• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Parvona” spektaklida Yulduzxon obrazini yaratgan aktrisa Shukurjon Safayeva hozir qayerda?

    Aktrisa Shukurjon Safayeva “Parvona” spektaklidagi bosh qahramon Nazokatning yaqin dugonasi Yulduzxon obrazi bilan elga tanilgan. Spektakl sahnalashtirilganida u 36 yoshda edi. Keyinchalik aktrisa kino va spektakllarda ko‘rinmay ketdi.

    Foto: Shukurjon Safayeva arxividan

    Foto: Shukurjon Safayeva arxividan

    “Pasportim yo‘qligi pand bergan!” 

    — Ismimni ilk bor eshitgan odam hayratlanishi aniq. Asli xorazmlikman, faqatgina bizda qizlarning ismiga jon qo‘shib chaqirishadi. Menga rahmatli buvimning ismini qo‘yishgan ekan.Kutilmagan omad tufayli san’at sohasiga kirganman, desam xato bo‘lmaydi. 1965-yili televideniyeda kinostudiya qoshida aktyorlik kursi tashkil etilgani, 16-25 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar kasting asosida qabul qilinishi haqida e’lon qilishdi. Onamga xarxasha qilib,  kastingga olib boring, deganman. Onam “Qizim 15 yosh, baribir uni qabul qilishmaydi”, deb kinostudiyaga olib borgan. Haqiqatan ham pasport olmaganlarni qabul qilishmas ekan. Hafsalam pir bo‘lib, tashqarida turganimda yonimga bir yigit kelib, “Kinoda suratga tushishni xohlaysizmi?” deb so‘radi. Keyin bilsam, u yigit mashhur rejissor Ali Hamroyevning assistenti Melis Abzalov ekan. O‘shanda “Oppoq, oppoq laylaklar” filmi uchun o‘smir yoshdagi qizni izlashayotgan ekan. Kutilmagan tasodif sabab Razzoq Hamroyev va Rahim Pirmuhammedov kabi san’atkorlar bilan ishlash baxtiga musharraf bo‘lganman.

    Foto: Shukurjon Safayeva shaxsiy arxividan

    Foto: Shukurjon Safayeva shaxsiy arxividan

    “Xalq artistlari guruhida o‘qiganman” 

    — Rus maktabida o‘qiganim uchun o‘zbek tilida yozishga biroz qiynalardim. Aksiga olib institutga hujjat topshirgan yilim aktyorlik bo‘yicha rus guruhlari ochilmadi. Shu bois ijodiy imtihondagi inshodan ikki baho oldim. Xayriyatki, ustozlar mahoratimni ko‘rib, o‘zbek tili grammatikasidan savodsiz ekanligimga ko‘z yumishdi. Kursimizga O‘zbekiston xalq artisti Sora Eshonto‘rayeva rahbarlik qilgan. Bizni institutda hazillashib “Xalq artistlari guruhi” deyishardi. Haqiqatan ham kursimiz talabalari san’atning eng oldi ijodkorlari bo‘lib yetishishdi.  Men Yodgor Sa’diyev, Oybarchin Bakirova, Muhabbat Abdullayeva, Saidkomil Umarov kabi ijodkorlar bilan kursdosh bo‘lganman.

    Foto: Shukurjon Safayeva shaxsiy arxividan

    Foto: Shukurjon Safayeva shaxsiy arxividan

    “Erkin Komilov O‘tkuriyni rad etgan”

    — Institutdan keyin to‘g‘ri O‘zbek milliy akademik drama teatriga ishga bordim. Yigirma yillik faoliyatim davomida katta-kichik rollarni ijro etdim. U paytda “Parvona” spektakli teatr repertuaridan chiqarilgan edi. Sababi spektakl rejissori Toshxo‘ja Xo‘jayev betob bo‘lganligi sababli turmush o‘rtoqlari aktrisa Iroda Aliyeva ham ishdan ketgan ekan. U spektakldagi Nazokat rolini ijro etgani uchun spektakl namoyishi to‘xtatilgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, xalq talabi asosida spektakl qayta tiklanadigan bo‘ldi. Obid Yunusovga dublyor qilib Erkin Komilov tanlandi. Nazokat rolini esa Rixsi Ibrohimova va Gulchehra Ibrohimbekovalar ijro etadigan bo‘lishdi. Yulduz rolini esa men va Mahfuza Bobotillayeva ijro etardik. Mavsum boshlanishi bilan bir-ikki ijrodan keyin Erkin Komilov rolni rad etdi. Chunki ijrodan aktyorning ko‘ngli to‘lmasa, u rolda yasholmaydi. Deyarli har kuni “Parvona” spektakli namoyish etilardi. Dam olish kunlari 3-4 seansdan namoyish etilgan kunlar ham ko‘p bo‘lgan. Eng yomoni, boshqa spektakl aktyori kasal bo‘lib qolsa ham, repertuar o‘zgarib, “Parvona” qo‘yilardi. Chunki bu spektakl aktyorlarini jamlash ancha oson edi. Butun boshli spektaklda bor-yo‘g‘i 7 ta aktyor ishtirok etardi.

