10-noyabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli binolardan birining devorini ta’mirlayotgan usta.
Foto: Dilruh Isomiddinova
Avstriya hukumati COVID-19 dan emlanmaganlarni restoranlar, go‘zallik salonlari, fitnes markazlari, mehmonxonalar, kinoteatrlar va teatrlarga qabul qilishni chekladi.
Foto: Getty Images
Mavzuga doir: Yangi Zelandiyada majburiy emlash va lokdaunga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
Vodiy ahli dasturxonini an’anaviy taom qatlama (qallama)siz tasavvur qilish qiyin. Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani Haydarobod qishlog‘ida mehmon kutayotgan beka qatlama taqsimlamoqda.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
AQShning Pekindagi elchixonasi Xitoy poytaxti va Xitoyning boshqa shaharlarida muntazam viza xizmatlari qayta tiklangani haqida xabar berdi.
Foto: “TASS”
Mavzuga doir: O‘zbekiston TIV AQShga boruvchi fuqarolarni mamlakatga kirishda qo‘shimcha talablar qo‘yilgani sabab ogohlantirdi
“Mirzo Ulug‘bek” metro bekatida ahvoli og‘irlashgan ayolga tez yordam ko‘rsatib, yana bir chaqiruvga ketayotgan feldsher. Guvohlarning ma’lumotiga ko‘ra, tez yordam 8 daqiqada yetib kelgan va xodim zudlik bilan o‘z vazifasiga kirishgan.
Foto: “Daryo” / Munojot Adilova
Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi jamoaviy immunitet mamlakat aholisining deyarli yarmida kuzatilgan.
Foto: EPA
Farg‘ona viloyati Haydarobod qishlog‘ida oshpaz mehmonlar uchun tayyorlangan sho‘rva masalliqlarini ajratmoqda.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Aeronavt Remi Ovrard 3637 metrdan yuqori balandlikdagi havo shari tepasida turib jahon rekordini o‘rnatishga harakat qilmoqda.
Foto: AFP
Toshkent shahri Chilonzor tumanida kechki sport mashg‘ulotlaridan nabirasini olib ketayotgan ayol.
Foto: “Daryo” / Munojot Adilova
“Do‘stlik” metro bekati yonidagi maydonda avtobusini kutayotgan o‘yinqaroq nabira va buvi.
Foto: “Daryo” / Munojot Adilova
Toshkent shahrida turmush o‘rtog‘ining sevimli shirinligini topish uchun 2 soat qandolat do‘konini qidirgan 63 yoshli otaxon.
Foto: “Daryo” / Munojot Adilova
Indoneziyaning Banda Ache shahrida shariat politsiyasi islom qonunlarini buzgan fuqaroni jazolamoqda.
Foto: EPA
Cumchuqsimonlar oilasiga kiruvchi qorayaloq qushi Moskva markazidagi daraxtdan meva olib yemoqda.
Foto: AFP
Qarovsiz qolgan mushuk sovuq kunda pana joylarda jon saqlamoqda. Chilonzor tumani 2-massiv.
Foto: “Daryo” / Munojot Adilova
Mavzuga doir: “Uxlatadigan dori yo‘qligi uchun itlarni otib o‘ldiramiz”. O‘zbekistonda qarovsiz hayvonlarga munosabat qachon o‘zgaradi?
Buyuk Britaniyaning Chelmsforddagi turli xil rangli chiroqlari bezatilgan o‘rmonni tomosha qilayotgan odamlar.
Foto: PA
Amerikaning Sietl shahrida sodir bo‘lgan bo‘ronning oqibatlari (kompozitsiya uchun tayyorgarlik).
Foto: EPA
Tbilisida Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi.
Foto: “TASS”
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Qabrdan qazib olingan bosh suyaklar bayrami, daryoni qoplagan zaharli ko‘pik, qordan zavqlanayotgan panda. 9-noyabr suratlari
- Qor bilan qoplangan buyuk devor, bezorilik qilayotgan maymun, parchalangan samolyot. 8-noyabr suratlari
- Changdan tozalangan Amir Temur, bog‘chadagi afg‘on qizlari, poyezd yo‘lini to‘sgan ekologlar. 5-noyabr suratlari
- Tashkent City’ga qo‘ngan vertolyot, havosi ifloslangan poytaxt, emlanayotgan bolalar. 4-noyabr suratlari
- Avtobusdagi kelin va kuyov, shahar markaziga o‘rnatilgan rojdestvo archasi, kul bilan qoplangan Mercedes. 3-noyabr suratlari
- Moskvani qoplagan quyuq tuman, arqon tortayotgan davlat rahbarlari, yangilanayotgan Senat binosi. 2-noyabr suratlari
- Iqlim faollari qo‘zg‘oloni, itlar ulug‘lanadigan kun, kul bosgan uy. Hafta suratlari