Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Amerika mintaqasida JCh—2022 saralashining navbatdagi turidan o‘rin olgan o‘yinlar Toshkent vaqti bilan 17-noyabr tongida bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi o‘z maydonida Braziliyani qabul qildi. Ikkala jamoa a’zolari har qancha urinmasin uchrashuvda hisob ochilmadi.

Durang natijaga qaramay Lionel Messi yetakchiligidagi Argentina Jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qildi. Bunga Ekvadorning Chili ustidan g‘alaba qozongani zamin yaratdi, endilikda Argentina saralash guruhida kuchli to‘rtlikdan pastga tushib ketmaydi. Shu tariqa jamoa ushbu mintaqada Qatar—2022 yo‘llanmasiga ega chiqqan ikkinchi jamoaga aylandi. Bungacha Braziliyani shu ishni uddalagandi.

Urugvay Boliviya maydoniga safar qildi va o‘z darvozasidan javobsiz 3 ta gol o‘tkazib yubordi.

JCh-2022 saralashi

17-noyabr, chorshanba

Argentina – Braziliya 0:0

Argentina – Martines, Molina, Otamendi, Romero (Pesselya, 53), Akunya, Paredes (Martines, 46), de Paul, Lo Chelso (Dominges, 86), Di Mariya (Alvares, 75), Messi, Martines (Korrea, 46).

Braziliya – Alisson, Danilo, Markinyos, Militao, Aleks Sandro, Fred, Fabinyo, Lukas Paketa (Jerson, 79), Rafinya (Antoni, 69), Vinisius Junior, Mateus Kunya (Gabriel Jezus, 86).

Ogohlantirishlar: Lukas Paketa (45), Paredes (45), Romero (50), Pesselya (59), Fabino (73), Akunya (76), Antoni (76).

Boliviya – Urugvay 3:0

Gollar: 1:0 – 30 Arse, 2:0 – 45 Moreno, 3:0 – 79 Arse.

Chetlatish: Algaranyas – 74 (Boliviya).

Kolumbiya – Paragvay 0:0

Chili – Ekvador 0:2

Gollar: 0:1 – 9 Estupinyan, 0:2 – 90+3 Kaysedo.

Chetlatish: Vidal – 13 (Chili).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Suriyada ISHID yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi
Dunyo
AQSH Eron yadro dasturini harbiy yo‘l bilan to‘xtatishga tayyorligini bildirdi
Dunyo
“Oyiga 2,5 ming kishigacha”. AQSH Ukraina harbiylarini o‘qitish dasturini kengaytirmoqchi