O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 9-noyabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Kolumbiyaning Kali shahridagi hayvonot bog‘ida zebra bolasi dunyoga keldi.

Foto: EPA

Polsha-Belarus chegarasidagi vaziyat yomonlashdi. Minglab muhojir Polsha bilan chegarada Belarus tomonidan Yevropa Ittifoqiga ko‘chib o‘tish istagida bo‘lgan. Yevrokomissiya Belarus hukumatini muhojirlar oqimini uyushtirganlikda ayblamoqda.

Foto: “TASS”

Hindistondagi muqaddas Yamuna daryosini zaharli ko‘pik qopladi.

Foto: Getty Images

Ozodlik haykali orqasida chiqayotgan oy fonidagi samolyot.

Foto: Rex

Xitoyning shimolidagi Shensi provinsiyasidagi Sian shahrida qor o‘ynayotgan panda.

Foto: AFP

Tel-Aviv san’at muzeyidagi ko‘rgazmaning bir qismi bo‘lgan zamonaviy yapon rassomi Yayoi Kusamaning “Osmondan tushgan qovoq ruhi” instalyatsiyasi bilan jihozlangan xona.

Foto: AFP

Bangladesh poytaxtida hindu dindorlari chiroqlar bilan o‘tirib, bengaliyalik 18-asrda yashagan hindu avliyosi va faylasufi Baba Lokenatga ibodat qilmoqda.

Foto: EPA

Quyosh botishi vaqtida Milan markazida uchib ketayotgan chug‘urchuqlar.

Foto: AFP

Londondagi qizil telefon kabinalari oldida iti bilan turgan ayol. Buyuk Britaniyaning aloqa boshqarmasi (Ofcom) uyali aloqa qamrovi yomon bo‘lgan joylarda telefon kabinalarini saqlab qolish uchun yangi qoidalarni ishlab chiqdi.

Foto: Getty Images

Tibbiyot xodimi bemorlarni koronavirus tezkor tahlili oluvchi mikroavtobusida kutmoqda. Germaniyada kasallik darajasi pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori darajaga yetdi.

Foto: AP Photo

Boliviyada “Bosh suyagi” kuni bo‘lib o‘tdi. Bu kuni mamlakat aholisi vafot etgan ajdodlarining bosh suyak qoldiqlari bilan marsh uyushtiradi. Suyaklar gullar va marhumlar hayotlari davomida kiyishni yaxshi ko‘rgan narsalar bilan bezatiladi.

Foto: Getty Images

Qo‘qon shahrida joylashgan bozor yaqinidagi piyodalar o‘tish joyi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Netflix “Kalmar o‘yini” filmiga bag‘ishlab Los-Anjelesda kecha uyishtirdi. Suratda: Janubiy koreyalik model va aktrisa Jung Xo Yong.

Foto: Wire Images

Panama bayrog‘i ostidagi Rise Shine konteyner kemasi Naxodka yaqinidagi Primorye qirg‘oqlaridagi sayozlikda turib qoldi.

Foto: “TASS”

Turkiya Respublikasi asoschisi va birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk maqbarasini qo‘riqlayotgan turk askarlari.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning Uest Bay shahri yaqinidagi plyajda qoyatoshning katta qismi qulab tushdi.

Foto: Getty Images

Ispaniyaning Palma orolida vulqon otilishining sakkizinchi haftasi o‘tdi.

Foto: Getty Images

Germaniya Berlin devori qulaganining 32 yilligini nishonladi.

Foto: Getty Images

Askarlar G‘alaba kunini nishonlash uchun uzunligi 440 metr Ozarbayjon milliy bayrog‘ini ko‘tarib ketishmoqda.

Foto: AP Photo

Polsha va Belarus chegarasida minglab muhojirlar to‘plangan hududni kuzatayotgan polshalik askar.

Foto: Reuters