    Foto: Shukurjon Safayeva shaxsiy arxividan

    Foto: Shukurjon Safayeva shaxsiy arxividan

    “Teatrdan ishdan ketishimga rashk sabab deb o‘ylashadi”

    — Ayrimlar teatrdan ketishimga turmush o‘rtog‘imning rashki sabab bo‘lgan, deb bilishadi. Turmush o‘rtog‘im  Ollabergan Omonov bilan institutda birga o‘qiganmiz. “Parvona” spektakli sahnalashtirilganda 3 farzandning onasi edim, yoshim ham 36 da bo‘lgan. Deyarli hayotim bir spektakl bilan uzluksiz bog‘lanib qolgan bo‘lsa ham, turmush o‘rtog‘im norozi bo‘lmagan.Aslida, teatrdan ketishimga ichki nizolar, moddiy qiyinchiliklar va sog‘lig‘imning yomonlashishi sabab bo‘lgan. “Dedi-dedi” gaplardan charchaganim uchun o‘zimni pedagoglikda sinab ko‘rishga qaror qilganman. Avval Toshkent madaniyat kollejida, undan keyin O‘zbekiston davlat konservatoriyasida aktyorlik mahorati darsidan saboq berdim.

    Foto: Shukurjon Safayevaning shaxsiy arxividan.

    Foto: Shukurjon Safayevaning shaxsiy arxividan.

    Sahnani tark etganimga hech qachon achinmayman. Muhimi, hayotimda teatr bilan bog‘liq shirin xotiralar bor. Tomoshabinlar ham haligacha “Parvona”dagi Yulduzni unutishgani yo‘q.

    Nargizaxon Murodova suhbatlashdi

     

                    Mavzuga doir:

    • “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Opa-singillar”dagi Nasiba va kinoda “yarq etib”, keyin ko‘rinmay qolgan boshqa qahramonlar hozir qayerda? (foto)
    • “Temir xotin” va “To‘ylar muborak” filmlari yulduzi Dilorom Qambarova hozir qayerda? (foto)
    • 90-yillardagi mashhur aktrisa Kamola Umarxo‘jayeva hozir qayerda va nimalar bilan band?
    • Suyunchi”dagi Nazira 57 yoshda: U nega Afrikada yashaydi va nima sababdan kinoni tark etgan?

    08.11.2021, 15:51   Izoh (0)   105510
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dunyo so‘ramaymiz, bizga keragi — ozgina e’tibor”. Elmira Rahimjonova “Turon” harbiy teatri aktyorlari ta’mirtalab binoda va kam oylikka ishlayotgani haqida (vide...

    05.11.2021, 15:21

    Lo‘li Maryam obrazini tortib olishganida kasal bo‘lib qolgani, tirikchilik uchun saviyasiz seriallarda o‘ynayotgani, rejissorlar bilan ko‘p urishishi haqida Elmira...

    04.11.2021, 21:53

    Misrda Art D'Égypte lend art ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (foto)

    31.10.2021, 11:50

    O‘zbekistonda 28-oktabr kuni “Milliy suvenirlar” festivali o‘tkaziladi

    27.10.2021, 12:21

    Farmonbibining shaddod kelini Nigora — 59 yoshda. Taniqli aktrisa Dilorom Egamberdiyevaning hayoti va ijodi haqida (foto)

    26.10.2021, 16:25

    Dardlarini kulgi ortiga yashirgan ulkan qalb sohibi. Marhum qiziqchi Obid Asomovni xotirlab

    22.10.2021, 19:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.