erkin harakatlanishimizga to‘sqinlik qiladi. Shu bois, ratsionimiz yengil va foydali taomlarga boy.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Suhbatimizga Ulug‘bek Olimovning turmush o‘rtog‘i xoreograf-pedagog Shohsanam Olimova qo‘shildi. U ayni damda onalik ta’tilida, yaqin kunlarda ikkinchi farzandini dunyoga keltiradi.— Ko‘cha-ko‘yda “Turmush o‘rtog‘ingiz qaysi kasbda ishlaydi?” deb ko‘p so‘rashadi. Balet artisti desam “Unday odam bilan qanday yashaysiz? Sizga bo‘lgan munosabati qanday?” deyishadi. Bunday savollar ko‘nglimni og‘ritadi. Chunki balet odamlar o‘ylagandek yomon yoki uyatli ish emas. Uni egallash uchun yillar davomida harakat qilish, o‘rganish kerak. Shaxsam mening bo‘yim pastligi va dumaloq yuzli bo‘lganim uchun baletga qabul qilishmagan. Turmush o‘rtog‘im sahnada raqqos, ammo hayotda hamma qatori oila boshlig‘i, farzandlarimning otasi. Balet sport va san’at uyg‘unligidagi raqs. “Baletchilar o‘ynab pul topadi” deydiganlar ikki soatlik spektakldan keyin balet artistlarining ahvolini ko‘rishsa, bu fikrlaridan qaytishlari aniq. Oyoq uchida tik turgandan so‘ng oyoq barmoqlari qattiq og‘riydi, qo‘l-oyoq mushaklaridagi og‘riqlarni-ku tasavvur qilish qiyin.Ba’zan dugonalarim bilan spektakl ko‘rgani kelamiz. Ular “Nega eringni rashk qilmading, biz partnyoridan qizg‘onib o‘tirdik”, — deyishadi. Haqiqatan ham sahnada turmush o‘rtog‘imni rashk qilmayman, partnyoringiz Nodira Hamroyeva sahnadagi ayolingiz, u bilan erkin raqs tushing deyman. Bunday deyishimning sababi, turmush o‘rtog‘im o‘z kasbidan or qilishini yoki men va farzandlari oldida xijolat bo‘lishini istamayman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Balet artisti Ulug‘bek Olimov ayolining nega san’atdan ketishini istaganini quyidagicha izohladi.

    — Turmush o‘rtog‘im bilan oldinma-ketin Xoreografiya oliy maktabida tahsil olganmiz. U ham bir muddat ansamblda, teatrda ishladi. Ammo 2019-yilda farzandli bo‘lgach, ikkimizdan birimiz ijoddan ketishimizga to‘g‘ri keldi. Chunki ijod boshqa kasblardan farq qiladi, ma’lum tartib asosida ishlamaymiz. Shu bois ayolim ijoddan ketishga va xoreograf-pedagog bo‘lib ishlashga qaror qildi. Ayolimga nisbatan rashkchiman, hatto kichik davralarda ham raqs tushishini istamayman.

    Foto: Ulug‘bek Olimov arxividan

    Foto: Ulug‘bek Olimov arxividan

    “Xorijdagi yaxshi daromad keltiradigan taklifni rad etganman”

    — 2019-yili Janubiy Koreyadagi balet kompaniyasida yaxshi mablag‘ evaziga ish taklif qilishdi. U paytlarda oyligimiz nihoyatda kam, hatto ijara uyning xarajatlarini qoplashga ham yetmasdi. Shunda hech bo‘lmasa 5 yil ishlab kelish uchun xorijga ketishga qat’iy ahd qilgandim. Shunda O‘zbekiston xalq artisti Razzoq Hamroyevning qizi Guli Hamroyeva menga katta motivatsiya berdi. Hatto, o‘zi rahbarlar bilan suhbatlashib, shogirdim xorijga ketmasin, deb harakat qildi. Shu insonning sa’y-harakatlari sabab davlat tomonidan imtiyozli uy berildi, oyliklarimiz ham ko‘tarildi. Shu bois, yelkamda balet san’atini rivojlantirishim kerak, degan mas’uliyat bor.

    “Eng katta orzum...”

    O‘tgan yili prezident tashabbusi bilan “Lazgi” nomli balet spektakli sahnalashtirildi. Spektaklni germaniyalik xoreograf Raymondo Rebek sahnalashtirdi. Bu o‘zbek balet tarixiga muhrlanadigan yorqin spektakl bo‘ldi. Kelajakda men ham Amir Temur lashkarlari haqidagi balet spektaklini sahnalashtirishni istayman. Rus baletida “Spartak” qanchalik mashhur bo‘lsa, Amir Temur lashkarlari haqidagi spektakl ham xuddi shunday shuhrat qozonishiga ishonaman.

    Mavzuga doir:

    • Toshkent shahrida Andris Liyepa sahnalashtirgan “Jar-ptitsa” va “Shahrizoda” baletlari namoyish qilindi
    • Toshkentga Parij milliy operasi yulduzlari tashrif buyuradi
    • “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali yakunlandi
    • Navoiy nomidagi DAKTda rossiyalik mashhur balerina Diana Vishnyova chiqish qildi
     

    21.11.2021, 18:44   Izoh (0)   131104
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2022-yilda farzandli bo‘lishi kutilayotgan jahon yulduzlari (foto)

    21.11.2021, 16:42

    Instagram: Feruza Jumaniyozova operatsiya qilindi, Munisa Rizayeva bir haftada nechta kiyim xarid qiladi? Davron Kabulov Rayhonning sahifasini “ijaraga oldi”

    20.11.2021, 22:44

    Yulduzlarning xarajatlari: mashhurlar birinchi gonorariga nima sotib olgan?

    20.11.2021, 20:30

    Mashhurlikka 16 yoshida erishib, 47 yoshida ilk marta ona bo‘lgan aktrisa — Kameron Diazning murakkab taqdiri

    20.11.2021, 16:55

    “Yig‘lashga vaqtim yo‘q”. Yulduz Usmonova onasiga uch kun aza tutgani, o‘zining videolarini ko‘ra olmasligi, energiyani qayerdan olishi va 20 ta qo‘shig‘ini bekor

    20.11.2021, 14:50

    “Ayshvariyaning singlisi Toshkentda, Munisaning opasi esa Rossiyada”: O‘zbek shou-biznesi vakillarining qiyofadoshlari (foto)

    20.11.2021, 11:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.