Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 14-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 20-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Barselona”

Foto: “Barselona”

Kataloniya derbisida “Barselona” “Espanyol”ga qarshi bahs olib bordi. Ikkinchi bo‘lim boshida Memfis Depay penaltidan unumli foydalanib, “ko‘k-anorranglilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi va “Barselona” Xavining debyut o‘yinida g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Barselona” 20 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi, “Espanyol” esa 17 ochko bilan 11-pog‘onada joylashgan.

“Atletiko” Madridda “Osasuna”ni qabul qildi. Diyego Simeone shogirdlari 87-daqiqada Felipening goli evaziga kichik hisobda g‘alaba qozondi.

“Atletiko” ochkolari sonini 26 taga yetkazdi va 4-o‘rinda bormoqda. “Osasuna” esa 19 ochko bilan 8-o‘rindan joy olgan.

La Liga

14-tur bahslari

20-noyabr, shanba

“Barselona” — “Espanyol” 1:0

Gol: 1:0 — 48 penalti Depay

“Barselona”: ter Stegen, Mingesa (Arauxo, 88), Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets (Puch, 78), de Yong, Niko Gonsales (Demir, 88), Gavi (Koutinyo, 70), Depay, Axomash (Ezzalzuli, 46).

“Espanyol”: Diego Lopes, Kabrera, Serxi Gomes, Pedrosa, David Lopes (Morlanes, 56), Darder, Errera (Dimata, 78), Aleish Vidal, Embarba (U Ley, 78), de Tomas, Puado (Melamed, 56).

Ogohlantirishlar: Ezzalzuli (59), Pedrosa (59), Mingesa (64), de Yong (83), ter Stegen (88), Kabrera (90+3).

“Atletiko” — “Osasuna” 1:0

Gol: 1:0 – 87 Felipe.

“Atletiko”: Oblak, Vrsalko (Martin, 85), Savich, Felipe, Ermoso, Karrasko, Koke, Lemar (de Paul, 65), Lyorente (Kondogbia, 75), Korrea (Suares, 65), Grizmann (Mateus Kunya, 75).

“Osasuna”: Errera, Vidal, Xuan Krus, Unai Garsiya, David Garsiya, Sanches (Roberto Torres, 89), Brashanas (Inigo Peres, 75), Torro (Oyer Sanxurxo, 66), Monkayola (Barxa, 89), Chimi Avila (Budimir, 66), Kike Garsiya.

Ogohlantirishlar: Grizmann (45), Torro (56), David Garsiya (82), Martin (89).

“Levante” — “Atletik” 0:0

“Selta” — “Vilyarreal” 1:1

Gollar: 0:1 – 27 Alberto Moreno, 1:1 – 72 Mendes.

“Sevilya” — “Alaves” 2:2

Gollar: 0:1 – 5 Laguardia, 1:1 – 38 Okampos, 1:2 – 45 Xoselu (penalti), 2:2 – 90 Rakitich.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi