18-noyabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Mavzuga doir: Comedy Wildlife Photography Awards tanlovi doirasida yovvoyi hayvonlarning eng kulgili suratlari aniqlandi
Kiyevdagi bolalar shifoxonasida koronavirus bilan kasallangan bolasiga kislorod niqobini ushlab turgan ona.
Foto: AFP
Avstraliyada boshqa hududga ko‘chayotgan qisqichbaqalar avtomobil yo‘lidan o‘tish uchun ko‘prikdan foydalanmoqda.
Foto: Reuters
Lorens Stiven Lori tomonidan chizilgan, 300 000 funt sterlingdan 500 000 funt sterlinggacha baholangan “Tegirmon sahnasi” Sotheby’s auksionida zamonaviy Britaniya va Irlandiya san’ati savdosidan oldin namoyish etildi.
Foto: PA
Mavzuga doir: Benksining shreder yordamida maydalangan surati yana sotuvga qo‘yiladi. Uning narxi 4 barobarga oshgan
Yaponiyaning Hakone kurortidagi balneologik majmuasida Beaujolais Nouveau nomli fransuz vinosi mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Foto: EPA
Barbados davlat maqomini o‘zgartirishni Britaniyadan mustaqillikka erishganining 55 yilligiga bag‘ishlangan bayramga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda. Bunda qirolicha Yelizaveta II davlat rahbari bo‘lishni to‘xtatadi. Barbados konstitutsiyaviy monarxiyadan respublikaga aylanadi.
Foto: Getty Images
Argentinadagi tibbiyot fakultetlarini o‘tgan yili tamomlagan bitiruvchilari bir yil kechikib bitiruv kechasini o‘tkazdi.
Foto: AP Photo
Uy g‘ozlari egasi hamrohligida Kashmirdagi Osiyoning eng yirik chuchuk suvli ko‘llardan biri bo‘lgan Vular tomonga ketmoqda.
Foto: NurPhoto
Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zoir Mirzayev viloyat faollari tomonidan yangi lavozimiga kuzatildi. Murodjon Azimov (suratning o‘ng tarafida) viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Mavzuga doir: Zoir Mirzayev — Toshkent viloyatining oxirgi besh yildagi oltinchi hokimi. Viloyatning barcha hokimlari — bitta suratda
Extinction Rebellion ekologik harakati Madriddagi Kolumbiya konsulligi qarshisida Kolumbiya prezidenti Ivan Dukening mamlakat biologik xilma-xilligini himoya qila olmaganini qoralash va tabiatni himoya qilayotgan mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida namoyish o‘tkazmoqda.
Foto: EPA
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Birinchi qordan bo‘sa olayotgan qiz, talabalar kuni nishonlangan bitiruv kechasi, zaharli havo bilan qoplangan shahar. 17-noyabr suratlari
- Benzin narxi ko‘tarilishiga qarshi namoyish, kasalxona yaqinida portlagan mashina, sohilga tushgan chaqmoq. 16-noyabr suratlari
- “Tolibon” harbiy paradi, yuk mashinalarining 30 kilometrlik tirbandligi, migrantlarning ag‘darilgan kemasi. 15-noyabr suratlari
- Toshkentdagi xazonrezgilik, havodagi yoga, dengizdagi shaxmat o‘yini. 12-noyabr suratlari
- “Bavariya” formasini olgan Aripov, ochlik e’lon qilgan toshkentlik ota, start berilgan karnavallar mavsumi. 11-noyabr suratlari
- Fuqaroni jazolayotgan shariat politsiyasi, emlanmaganlarga qo‘yilgan cheklov, Quddusga kelgan qorbobo. 10-noyabr suratlari
- Saddam Husayn saroyi, Moskvada yig‘ilgan kommunistlar, ot ustidagi kutubxona. Hafta suratlari