Daryo

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 250 milliondan oshdi

Kasallanganlar sonining ko‘pligi bo‘yicha doimgidek AQSh yetakchilik qilmoqda

1 daqiqa o‘qish18 282 ko‘rishlar0 izoh0
Tailand to‘liq emlangan sayyohlar uchun yana ochildi Foto: EPA

Amerikaning Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 250 milliondan oshdi.

Tailand to‘liq emlangan sayyohlar uchun yana ochildiFoto: EPA

8-noyabr holatiga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon butun dunyoda 250 005 427 kishida COVID-19 qayd etilgan.

Kasallanganlar sonining ko‘pligi bo‘yicha doimgidek AQSh yetakchilik qilmoqda — 46 488 417 kishi. Undan keyingi o‘rinda Hindiston (34,3 million), Braziliya (21,8 million), Buyuk Britaniya (9,3 million) va Rossiya (8,6 million) turibdi.

Dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni esa 5 051 993 kishini tashkil etmoqda. COVID-o‘limlar bo‘yicha ham AQSh eng yuqori o‘rinda, mamlakatda pandemiya boshidan beri 754 431 kishi infeksiya qurboni bo‘lgan.

Shu bilan birga, dunyo aholisini koronavirusga qarshi emlash uchun 7,2 milliarddan ortiq dozada vaksina qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 7-noyabr holati bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 188169 (+245) nafarni tashkil etmoqda. O‘tgan sutkada 2 nafar bemor vafot etib, virus qurbonlari soni 1340 nafarga yetgan. O‘z navbatida kasallikdan sog‘ayganlar soni jami 184242 (+273) kishiga yetib, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar